Astronomiyaning ijtimoiy jamoa davridagi rivojlanishi

Astronomiyaning ijtimoiy jamoa davridagi rivojlanishi

O'quvchilarga / Astronomiya
Astronomiyaning ijtimoiy jamoa davridagi rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Astronomiyaning ijtimoiy jamoa davridagi rivojlanishi Reja: 1. Astronomiyaning jamiyat ijtimoiy hayoti ehtiyojlaridan kelib chiqishi. 2. Qadimiy yodgorliklarning dunyoning tomonlari bo'yicha orientirlanishi. Astronomiya - osmon jismlarining va ular sistemalarining harakatini, tuzilishini, kelib chiqishini va rivojlanishini o'rganadigan fan. U to'plagan bilimlar insoniyatning amaliy ehtiyojlari uchun qo'llaniladi. Astronomiya eng qadimiy fanlardan biri bo'lib, u insonning amaliy ehtiyojlari asosida yuzaga keldi va bu ehtiyojlar bilan ming yil avval Vavilon, Misr va Xitoyda ma'lum bo'lgan bo'lib, ulardan shu mamlakat xalqlari vaqtni o'lchash va gorizont tomonlarini aniqlashda foydalanganlar. Hozirgi vaqtda ham astronomiyadan aniq vaqtni va geografik koordinatalarni aniqlashda (dengizda suzishda, aviatsiyada, kosmonavtikada, geodeziyada, kartografiyada) foydalaniladi. Astronomiya kosmik fazoni o'rganishda va uni zabt etishda, kosmonavtikani rivojlantirishda va bizning planetamizni kosmosdan turib o'rganishda yordam beradi. Ammo uning vazifalari shu masalalarni yechish bilangina chegaralanmaydi. Bizning Yer koinotning bir qismi hisoblanadi. Oy va Quyosh Yerda okean hamda dengiz suvining ko'tarilishi va pasayishini yuzaga keltiradi. Quyosh nurlanishi va bu nurlanishning o'zgarishi Yer atmosferasidagi jarayonlarga va organizmlarning hayot faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, astronomiya turli kosmik jismlarning Yerga ta'sir etish mexanizmini ham o'rganadi. Astronomiya tarixining katta qismi kuzatish ma'lumotlarini to'plash bilan band bo'lgan. Miloddan avvalgi 6-asrga kelib, misrliklar va bobilliklar tajribaga asoslanib Quyosh va Oy tutilishlarini, ularning davriy takrorlanib turishini oldindan aytib bera olganlar. Pifagor asarlarida Yerning sharsimonligi haqida yozilgan, o'ning maktabi esa Yer va barcha yoritqichlar markaziy olov atrofida aylanadi, degan dastlabki kosmologiyalardan birini yaratdi. Aristotel olam markazida Yer bo'lgan sistemadir, degan g'oyani ilgari surdi. Miloddan avvalgi 3-asrdan boshlab yunon fanining markazi Iskandariyaga ko'chdi. Eratosfen gradus o'lchash deb nom olgan usul bilan Yerning o'lchamlarini aniqladi. Gipparx 1028 ta yulduzning osmon sferasidagi vaziyatlarini o'z ichiga olgan va bizgacha yetib kelgan dastlabki yulduz jadvallaridan birini yaratdi. U yilning davomiyligini katta aniqlik bilan o'lchadi, Oygacha bo'lgan masofani ikki foizdan kam xato bilan aniqladi, fanga geografik koordinatalar - kenglama va uzunlama tushunchalarini kiritdi. Gipparx ta'limotini Ptolemeyning Almagest asaridan bilamiz. Ptolemey fanga olam tuzilishining geotsentrik sistemasi nomi bilan kirgan sistemani yaratdi. Unda Quyosh, Oy va sayyoralarning ko'rinma harakati aylanalar bo'ylab tekis harakatdan iborat, harakatsiz Yer esa olamning markaziga joylashgan, deb tushuntirilar edi. Bu sistema olamning haqiqiy tuzilishini aks ettirmasa ham o'z davri uchun ilg'or bo'lgan. Bu sistema yoritqichlarning osmondagi vaziyatlarini (o'sha davrdagi kuzatish aniqligida) oldindan aytib berish imkonini berar edi. Shu sababli, u fanda bir yarim ming yilcha yashadi. Arximednint aytishicha, olamning markazi Quyosh, uning atrofida Yer va sayyoralar aylanadi. Bu faqat 16-asrdagina ishlab chiqilgan geliotsentrik sistemani oldindan aytib berish edi. Yulduz turkumlari haqida tushuncha Bobil davridayoq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.74 KB
Ko'rishlar soni 224 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.74 KB
Ko'rishlar soni 224 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga