Yo'l qurilishibop tabiiy tosh materiallar Reja: 1. Tog' jinslarining sinflanishi 2. Yo'l qurilishibop tog' jinslarining hillari 3. Tabiiy tosh materiallarni qazib olish va ularga ishlov berish 4. Yo'l qurilishibop tabiiy tosh material va buyumlarning xossalari va turlari 5. Tabiiy tosh material va buyumlarni tashish, saqlash va ularni emirilishdan himoyalash 6. Tosh ishlarini bajarishda mehnat va atrof muhit muhofazasi 1. Tog' jinslarining sinflanishi Tog' jinslaridan mexanik usulda ishlov berish yo'li bilan (maydalash, parchalash, arralash, jilvirlash, jilolash va sh. k.lar) olinadigan qurilish materiallariga tabiiy tosh materiallar deb ataladi. Bunday ishlov berish natijasida tabiiy tosh materiallarning fizik-mexanik xossalari qariyib to'la saqlanib qolinadi. Tog' jinslari yer qobig'ini yuzaga keltiruvchi muayyan geologik jinslarni hosil qiladigan, malum darajada o'zgarmas tarkibli minerallarning tabiiy agregatlaridan iboratdir. Bitta mineraldan iborat tog' jinslari oddiy yoki monomineral jinslar deb, bir necha mineraldan iborat tog' jinslari esa murakkab, yoki polimineral jinslar deb ataladi. Mineral (lotin tilida minera-ruda) kimyoviy tarkibi va fizik xossalari bo'yicha taxminan bir jinsli tabiiy jism bo'lib, yer qobig'ida sodir bo'- ladigan turli hil fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo'ladi. Har qaysi mineral malum kimyoviy tarkib va fizik-mexanik xossalari bilan tavsiflanadi. Tog' jinslari yo'l qurilishida keng qo'llaniladi, ular mineral bog'lovchi moddalar va sun'iy tosh materiallarini olish uchun asosiy xom ashyo material hisoblanadi. Kelib chiqishi bo'yicha tog' jinslar magmatik (otqindi), cho'kindi va metamorfik kabi guruhlarga bo'linadi. Magmatik tog' jinslari magma (olov suyuq massa) ning sovishi nati- jasida hosil bo'lgan. Magma yer qobig'ini yorib chiqib yer yuzasida yoyiladi yoki yer qobig'i ustki qismida soviydi. Magmaning sovish sharoitlariga qarab u chuqurlikda sovigan (intruziv), otilib chiqib sovigan (effuziv) va chaqiq vulqonli jinslarga bo'linadi. Chuqurlikdagi tog' jinslari (granitlar, sienitlar, diorit va h. k.lar) yuqori qatlamlarning bosimi ostida yer qobig'ida magmaning sekin sovishi natijasida hosil bo'lgan. Bunday sharoitlarda tog' jinslari bir tekis kristalli tuzilishga ega bo'ladi, buning natijasida turli kristallarning yirik donalari o'zaro bitta bo'lib qo'shilib ketadi. Otilib chiqib oqqan tog' jinslari (bazalt, andezit, diabaz va sh. k.lar) magmaning yer yuzasida tez sovishi natijasida hosil bo'ladi. Bunday sharo- itlarda sovigan magma to'liq kristallanmaydi. Hosil bo'lish sharoitlariga qarab, otqindi tog' jinslari mayda donador, yashirin kristalli yoki amorf tuzilishga ega bo'ladi. Agar yopishqoq magmadan gazsimon mahsulotlar sekin ajralib chiqqan bo'lsa, unda g'ovakli yoki pemzasimon tuzilish hosil bo'ladi. Chaqiq vulqonli jinslar vulqon otilib chiqqanda yer yuzasiga chiqarib tashlangan, erigan lavaning juda mayda zarrachalaridan hosil bo'ladi. Bu qatlamlar yumshoq holatda (vulqon kuli, pemza) qotgan yoxud tsementlovchi tabiiy moddalar mavjud bo'lganda va yuqorida joylashgan qatlamlarning bosimi ostida tsementlangan zich jinslarga (vulqon tufi) ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
618.22 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
618.22 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: docx