Yigma konstruksiyali binolarni barpo etish texnologiyasi Reja: 1. Yigma konstruksiyali binolar, ularni barpo etish texnologiyasi haqida umumiy ma'lumotlar. 2. Binolarni barpo etish usullari. 3. Montaj jarayoni uchun zarur yuk kamrovchi va vaqtinchalik maxkamlovchi moslamalar, ularni tanlash. 4. Montaj mexanizmlari va ularni texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari asosida tanlash. 5. Bir kavatli sanoat binolari konstruksiyalarini montaj qilish texnologiyasi. 6. ko'p kavatli sanoat binolarini barpo etish texnologiyasi 7. Yirik panelli turra joy binolarini barpo etish texnologiyasi 8. mehnat xavfsizligi chora va tadbirlari Sanoat va fuqaro qurilishi xajmlari oshib borayotgan bugungi kunda zavodlar tayyorlangan konstruksiyalardan foydalanish juda foydalidir. Shuning uchun qurilishda montaj ishlarining miskoli oshib borayapti. Montaj ishlarini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish bilan binolar qurilishi tannarxini kamaytirish mumkin. Konstruksiya montaji bu - mexanizatsiyalashgan kompleks jarayon bo'lib, uning bajarilishi natijasida binolar va inshootlar yigma-konstruksiyalar va ularning elementlaridan barpo etiladi. Konstruksiyalarning zavod darajasidagi tayyorligi kanchalik yuqori bulsa qurilish maydonida shunchalik kam ish bajariladi, kam mehnat xarajati talab kilinadi va natijada arzon bino yoki inshoot barpo etiladi. Bino va inshootlarni barpo etish usuli binolar konstruktiv yechimlardan kelib chikib tanlanadi. Bino va inshootlarni barpo etishda malum texnik iqtisodiy natijalarga erishish uchun konstruksiyalar montaj usullarini bilish va tanlab olish muhimdir. Binolarni barop etish usullari bilan tanishamiz. Bir kavatli sanoat binolari buylama va kundalang yo'nalishda barpo etilishi mumkin. Agar bir proletdagi texnologik ishlab-chiqarish jaroyoni ikkinchi proletdagi texnologik ishlab-chiqarish jaroyoniga bog'liq bulmasa, bino qismlarini foydalanishga tezrok topshirish maqsadida avval binoning bir proleti keyin ikkinchi proleti barpo etiladi. Agar proletdagi texnologik ishlab-chiqarish jaro yonlari bir-biriga bog'liq bulsa va binoning xajmiy-rejaviy yechimi imkon bersa, bino kundalang yo'nalishda barpo etiladi. Konstruksiyalar, elementlarning montaj uchun tayyorlab berilish sharoitiga karab ularni montaj zonasida oldindan joylashtirilgan yerdan olib montaj qilish va transport ustidan olib montaj qilish usullari mavjud. Konstruksiyalarni transport ustidan olib montaj qilish usuli foydali, ammo montaj kranlari va transport vositalari ishlarini aniq moslashtirish, ayrim xollarda maxsus moslamalar talab kilinadi. Bu usulda montaj oldindan tuzilgan montaj-transportlash grafigi asosida olib boriladi. Bino va inshootlar ularda foydalaniladigan konstruktiv elementlarning mayda-yirikligiga karab mayda elementli, elementli, blokli montaj usullarida barpo qilinishi mumkin. Kichik elementli montaj usulida bino kichik element detallardan foydalanib tiklanadi. Bu usul keyingi paytda keng kullanilmayapti. Bu usul ko'p mehnat xarajati va muddat talab qiladi. Konstruktiv elementlarni uzatish soni juda ko'p bo'ladi. Elementlar orasidagi choklar miskoli juda ko'p bo'ladi. Elementli montaj-yaxlit (bittalab) konstruktiv elementlar yoki ularning yirik qismlarini (ustun, stropil tusin, plita) montaj qilish. Bu usuldagi sanoat va fuqaro qurilishida keng foydalaniladi. Bloklab montaj qilish-oldindan yigilgan, yiriklashtirilgan (ikki stropil tusin va tom ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
155.52 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
155.52 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: doc