Astronomiyadan modellarni namoyish etish Reja: 1.Modell nima va uning turlari. 2. Astronomiyadan foydalaniladigan modellar. 3. Osmon sferasining modelini qo'llash. Planetar modellarni qo'llash. Model (lat. modulus - o'lchov, me'yor) - biror obyekt yoki obyektlar tizimining obrazi yoki namunasidir. Masalan, yerning modeli - globus, osmon va undagi yulduzlar modeli - planetariy ekrani, pasportdagi suratni shu pasport egasining modeli deyish mumkin. Modelning taqribiylik xarakteri turli ko'rinishda namoyon bo'lishi mumkin. Masalan, tajriba o'tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqdigi olinayotgan natijaning aniqligiga ta'sir etadi. Modellashtirish - bilish obyektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida tadqiq, qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o'rganishdir. Modellash uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba'zi hollarda esa murakkab obyektlarni o'rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum obyekt, olisda joylashgan obyektlar, juda kichik hajmdagi obyektlarni o'rganishda modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod fanlarida obyektning faqat ma'lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham foydalaniladi. Modellarni tanlash vositalariga qarab uni uch guruhga ajratish mumkin. Bular abstrakt, fizik va biologik guruhlar. Abstrakt modellar qatoriga. matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi modellar kiradi. Fizik modellar qatoriga kichiklashtirilgan maketlar, turli asbob va qurilmalar, trenajyorlar va shu kabilar kiritiladi. Modellarning mazmuni bilan qisqacha tanishib chiqamiz. 1. Fizik model. Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan miqdor (o'lchami, tezligi, ko'lami) jihatidan farq qiladigan modellar, masalan, samolyot, kema, avtomobil, poyezd, GES va boshqalarning modellari fizik modelga misol bo'ladi. 2. Matematik modellar tirik organizmlarning tuzilishi, o'zaro aloqasi, vazifasiga oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo'lib, tajriba ma'lumotlariga ko'ra yoki mantiqiy asosda tuziladi, so'ngra tajriba yo'li bilan tekshirib ko'riladi. Masalani kvadrat tenglama ko'rinishida ifodalash jarayoni matematik modellashtirish, mos tenglama esa masalaning matematik modeli bo'lar ekan. Shuningdek, Arximed kuchi, Pifagor teoremasi va perimetr formulasi ham matematik model bo'ladi. Matematik modellashtirish jarayoni qadimdan astronomiya, kimyo va fizika fanlarida qo'llanib kelingan. Misol sifatida Neptun say-yorasining kashf etilishini olish mumkin. 1846-yilda fransuz astronomi U.Leverye Uran sayyorasining g'ayritabiiy harakatlanishiga Quyosh sistemasining o'sha paytgacha noma'lum bo'lgan sayyorasi sababchi ekanligini matematik isbotlab bergan. Shu yili Leveryening ko'rsat-malariga asoslanib nemis astronomi Galley Neptun sayyorasini teleskop orqali kuzata olgan. Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterda o'rganish tekshirilayotgan biologik jarayonning o'zgarish xarakterini oldindan bilish imkonini beradi. Shuni ta'kidlash kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo'li bilan tashkil qilish va o'tkazish ba'zan juda qiyin kechadi. Matematik va matematik-mantiqiy modelning yaratilishi, takomillashishi va ulardan foydalanish matematik hamda nazariy biologiyaning rivojlanishiga qulay sharoit tug'diradi. 3. Biologik model turli tirik obyektlar va ularning qismlari - molekula, hujayra, ...

Joylangan
22 Feb 2023 | 15:07:08
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
215.12 KB
Ko'rishlar soni
225 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Feb 2023 [ 15:07 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
215.12 KB
Ko'rishlar soni
225 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:01 ]
Arxiv ichida: docx