Zamonaviy astrofizik metodlarining shakllanishi. Keng to'lqinli astronomiyaning vujudga kelishi

Zamonaviy astrofizik metodlarining shakllanishi. Keng to'lqinli astronomiyaning vujudga kelishi

O'quvchilarga / Astronomiya
Zamonaviy astrofizik metodlarining shakllanishi. Keng to'lqinli astronomiyaning vujudga kelishi - rasmi

Material tavsifi

Zamonaviy astrofizik metodlarining shakllanishi. Keng to'lqinli astronomiyaning vujudga kelishi. Reja: Astronomiya ilmiy tekshirish instituti. O'zbekistondagi astronomik observatoriyalar. Maydanak ilmiy observatoriyasi Hozirgi zamon astrofizik observatoriyalari. Osmon yoritqichlarining nurlanishi, odatda, keng EMTSh niyoki spektral diapa- zonni ishg'ol etadi. Bu hoi har xil kuzatish va tekshirish asboblari qo'llashni taqozo etadi. Yorug'lik nurlarida kuzatish olib borishga mo'ljallangan teleskoplar bilan qurollangan observatoriyalar optik observatoriya, radio to'lqinlarda kuzatishlar olib boradiganlari - radioastronomik va gamma va rentgen nurlarda - kosmik observatoriya deb ataladi. Kosmik observatoriyalar Yer atrofida aylanadigan sun'iy yo'ldoshlarga o'matilgan rentgen va gamma teleskoplar bilan qurol- lantiriladi. Sun'iy yo'ldoshlarga optik teleskop o'rnatish ham astronomik kuzatishlarga yuqori samara beradi. Odatda, astrofizik observatoriyalar yil dovomida eng ko'p ochiq (bulutsiz) va musaffo osmonga ega bo'lgan joy larga quriladi. Bu jihatdan baland tog1 sharoiti ma'lum afzalliklarga ega bo'lishi mumkin. Teleskop balandligi 20-30 m, kengligi 10 m keladigan silindr shakldagi binoning (minoraning) ustiga o'rnatiladi. Teleskop vertikal o'q atrofida aylanadigan va bir qismi ochilib yopiladigan gumbaz shakldagi tom bilan bekitiladi. Gumbaz osti isitilmaydi va issiqlik chiqaruvchi uskunalardan xoli bo'lishi shart. Minora binoning pastki qavatlarida kuzatuvc hilar ishlaydigan va kuzatishni nazorat qilib borish xonalari joylashadi. Teleskop o'rnatiladigan bino (minora) observatoriyaning eng baland, atrof gorizonti ochiq joyiga quriladi. Laboratoriya binosi, mehmonxona minoradan 300 m chamasi uzoqlikda joylashishi kerak. Ular teleskop atrofida havo oqimlari hosil qilmasliklari va astro- iqlimni buzmasliklari kerak. Astroiqlim observatoriya ustidagi at- mosferaning tozaligi. demak, tiniqligi va sokinligi (turbulent havo oqimlaridan xoliligi) bilan belgilanadi. Yaxshi astroiqlimga ega joyda yulduz yorug'ligining 70-80 % qismi diametri 1 (bir yoy sekun- di) bo'lgan gardishcha ichida bo'ladi. Astroiqlim eng yaxshi joy Chilida (Janubiy Amerika) topilgan. U ehda YevropaJanubiy Observato- riyasi (YeJO) qurilgan. Respublikamizda astroiqlim eng yaxshi joylardan biri Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani tog'lari cho'qqilaridan biri hisoblanadi. Tojikiston va Qozog'iston Respublikalarida ham astrofizik observatoriyalar bor. Ularda diametri 1 m bo'lgan teleskoplar o'matilgan. Armaniston (Byurokan, 2,5 m), Gruziya (Abastumani. 1 m), Ozorboyjon (sxemaxa, 2 m) va Rossiya fedaratsiyasi (Shimoliy Kavkaz, 6 m) da ham astrofizik observatoriyalar bor. Eng katta teleskoplarga ega obsevatoriya Chilida (Paranal tog'i, 4 ta 8 m) qurilgan. Yevropadavlatlari hamkorligida qurilgan bu YevropaJanubiy Observatoriyasida (YeJO) Eng Katta Teleskop (EKT, Very Large Teleskop, VLT) o'matilgan. VLT to'rtta 8 m li teleskoplar to'plamidan iborat va bu teleskoplar birgalikda ishlashi, osmon yoritqichining bitta tasvirini hosil qilishi va uni tekshirish mumkin. Shuningdek, Atlantika okeanidagi Kanar, Tinch okeanidagi Gavay orol- larida ham baland tog' observatoriyalari qurilgan va ishlamoqda. Bu observatoriyalarda astroiqlim juda yaxshi ekanligi aniqlangan. Hozirgi kunda bir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.31 KB
Ko'rishlar soni 353 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.31 KB
Ko'rishlar soni 353 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga