Kosmik apparat harakatini boshqarish. Raketa zo'riqishi

Kosmik apparat harakatini boshqarish. Raketa zo'riqishi

O'quvchilarga / Astronomiya
Kosmik apparat harakatini boshqarish. Raketa zo'riqishi - rasmi

Material tavsifi

Zo'riqish REJA Zo'riqish. Kosmik apparat harakatini boshqarish. Faqat gravitatsion tortish kuchi ta'sirida Yer atrofida kechayotgan passiv uchishlar uchun xos xususiyat vaznsizlik bo'lib, unda bunday kuch, kema ichidagi jismlarni bir-biriga nisbatan siljishlarida hech namoyon bo'lmay, o'zaro vaznsizlikni vujudga keltiradi. Bordi-yu kemaning passiv uchish faoliyatida birdan bort dvigateli ishga tushirib yuborilsa, kema ichida vaznsizlik birdan yo'q bo'ladi, chunki bunda tashqi kuch - tortish kuchi vujudga keladi. Garchi gravitatsion kuchlar, oldingidagidek sezilarsiz qolsa-da, biroq tashqi tortish kuchi kema bortidagi predmetlarning holatlarida namoyon bo'ladi. Tortish kuchi, kemaning harakat tezligini ortishiga majbur etgani holda, kema ichida erkin, ya'ni kema bortida mahkamlanmagan jismlar tezlanish ololmay, kemadan ortda qola boshlaydilar. Kema bortidagi kosmonavt, erkin jismlarni tortish kuchiga qarama-qarshi bu siljishlarini uning soplo qismi tomon tushayotgandek his qiladi. Ayni paytda kosmonavt uchun ham tayanch vujudga kelib (go'yo kema ichida pol paydo bo'lib), u shoqul yo'nalgan tomon bilan ustma-ust tushadi. Boshqacha aytganda, kema bortida og'irlikning barcha xususiyatlari namoyon bo'ladi. Faqat bunday og'irlikning nomi boshqa bo'lib, shartli ravishda, zo 'riqish (peregruzka) deb ataladi. Ma'lumki, oddiy sharoitda og'irlik kuchining bergan tezlanishi erkin tushish tezlanishi deyilib, u vakuumda 9,81 ms2 ni xarakterlaydi. Kema bortida vujudga kelgan zo'riqish xarakteristikasi sifatida reaktiv tezlanish (harakat yo'nalishiga qarama-qarshi yo'nalishda vujudga kelgan) kattaligi olinadi. Bu kattalikning erkin tushuv tezlanishiga nisbati zo'riqish koeffitsiyenti deb ataladi. Aksariyat holda bu kattalik birdan kichik bo'ladi. Xususan, kichik tortish kuchi ta'siridagi kema harakatida zo'riqish koeffitsiyenti 10-5-10-3 gacha boradi. Biroq uchiruvchi - raketalarning tezlanishli uchastkalarida zo'riqish kattaligi gravitatsion bo'lmagan kuchlarning teng ta'sir etuvchisiga, ya'ni tortish kuchi va aerodinamik qarshilik kuchlarining vektorial yig'indisiga teng bo'ladi (5-b rasm). 5- rasm. Raketaning tezligini oshirish (razgon) davrida zo'riqish. Umumiy holda aerodinamik qarshilik kuchi pesxona qarshiligi va ko'tarish kuchlaridan tashkil topadi (5-a rasm). Ko'rsatilgan navigatsion kuchlarning teng ta'sir etuvchisi nogravitatsion tezlanishni vujudga keltirib, u mohiyati jihati bilan zo'riqishni tavsiflaydi. KA ning orbitaga chiqishida (tezlanishni orttirish davrida) zo'riqish koeffitsiyentining miqdori bir necha birlikka erishadi. Bunday davrda kema kabinasida kechadigan barcha hodisalar nogravitatsion tezlanishning kattaligi orqali aniqlanadi. Bunday tezlanish akselerometr deyiluvchi maxsus asbob bilan oichanadi. Oddiy akselerometr, mohiyatiga ko'ra, dinamometr boiib, u erkin tushuv tezlanishi birliklarida darajalangan bo'ladi. KAning harakatini boshqarish uni fazoning moijallangan nuqtasida, maium balandlikda, berilgan yo'nalish bo'yicha aniq tezlikka erishtirishni ta'minlashni maqsad qiladi. Atmosferaning qalin qatlamida raketa kursini o'zgartirish, bir vaqtlar, samolyot rulini boshqarish kabi havo rullarida va soplodan otilayotgan gaz oqimi yo'nalishini o'zgartirish uchun qo'yilgan gaz rullar - plastinkalar orqali amalga oshirilar edi. Dastlab raketa korpusini burish esa, sharnirga osilgan dvigatellami (binobarin soplolarini) burish orqali amalga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 65.61 KB
Ko'rishlar soni 304 marta
Ko'chirishlar soni 67 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 65.61 KB
Ko'rishlar soni 304 marta
Ko'chirishlar soni 67 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga