Zinalar, liftlar, ularning turlari va asosiy konstruktiv elementlari

Zinalar, liftlar, ularning turlari va asosiy konstruktiv elementlari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Zinalar, liftlar, ularning turlari va asosiy konstruktiv elementlari - rasmi

Material tavsifi

Zinalar liftlar ularning turlari va asosiy konstruktiv elementlari Reja: Deraza eshiklar va darvozalar ularga qo'yiladigan asosiy talablar va konstruktiv yechimlari Eshiklar va ularning konstruktiv yechimlari Zinalar liftlar ularning turlari va asosiy konstruktiv elementlari Kavatlararo aloqa zinalar va liftlar yordamida amalga oshiriladi. Bu bilan birga zinalardan avariya sharoitida kishilarni evakuatsiya qilishda xam foydalaniladi. Zinalar mustahkam, pishik va odamlar harakati uchun kulay va xavfsiz hamda yongindan muhofazalangan bo'lishi kerak. Zinalarni bino planida joylashtirish, ularning soni va o'lchamlari binoning vazifasiga, katta-kichikligiga va belgilangan vaqtda kishilarni evakuatsiya qilish uchun kulaylik ta'minlanishiga karab aniklanadi. Masalan, turar-joy binolarida zinalar soni kamida ikkita bo'lishi, un va undan ortik kavatli turar-joy binolarida xar bir kvartiradan to'g'ridan-to'g'ri yoki boglovchi utish yo'li orqali ikkita zinaga chiqish ta'minlanishi kerak. Zinalar marshlaridan va zina maydonchalaridan iborat bo'ladi. Marsh konstruksiyasi o'z navbatida pillapoya va uni kutarib turuvchi balka (kosbur)dan iborat bo'ladi. Zina maydonchalari kavat tekisligi va kavatlar oraligida joylashgan bo'ladi. Kishilarni xavfsiz kutarilishi yoki tushishi uchun zinalar alandligi 0,9 m bo'lgan tutkich panjaralar bilan jihozlangan bo'ladi. Pillapoya vertikal kirrasa odimi gorizontal kirrasi pillapoya yuzi deb ataladi. Zina marshi pillapoyalari eng yuqori va eng pastkisidan (freza toshidan) tashqari bir xil ko'rinishga va o'lchamga ega bo'ladi. Vazifasiga ko'ra zinalar asosiy yoki bosh zina, xar doim ishlatiluvchi xizmat zinasi, evakuatsiya zinasi, yordamchi zina (xizmat paytida foydalaniladigan) va avariya zinalari (tashqi evakuatsiya zinasi, ut uchiruvchilar zinachi) kabi turlarga bulinadi. Kavatlar orasidagi marshlar soniga ko'ra zinalar bir, ikki, uch va turt marshli turlarga bulinadi. Zinalaridan kamchilik foydalanadigan ayrim binolarda vintsimon shakldagi zinalar qo'llanilishi mumkin. Zina marshlari nishabi qurilish norma va qoidalari (Sni P) bo'yicha tanlanadi. Masalan, asosiy zinalar uchun 1:2 - 1:1,75, yordamchi zinalar uchun 1:1,25 nisbatda belgilanadi. Xar bir marshdagi pillapoyalar soni 16 tadan ko'p va z tadan kam bulmasligi kerak. Zina marshi kengligi avariya holatida kishilarni evakuatsiya qilishni ta'minlashni hisobga olib tanlanadi. Shunga ko'ra asosiy zinalar marshi kengligi ikki kavatli binolarda kamida 900 mm, uch va undan ko'p kavatli binolarda esa 1050 mm kabul kilinadi. Zina maydonchalari kengligi marsh kengligidan kattarok, kamida 1200 mm qilib olinadi. yuqorida keltirilgan qoida va normalarga asosan pillapoya eni 250300 mm, balandligi esa 150 mm bo'lib, ayrim xollardagina 180 mm ga boradi. Bunda kishilarni o'rtacha kadami gorizontal holda 600 mm ligi, zinada yurishda esa bu kattalik 450 mm ga teng ekanligi (300 mm + 150 mm = 450 mm) hisobga olinadi. Zina va zinapoya ulchamlarini bino kavati balandligiga karab aniklashni quyidagi misolda ko'rib chiqamiz. Bino kavati balandligi N = 3,3 m, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.11 KB
Ko'rishlar soni 161 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.11 KB
Ko'rishlar soni 161 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga