Astronomiyadan masalalar yechish metodikasi

Astronomiyadan masalalar yechish metodikasi

O'quvchilarga / Astronomiya
Astronomiyadan masalalar yechish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Astronomiyadan masalalar yechish metodikasi Reja: 1.O'quvchilar bilimini baholash. 2.Astronomiyadan turli darajadagi masalalar yechish. 2. Astronomiyadan nostandart masalalar va topshiriqlar tuzish. 1-savol: O'quvchining asronomiyadan olgan bilimi qachon qoniqarli deb baholash mumkin? Javob:O'quvchi o'z javobida o'rganilgan materialning asosiy g'oyalarni tushunganligini bildira olsa va aniq faktik materiallar asosida uni mustahkamlay olsa. 2-savol:O'quvchi yaxshi baho olishi uchun nimalarni bilishi kerak? Javob: O'quvchi darslikda mavjud bo'lgan, o'qituvchi tomonidan keltirilgan mulohazalar, xulosalar va isbotlarni keltirib chiqara olishi lozim. 3-savol:O'quvchi a'lo baho olishi uchun nimalarni bilishi kerak? Javob: Ega bo'lgan bilimlarini yangi sharoitda qo'llay olish Astronomiya dasturida 5-7% vaqt masalalar yechishga ajratilgan. Astronomiyadan masalalar yechishning ahamiyati katta ya'ni u: o'tilgan materialni aniq, ongli, chuqur tushunishga yordam beradi. o'quvchilar bilimini oshiradi, fikrlash qobiliyatini o'stiradi. nazariyani praktikaga tatbig'i va fan bilan texnika orasidagi bog'lanishni o'rgatadi. o'tilgan materialni takrorlashda eng yaxshi metod, hisoblanadi. o'quvchilar bilimi va malakalarini nazorat qilishga yordam beradi. Masala yechish - o'quvchilarda astronomic ushunchalarni shaqlantirish va boyitish, o'quvchilarda fizikadan fikrlashni va bilimlarni amalda qo'llash ko'nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Fizik masalalardan quyidagi hollar uchun foydalaniladi: a) muammoni ilgari surish va muammoli holatni yaratish; b) amaliy malaka va ko'nikmalarni shakllantirish; v) yangi ma'lumotlarni berish; g) bilimlarning chuqurligini va mustahkamligini tekshirish; d) materialni mustahkamlash, umumlashtirish va takrorlash; e) politexnik prinsipni amalga oshirish; j) o'quvchilarning ijodiy layoqatini rivojlantirish va h.k. Darsda masala yechish yangi tushuncha va formulalarni kiritish, o'rganilayotgan qonuniyatlarni aniqlash, yangi materialni o'rganishga yondoshish imkonini beradi. Masala yechish jarayonida o'quvchilar fizikadan olgan bilimlarini hayotda qo'llash zarurati, nazariya bilan amaliyot orasidagi bog'lanishni chuqurroq anglash zarurati bilan bevosita to'qnashadilar. Fizikadan masalalar mazmuni va didaktik maqsadlariga qarab juda xilma-xildir. Ularni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin: mazmuniga qarab; shartni ifodalash usuliga qarab; asosiy yechish metodiga qarab; bundan tashqari masalalarni har xil belgilariga qarab guruhlarga ajratish mumkin. SHartni ifodalash usuli bo'yicha astronomik masalalar to'rtta asosiy turga bo'linadi: matnli, eksperimental, grafik va rasmli masalalar, ularning har biri o'z navbatida miqdoriy va sifatiy bo'linadi. SHu bilan bir paytda masalalarning asoiy turlarini murakkablik darajasiga qarab oson va qiyin, mashqlantiruvchi va ijodiy hamda boshqa tipdagi masalalarga ajratish mumkin. Asosiy yechish metodiga qarab masalalar sifatiy, hisoblanadigan, eksperimental guruhlarga ajratiladi. Sifatiy masalalarning asosiy farqi ularning shartlari o'quvchilar e'tiborini qaralayotgan astronomik hodisaning mohiyatiga jamlaydi. Ular odatda, astronomik qonunlariga tayanib, mantiqiy fikrlash yo'li bilan yechiladi. Sifat masalalarini yechishda hech qanday hisoblash ishlari bajarilmaydi, balki o'quvchilar darsda o'rgangan qonunlardan foydalanib hodisa tushuntiriladi. O'quv jarayonida astronomiyadan matnli masalalar - sharti so'z bilan ifodalanadigan, yana shartida fizik doimiylardan tashqari hamma ma'lumotlari bor masalalardan eng ko'p foydalaniladi. yechish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.11 KB
Ko'rishlar soni 366 marta
Ko'chirishlar soni 52 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.11 KB
Ko'rishlar soni 366 marta
Ko'chirishlar soni 52 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga