Yer va yer osti ishootlarini barpo etish texnologiyasi Reja: 1. Yer inshooti, uning klassifikatsiyalanishi. 2. Yer ishlarini bajarishda olib boriladigan texnologik jarayonlarini guruhlanishi. 3. Tayyorgarlik, asosiy va yordamchi ishlarning makonda va zamonda almashinib bog'liqda kelishi. 4. Juda chuqurda joylashgan yer inshootlarini tiklashning Grunt ichidagi devorusuli. 5. Juda chuqurda joylashgan yer inshootlarini tiklashning Kuduk tushurish usuli Yer ishlari murakkab va ko'p mehnat xarajati sarfini talab kiladigan qurilish ishidir. Shuning uchun loyihalovchi institutlar oldida yer ishlari xajmini kamaytirish, yer ishlarini olib borishning foydali usullarini tavsiya etish, uni tula mexanizatsiyalash, mexanizmlar xarakteristikalarini optimallashtirish, binolarning yer ostki kismini barpo etishning yangi, foydali usullarini ishlab chiqish va tavsiya etishdek masalalar turadi. Kompleks mexanizatsiyalashgan yer ishlari asosan 3 ta (uch) elementdan iborat: yer inshooti, uning o'lchamlari, formasi (shakli) va ishlatish sohasi; mashina va mexanizmlar komplekti va ularning texnik-iqtisodiy kursatgichlari; yer ishlarini bajarish usullari; Yer ishlari bajarilganda yer inshooti hosil bo'ladi. Yer inshooti deb yer ostida, ichida va ustida gruntdan barpo etilgan muhandislik qurilishiga aytiladi. Yer inshootlari kuyidagicha klassifikatsiyalanadi: - yer satxiga nisbatan joylashishiga nisbatan: yer ustida joylashgan yer inshootlari (yul, otval, tugon); yer ichida joylashgan yer inshootlari (kotlovan, transheya); yer ostida joylashgan yer inshootlari (tonnel). - bajaradigan funksiyasiga nisbatan: kotlovan, transheya, yama, skvajina, otval, tugon, yul tushamasi, kanal,maydon va tonnel kabi yer inshootlari mavjud. - xizmat muddatiga nisbatan: vaqtinchalik yer inshootlari; doimiy yer inshootlari; Doimiy yer inshootlari uzoq muddat foydalaniladigan yer inshootlaridir. Ularga bino yer tulasi uchun kazilgan kotlovan, yullar, kanal, grunt tugon kabilar misol bula oladi. vaqtinchalik yer inshootlari keyingi qurilish montaj ishlari bajarilgach qayta kumiladi. Ularga kotlovan, transheya ( ertulasiz binolar uchun ), skvajinalar misol bo'ladi. Yer inshootlarining asosan 4 ta geometrik kursatgichlari (parametri) mavjud. Ular, yer inshootining uzunligi, eni, chuqurligi (balandligi) va diametri. Yer inshootining yuqoridagi kursatgichlarga tayanib yer ishlarini olib borish usuli, yer ishlarini bajaruvchi mexanizmlar tanlanadi. Yer ishlarini bajarishda olib boriladigan texnologik jaroyonlarni umuman 3 guruhga bo'lish mumkin: asosiy ishlar (gruntni bushatish, kazish, surish, kuchirish, to'qish, tarkatish, tekislash, zichlash, shibbalash); tayyorgarlik ishlari (yer inshootlari uklarini aniqlash, yer osti suvi satxini pasaytirish, suvning filtrlanishiga qarshi tusik ekranlar va devorlar urnatish, gurntni kuchlantirish, mustahkamlash); yordamchi ishlar (ish joyini tayyorlash, yullar ko'rish, kotlovan va transheya devorlarini vaqtinchalik mustahkamlash, yer inshooti osti va devorlarini kulda tekislash, kotlavonga tushish va undan chiqish joylarini ko'rish, yer ishlari sifatini nazorat qilish. Yer ishlarining bajarilishi sharoitidan kelib chikib asosiy ishlar tayyorgarlik va yordamchi ishlar bilan urin almashib kelishi mumkin. Grunt va yer osti suvi sharoitidan kelib chikib, erosti suvi ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
275.45 KB
Ko'rishlar soni
157 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
275.45 KB
Ko'rishlar soni
157 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: doc