Galaktikalar. Somon yo'li galaktikasi

Galaktikalar. Somon yo'li galaktikasi

O'quvchilarga / Astronomiya
Galaktikalar. Somon yo'li galaktikasi - rasmi

Material tavsifi

Galaktikalar. Somon yo'li galaktikasi Reja Somon yo'li galaktikasi Yulduzlarning Galaktikadagi harakati Quyosh sistemasining harakati. Galaktikaning aylanishi Somon yo'li va galaktika. Bizni o'rab olgan Koinotning tuzilishini aniqlab olguncha fan juda uzoq yulni bosib utdi. Faqat XX asrning boshlariga kelib, osmonda ko'rinadigan hamma yulduzlar birgalikda alohida yulduz sistemasini - Galaktikani tashkil etishi uzil-kesil isbotlandi. Masalan, ingliz olimi Vilyam Gershel (1738-1822) birinchi bo'lib, osmonning turli sohalaridan tanlangan bir xil kichik uchastkalaridagi yulduzlarni sanash orqali yulduzlar olamining tuzilishi haqidagi masalani hal qilishda to'g'ri yo'lni ko'rsatdi. Butun osmonni belbog' kabi uchraydigan yorug' tasma Somon yo'lidagi yulduzlar bizning yulduz sistemamiz, Galaktikamizning asosiy qismini tashkil etishi, asta-sekin aniqlanib borildi. Somon yo'li bizga osmonning katta aylanasi bo'ylab joylashgandek ko'ringanidan, biz osmonning katta aylanasi bo'ylab joylashgandek ko'ringanidan, biz uning galaktik tekislik deb ataladigan tekisligiga bo'ylab eng uzoqlarga cho'zilgandir. Perpendikulyar yo'nalishda yulduzlarning zichligi tez kamayadi, binobarin, bu yo'nalishda Galaktika uncha uzoqka cho'zilmaydi. Somon yo'lining kuzatiladigan strukturasini (1-rasm) qisman xira yulduzlar haqiqiy joylashishlariga ko'ra hosil qilsa, qisman Somon yo'lining ba'zi joylarida bu yulduzlarni to'sib turgan kosmik chang bulutlari hosil bo'ladi. Bunday ajralish tuyulma hol bo'lib, u Somon yo'lining eng ravshan joylarining qismlarini, jumladan, Aqrab va Qavs turkumlariga tegishli qismlarni to'sib turuvchi kosmik changlar to'dasi tufayli shunday ko'rinadi (2-rasm). 1-rasm. Somon yo'lining ko'rinishi Ba'zan, Somon yo'li-bizning Galaktikamiz, deb xato aytiladi. Somon yo'li - osmonda bizga ko'rinadigan va yulduzlardan tashkil topgan yorug' halqa bo'lib, bizning Galaktikamiz esa yulduzlarning gigant orolidir. To'g'ri, uning ko'pchilik yulduzlari Somon yo'li bo'ylab joylashgan, biroq u faqat shular bilangina cheklanmaydi. Galaktikamizga hamma yulduz turkumlaridagi yulduzlar kiradi. Osmonda 21-yulduz kattaligigacha bo'lgan barcha yulduzlarning soni hisoblab chiqilgan, u 2·109 ni tashkil etadi, biroq bu bizning yulduz sistemamiz Galaktikamizdagi yulduzlarning kichik bir qismi xolos. Galaktikamizning chegaralari uzoq masofalardan ko'rinadigan sefeidlar va qaynoq o'ta gigant yulduzlarning joylashishiga qarab belgilangan edi. Galaktikamizning diametrini taxminan 300 pk yoki 100 yorug'lik yiliga teng deb qabul qilish mumkin, lekin uning aniq bir chegarasi yo'q, chunki Galaktikadagi yulduzlarning zichligi asta-sekin kamayib, so'ngra yo'q bo'lib ketadi. 2-rasm. Somon yo'lining Qavs yulduz turkumi qismining ko'rinishi Galaktikamizning markazida diametri 100-200 pk bo'lgan yulduzlarning ulkan zich to'plamidan tashkil topgan yadrosi joylashgan. Bu yadro bizdan qariyb 100 pk (300 yorug'lik yili) masofada Kavs yulduz turkumi tomonidan joylashgan, biroq u tarkibida kosmik chang bo'lgan bulutlar bilan bizdan butunlay tusilgan. Galaktika yadrosining tarkibida, shuningdek qizil gigantlar va qisqa davrli sefeidlar bor. Bosh ketma-ketlikning yuqori qismidagi yulduzlar va ayniqsa, o'ta gigantlar hamda klassik sefeidlar yoshroq osmon jismlaridan hisoblanadi. Bular markazdan uzoqroqda joylashgan bo'lib, nisbatan yupqa qatlamni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 2.09 MB
Ko'rishlar soni 255 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 2.09 MB
Ko'rishlar soni 255 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga