Astonomik kuzatishlar asosida joyning geografik kengligini aniqlash. Yoritgichlarning kulminatsiyasi va kulminatsiya balandliklari. Kalendarlar. Reja: Astonomik kuzatishlar asosida joyning geografik kengligini aniqlash. Yoritgichlarning kulminatsiyasi va kulminatsiya balandliklari. Vaqtni o'lchashning asoslari. Kalendarlar. Umar Hayyom kalendarlari. Ma'lum bir joyning geografik kengligi - φ, o'sha joyda olam qutbining gorizontdan balandligiga teng bo'ladi Masalan Toshkentda olam qutbining balandligi taxminan 410 ga tengligidan, Toshkentning geografik kengligi 410 ga teng bo'ladi degan xulosa qilish mumkin. Yoritkichlarning osmon meridianini kesib o'tish hodisasi ularning kulminatsiyalari deyiladi. Yuqori kulminatsiyada yoritkichning balandligi eng katta, quyi kulminatsiyada eng kichik qiymatga ega bo'ladi. Kulminatsiyalar orasida o'tadigan vaqt yarim sutkaga teng. Yulduzlar har sutkada olam o'qi atrofida gorizont ustida ekvatorga paralel bo'lgan aylanalar chizadi. Bunda har bir yoritkich bir sutkada osmon meridianini ikki marta kesib o'tadi (8-rasm). Yoritkichlarning osmon meridianidan o'tish hodisalari kulminatsiyalar deyiladi. Yuqori kulminatsiyada yoritkichning balandligi eng katta, quyi kulminatsiyada eng kichik qiymatga ega bo'ladi. Kulminatsiyalar orasida o'tadigan vaqt yarim sutkaga teng. Ma'lum φ geografik kenglikda botmaydigan M yoritkichning (8-rasm) ikkala kulminatsiyasi gorizont ustida ko'rinadi, chiqadigan va botadigan yulduzlarning (M1, M2, M3) quyi kulminatsiyasi gorizont ostida, shimoliy nuqta ostida sodir bo'ladi. Osmon ekvatoridan janubga tomon uzoqda joylashgan yorikich M4 ning ikkala kulminattsiyasi ham ko'rinmasligi mumkin (chiqmaydigan yoritkich). 8-rasm. Yoritkichlarning yuqori va quyi kulminatsiyalari Quyosh markaziinng yuqori kulminatsiya payti haqiqiy tush vaqti, quyi kulminatsiya payti haqiqiy yarim kecha deyiladi. Vaqtni o'lchashning asoslari. Kishilar vaqtni o'lchashga juda qadimdan ehtiyoj sezganlar. Quyoshli kunlarda ixtiyoriy jismning soyasi, turli vaqtda turlicha holatlarda bo'lishi va uzunligini o'zgartirib turishini bilgan kishilar soyaning bu xususiyatlaridan foydalanib, undan vaqtni o'lchash uchun foydalanganlar. Qadimda hindlar foydalangan shunday soatlardan biri 9-rasmda tasvirlangan. Vaqt o'tishi bilan kishilar vaqtni o'lchashning aniq usullarini o'ylab topdilar. Bular ichida Yerning o'z o'qi atrofida aylanish davriga tayanib vaqtni o'lchash usuli eng qulayi bo'lib, kishilar vaqtni o'lchashning bu usulidan hozirga qadar foydalanadilar. 9-rasm. Qadimda hindlar foydalangan Quyosh soati Yerning osmondagi biron-bir yulduzga nisbatan to'la aylanish davri yulduz sutkasi deyiladi. Biroq kundalik turmushimiz, Quyoshning chiqish va botish vaqtlari bilan belgilanganidan, biz Quyosh sutkasi bilan ish ko'ramiz. Shu boisdan, amalda biz ishlatadigan vaqtni o'lchashda, Yerning o'z o'qi atrofida Quyoshga nisbatan bir to'la aylanib chiqish vaqti - Quyosh sutkasini asos qilib olamiz. Quyosh sutkasi deb, Quyoshni ikki marta ketma-ket yuqori kulminatsiyadan (boshqacha aytganda, tush paytidan) o'tishi uchun ketgan vaqtga aytiladi. Bu vaqt, aslida doimo bir xil bo'lmay, biroz o'zgarib turadi. Buning sababi, Quyoshning ekliptika bo'ylab ko'rinma harakatining notekisligidadir. Shu sababdan amalda sutkaning uzunligi uchun Quyosh sutkasining o'rtacha qiymati olinadi va u 24 soat ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.85 MB
Ko'rishlar soni
201 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.85 MB
Ko'rishlar soni
201 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:00 ]
Arxiv ichida: doc