Yirik bloklardan va panellardan kurilgan binolar ularning turlari Reja: Binolarning zilzila bardoshligi. alohida geofizik sharoitlik joylardagi qurilishlar Binolarning zilzila bardoshligi. Xajmiy planlashtirish va konstruktiv yechimlar xususiyatlari Yirik bloklardan va panellardan kurilgan binolar ularning turlari va konstruktiv sxemalari Mayda elementlardan kuriladigan binolar qurilishda mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni keng kulamda qo'llashga imkon bermaydi. qurilish ishlab chiqarishini yuqori darajada industriallashtirishning asosiy yo'llaridan biri, binoni yirik bloklardan loyihalashtirish va ko'rishdir. Yirik bloklardan va gishtdan kurilgan binolarning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini solishtirish shuni kursatadiki, yirik blokli bino qurilishiga vaqt 15 %, mehnat sarfi esa 20 % kam ketar ekan. Devorlari ogirligi 0,3 tonnadan 3,0 tonnagacha bo'lgan yaxlit yoki ichi kovak yirik toshlardan kurilgan binolar yirik blokli binolar deb ataladi. Bunday binolarda xamma konstruktiv elementlar yirik elementlardan iborat bo'ladi. Bloklar yengil beton (keramzitbeton, shlakbeton, govakbeton) lardan hamda mahalliy materiallardan (chiganoktosh, tosh) tayerlanadi. Yirik bloklar gishtlardan xam kilinadi. Bloklarning shakli asosan to'g'ri burchakli parellelopipeddan iborat bo'ladi. Buylama ichki va tashqi kutaruvchi devorli konstruktiv sxema yirik blokli binolarning optimal varianti bo'lib hisoblanadi. Bunday sxemada bir xil yirik o'lchamli temir-beton tushamalar kundalang holda buylama ichki va tashqi devorlarga tayangan bo'ladi. Bu tushamalar urnatilgandan sung gorizontal bikr diafragma rolini xam bajaradi. tashqi devor bloklari o'z navbatida xam yuk kutaruvchi, xam urab turuvchi konstruksiya vazifasini bajaradi. Ularning kalinligi iqlim sharoitlarini hisobga olib, teplotexnik hisoblashlar erdamida aniklanadi. qurilishda yirik blokli binolarni choklariga karab kuyidagicha: ikki katorli va turt katorli turlarga bo'lish mumkin. quyidagi rasmda turar-joy binolarida ishlatiladigan bloklarning asosiy turlari ko'rsatilgan. Derazalar orasida ishlatiladigan bloklarning yon kirralarida burtmalar deraza osti bloklarida esa uyiklar bo'ladi. Ravok bloklarida xam yuqoriga (ora epma plitalari tayanishi uchun), xam pastga (deraza romlari joylashishi uchun) chikkan chikiklari bo'ladi. Agar devorlarda deraza o'rni bulmasa, binoning tur kismida ravok bloklari kalinligi derazalar orasiga qo'yiladigan bloklar kalinligidan 100 mm kam bo'lib, bu joyga markaziy isitish sistemasi batareyalarini urnatish muljallanadi. Bulardan tashqari yirik bloklarning maxsus turlari, yani burchakbop blok, tsokolbop, bugotbop, zinapoya devori bloklari va sanitariya-texnika bloklari xam bor. tashqi devorlarga ishlatiladigan bloklarning vazini kamaytirish maqsadida ularning ichi silindrsimon eki tirkishsimon bushlikli kilinadi. Ikki katorli devorlarga ishlatiladigan yirik bloklarning, kavatlar balandligi 2,8 m bo'lgan turar-joy binolari uchun derazalar oarsida qo'yiladigan turi balandligi 2180 mm, eni 990, 1190, 1890, 1590 va 1790 mm ga teng bo'ladi. Ravoklarga ishlatiladigan blok balandligi 580 mm, eni 1980, 2380, 2780 va 3180 mm ga teng bo'ladi. Deraza osti blokning balandligi 840 mm va eni 990, 1190, 1790, 1990 mm qilib olinadi. Ichki devorlarga ishlatiladigan bloklar (kalinligi 300 mm) ichidagi bushliklar ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.09 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.09 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: doc