Quyosh fizikasining shakllanishi va rivojlanishi. Bredixin va Bepolskiy ishlari. Fotografik kuzatishlar, spektral analiz Dopler prinsipi. Quyosh fizikasining shakllanishi. Astrofizika astronomiyaning bo'limi bo'lib, u osmon yoritqichlarining fizik tuzilishini, ularning yuza va atmosfera qatlamlarida ro'y berayotgan fizik jarayonlami o'rganadi, osmon yoritqichining kimyoviy tarkibini aniqlaydi, astronomik kuzatishlardan olingan o'lchash natijalariga asoslanib osmon yoritqichining atmosfera va ichki qatlamlarining tuzilishini tekshiradi hamda modelini tuzadi, yoritqichlar va ulardan tuzilgan tizimlarning hosil bo'lishi va rivojlanish qonunlarini o'rganadi. Bunda u yoritqichlardan kelayotgan elektromagnit nurlanish oqimini sifatiy va soniy tahlil qilish usulini qo'llaydi. Astrofizika ikki qismga bo'lnadi: amaliy va nazariy astrofizika. Amaliy astrofizika yoritqichlarni tekshirish usullarini va asboblarini ishlab chiqadi va kuzatishga qo'llaydi, astronomik kuzatishlardan olingan o'lchash natijalarini tekshiradi va tahlil qiladi. Natijada yorit- qichning nurlanish sochayotgan qatlamlarining fizik ko'rsatkichlari, temperaturasi, modda zichligi, harakat tezligi va boshqalarini aniqlaydi va kimyoviy tarkibini topadi. Nazariy astrofizika yoritqichning nurlanish sochish mexanizmlarini o'rganadi, unda kuzatilayotgan fizik jarayonlarning tabiatini ochishga va tushuntirisliga harakat qiladi. Bunda u umumfizik qonunlarga asoslanadi va yoritqichning ichki va atmosfera qatlamlarining tuzilish modelini ishlab chiqadi, model asosida yoritqichning umumiy fizik ko'rsatkichlarini hisoblab chiqadi va kuzatish natijalari bilan solishtiradi. Solishtirish natijalaming bir-biriga mos kehshi yoritqich tabiatini yaxshi bila olganimizni ko'rsatadi. Astrofizikaning bo'limlari bir-biri bilan bog'liqdir. Amahy astrofizika nazariya oldiga kuzatish natijalarini tushuntirish bilan bog'liq masalalami qo'ysa, nazariy astrofizika amaliyot oldiga tekshirish zarur bo'lgan nazariy yechilmalami qo'yadi. Astrofizikaning asosiy vazifasi yoritqichlardan kelayotgan nuriy energiya oqimini fizik o'lchash asboblari va tekshirish usullari yordamida o'rganishdan iborat. Astrofizika materiyaning tarkibini va holatlarini o'rganishda muhim rol kasb etadi. Moddaning kimiyoviy tarkibini o'rganishda qo'llaniladigan spektral tahlil usuliga astronomik kuzatishlar munosabati bilan asos solingan. 1814-yilda nemis olimi Y. Fraungofer (1787-1826) Quyosh spektrida spektral cliiziqlami ro'yxatga oldi. 1859-yilda nemis olimlari G. R. Kirxgof (1824-1887) va R. Bunzen (1811-1899) Quyosh spektridagi qora spektral chiziqlar tabiatini ochib beradi. Atomlarning ichki tuzilishi va ulami tashkil etuvchi zarrachalar to'g'risidagi dastlabki ma'lumotlar kosmosdan kelayotgan yuqori energiyali zarrachalami (kosmik nurlami) tekshirish natijasida olingan. Kosmik sharoitda bunday yuqori energiyali zarrachalami hosil bo'lishini o'rganish astrofizik masala hisoblanadi. Masalan, yadro reaksiyasi masalasi Quyosh va yulduzlarning energiya manbai qanday fizik jarayon bo'lishi mumkin degan savolga javob axtarish jarayonida o'tgan asrning 20-30 yillarida qo'yilgan edi. Yulduzlar o'zagida temperatura o'nlab million gradusga yetadi. Bunday temperaturada yadro reaksiyalari ro'y berisi mumkin, bunda protonlarni qo'shilishi natijasida geliy atomi yadrolari hosil bo'ladi va ulkan energiya ajralib chiqadi. Quyosh va yulduzlar atmosferasida elektr va magnit maydonlar hosil bo'lib turadi. Bunday o'zgaruvchan maydonlarda zarralar nihoyatda yuqori darajadagi tezlikka erishadilar va yadro reaksiyalarini ro'y berishiga sababchi bo'ladilar. ...

Joylangan
22 Feb 2023 | 15:07:08
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
211.6 KB
Ko'rishlar soni
201 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Feb 2023 [ 15:07 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
211.6 KB
Ko'rishlar soni
201 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: docx