Aristotel kosmologiyasi. Aleksandriya kutubxonasining tashkil topishi, uning qoshida observatoriya qurilishi

Aristotel kosmologiyasi. Aleksandriya kutubxonasining tashkil topishi, uning qoshida observatoriya qurilishi

O'quvchilarga / Astronomiya
Aristotel kosmologiyasi. Aleksandriya kutubxonasining tashkil topishi, uning qoshida observatoriya qurilishi - rasmi

Material tavsifi

Aristotel kosmologiyasi (IV a.e.o.). Aleksandriya kutubxonasining tashkil topishi (IV a.e.o.), uning qoshida observatoriya qurilishi. Reja: 1. Aristotel kosmologiyasi 2. Aleksandriya kutubxonasi 3. Erotosfen, Aristarx Samosskiy va Gipparxlarning astronomiya sohasidagi ishlari. Aristotel kosmologiyasi. Aristotel (384-322 y.e.o.) o'z asarlarida osmon, yer hamda ularning harakat qonunlari haqidagi bilimlarni teoremaga soldi. Aristotel astronomik ko'zatpshlarga tayanib, yerning va boshqa osmon jismlarining shakllarini o'rgandi. Yer shar shaklda ekanligini uzil-kesil isbot qildi. SHu bilan birga u yer-Koinotning markazi deb qabul qildi Koinot cheklangan bo'lib, uning barcha jismlari yer tomonidan tortib ushlab turiladi deb o'qtirdi. Aleksandriya (Iskandariya) kutubxonasi - ellinizm davrida bunyodga kelgan mashhur kutubxonalardan biri. Aleksandriya (iskandariya) kutubxonasiga mil. av. 3-asrda ptolemeylar sulolasi davrida yashagan atoqli olim va adiblar (Zenodot, Aristarx Samosskiy, Kallimax va b.) asos solgan. Bu yerda yunon fani va adabiyotiga doir ko'plab qo'lyozma asarlari to'plangan. Bundan tashqari, SHarq tillaridagi kitoblar ham bo'lgan. Kutubxona qoshida kitob ko'chiruvchilar guruhi ishlagan, kutubxona katalogi tuzilib, u vaqt-vaqti bilan to'ldirib turilgan. Kutubxonada 700 ming jildga yaqin kitob saqlangan. Aleksandriya (iskandariya) kutubxonasi (I.)k. uch asr davomida rivojlanib bordi. Mil. av. 48-47 y. lar Aleksandriya urushi davrida kutubxona asosiy to'plamining bir qismi yonginda kuyib ketdi. Misrni Rim imperiyasi bosib olgach, Aleksandriya (iskandariya) kutubxonasi (I.) k. o'z mavqeini yo'qota bordi, qolgan qismi 7-8- asrlarda tamomila tugatildi. Mashhur Iskandariya kutubxonasini go'yoki musulmonlar yoqib yuborishgan degan yarim afsona, yarim latifa ko'pgina mashhur nashrlarda uchrab turadi. Ba'zi mualliflar buni tarixiy hujjat sifatida keltirishga ham harakat qiladilar. SHu sababdan quyida bu gumonlarni inkor qiladigan haqiqiy hujjatlarni keltiramiz. 1. Iskandariyada Ptolemey II tomonidan asos solingan Iskandariya kutubxonasi 500 mingdan ziyod kitoblarga ega edi. Uning ko'prok qismi eramizdan avvalgi 48-47 yillarda yo'liy sezar Iskandariyani qamal qilgan paytda yonib ketgan, lekin Pergam kutubxonasi bilan almashtirilgan edi, boshqa qismi esa nasroniy mutassiblar tomonidan 391 yili yo'q qilingan. (Brokgauz va yefronaning Kichik qomusiy lug'ati). 2. SHu munosabat bilan hazrati Umarga qo'yilayotgan dunyo madaniyati oldidagi katta gunoh - mashhur Iskandariya kutubxonasi uning buyrug'i bilan yoqib yuborilgan degan noto'g'ri aybni olib tashlashni istar edik. Mutaxassislar yaxshi bilishadi, bu hazrati Umarga nisbat berilgan Qur'onga zid kitoblarni yo'qotgan degan xayrli amal sifatidagi bir afsona xolos, lekin mashhur nashrlarda bu afsonani tarixiy hujjat sifatida taqdim qilishadi. Lekin Arablar bosqini paytidagi o'g'irliklar va qaroqchiliklar to'g'risida ma'lumotlar beradigan Ioan Nikiussikiy ham va boshqa biror islomni dushman tutgan nasroniy tarixchi ham kutubxonadagi yong'inni eslatmaydilar. Aniqrog'i, bu paytda eng katta kutubxonaning o'zi yo'q edi - nasroniylar bilan mushriklar fani o'rtasidagi o'tgan uch asr davomidagi kurash bosimi ostida sekin-asta o'chib bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 100.15 KB
Ko'rishlar soni 191 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:00 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 100.15 KB
Ko'rishlar soni 191 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga