Nazriy astronomiya va osmon mexanikasi asoslari. Sayyoralar konfiguratsiyasi. Kepler qonunlari

Nazriy astronomiya va osmon mexanikasi asoslari. Sayyoralar konfiguratsiyasi. Kepler qonunlari

O'quvchilarga / Astronomiya
Nazriy astronomiya va osmon mexanikasi asoslari. Sayyoralar konfiguratsiyasi. Kepler qonunlari - rasmi

Material tavsifi

Nazriy astronomiya va osmon mexanikasi asoslari. Sayyoralar konfiguratsiyasi. Kepler qonunlari Reja: Fizikada qo'llaniladigan fotometrik tushunchalar Ko'rinma yulduziy kattaligi. Pogson formulasi Astronomik va fizik fotometrik birliklar orasidagi bog'lanishlar. qorinma va absoluyt yulduziy kattaliklar Sayyoralarning konfiguratsiyalari Sayyoralar aylanishining sinodik davrlari va ularning siderik davrlari bilan bog'liqligi: Quyosh sistemasidagi jismlargacha bo'lgan masofalarni va ularning o'lchamlarini aniqlash: Masofalarni aniqlash Osmon jismlarining harakati. Kepler qonunlari. Butun olam tortishish qonuni 1. Fizikada qo'llaniladigan fotometrik tushunchalar. Yoritqichning yorug'ligi kuzatish joyida u hosil qilayotgan yoritilganlik (E) bilan belgilanadi. Yoritilganlik lyuks (lk) larda o'lchanadi va u joyning yuza birligiga tushayotgan nuriy energiya quvvati (nurlanish oqimi, F) ga teng. . Berilgan joydan (masalan, ko'z qorachig'idan yoki teleskopning kirish teshigidan) vaqt birligida o'tayotgan nuriy energiya nurlanish oqimi deb ataladi va u yoritqichning muhim ko'rsatgichi hisoblanadi. Nurlanish oqimi lyumen (lm) larda o'lchanadi. Joyning bir m2 yuzasiga tushayotgan bir lyumen nurlanish oqimi unda bir lyuks yoritilganlik hosil qiladi, ya'ni 1 lk=1lmm2. Yorug'lik kuchi (I) bir kandellaga teng bo'lgan manba bir steradian fazoviy burchak () ichida bir lyumen oqim hosil qiladi, ya'ni F=I. Temperaturasi 2044 ga teng bo'lgan absalyut qora jismning 1 sm2 yuzasi bir kandella yorug'lik kuchiga ega. Uchi manbada bo'lgan konusning o'qiga tik o'tkazilgan kesim yuzi (S) ni manbadan shu kesimgacha bo'lgan masofa kvadratiga nisbati fazoviy burchakni belgilaydi, ya'ni . . (1.1) Ya'ni, bir kandella yorug'lik kuchiga ega manba bir metr uzoqlikda bir lyuks yoritilganlik hosil qiladi. 1.1-rasm. I yorug'lik kuchiga ega bo'lgan yulduzdan fazoviy burchak ichida nurlanish oqimi hosil bo'ladi. Bu oqim S yuzada E=FS yoritilganlik hosil qiladi. Astrofizikada yoritilganlik tushunchasi eng muhim tushuncha hisoblanadi, chunki astrofizik kuzatishlarda yoritilganlik o'lchanishi mumkin. Haqiqatdan, yorug'lik o'lchaydigan asbob (fotometr) ning nur sezuvchi qatlamida unga tushayotgan nuriy enYergiya ta'sirida fizik-ximik jarayonlar ro'y bYeradi va natijada unda o'lchash mumkin bo'lgan signal (masalan, elektr yurituvchi kuch) hosil bo'ladi. 1.2-rasm. Nurlanuvchi sitrning ravshanligini tushirtirish uchun Nur sochayotgan sirtning nurlanishi ravshanlik bilan ifodalanadi. Biror yo'nalish () da va shu yo'nalishga tik hamda nurlanuvchi sirt () ga tegib turgan (=cos) birlik yuzadan shu yo'nalishdagi bir birlik () fazoviy burchak ichida o'tayotgan nurlanish oqimi ravshanlik (B) deb ataladi. . (1.2) Ayrim osmon yoritqichlari (Oy, Quyosh, sayyoralar, galaktikalar va tumanliklar) ning sirti ko'rinadi. Bu yoritqichlar kuzatish joyida hosil qilayotgan yoritilganlik va ularning ravshanligi hamda ko'rinma kattaliklari orasida bog'lanish mavjud va bu bog'lanishga asoslanib ularning ham yulduziy kattaligini hisoblash mumkin. Bizdan r uzoqlikda turgan nurlanuvchi sirt () ning osmon sferasidagi proyeksiyasi bo'lsin (1.3-rasm). 1.3-rasm. Sirti ko'rinadigan yoritqich kuzatish joyida hosil qiladigan yoritilganlik U ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 3.8 MB
Ko'rishlar soni 255 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 3.8 MB
Ko'rishlar soni 255 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga