Astranomiya fani va uning kelib chiqishi, zamonaviy yo'nalishlari

Astranomiya fani va uning kelib chiqishi, zamonaviy yo'nalishlari

O'quvchilarga / Astronomiya
Astranomiya fani va uning kelib chiqishi, zamonaviy yo'nalishlari - rasmi

Material tavsifi

Astranomiya fani va uning kelib chiqishi, zamonaviy yo'nalishlari. Astranomiya fanining boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi. Reja: Astranomiya fani va uning kelib chiqishi Astranomiya fanining boshqa fanlar bilan bog'liqligi va uni o'rganishning ahamiyati. Yoritgichlarning ko'rinma holatlari. Yulduz turkumlari. 1. Astronomiya - osmon jismlarining va ular sistemalarining harakatini, tuzilishini, kelib chiqishini va rivojlanishini o'rganadigan fan. U to'plagan bilimlar insoniyatning amaliy ehtiyojlari uchun qo'llaniladi. Astronomiya so'zi yunoncha astron-yulduz, nomos- qonun so'zlaridan tarkib topgan. Astronomiya ham barcha boshqa fanlar singari jamiyatning amaliy ehtiyojlar asosida vujudga kelgan.Astronomiyaning kurtaklari Bobil, Misr, Xitoy, Hindiston va boshqa Sharq hamda G'arb mamlakatlarida bundan bir necha ming yil avval mavjud bo'lgan. IX-XV asrlarda, Yaqin va O'rta Sharq hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida yirik astronomik rasadxonalar qurilib ishga tushirildi. Ularda Al-Battoniy, Al-Farg'oniy, Al-Xorazmiy, Abo'l-Vafo Buzjoniy, Abu Mahmud Xo'jandiy, Abdurahmon as-So'fiy va Ibn Yunus kabi mashhur olimlar ijod qildilar. Xususan Al-Battoniy yunon astronomiyasi Yerishgan yutuqlarni umumlashtirib, Oy harakatiga doir ba'zi ma'lumotlarni aniqladi. Al-Farg'oniy yozgan «Astronomiya asoslari» nomli asari o'sha davr uchun astronomiyadan o'ziga xos ensiklopediya xizmatini o'tadi. Oy va uning harakatlari to'g'risidagi kashfiyotlari, Yer meridiani uzunligini o'lchash bo'yicha ishlari bilan Abul-Vafo dunyoga tanildi. X-XI asrlarda yashab ijod etgan mashhur o'zbek allomasi Abu Rayhon Beruniyning astronomiyaga oid 40 dan ortiq asari bizgacha etib kelgan. Olimning «Xronologiya» asarida, Yevropava Osiyodagi deyarli barcha xalqlarning turli davrlariga tegishli taqvim tizimlari batafsil bayon qilingan bo'lib, unda bu taqvimlarning asoslari va biridan ikkinchisiga o'tish yo'llari to'la yoritilgan. Beruniyning «Geodeziya», «Qonuni Ma'sudiy» va «Yulduzlar ilmi» asaralari to'laligicha astronomiyaga bag'ishlangan bo'lib, ularda Quyosh, Oy va planetalarning harakatlariga doir ko'plab ma'lumotlar, Yer radiusini o'lchashning o'sha zamondagi bir necha usullari keltirilgan. Beruniyning izdoshi Umar Hayyom ham koinot haqidagi bir qator falsafiy fikrlar bildirib, nihoyatda katta aniqlikka ega bo'lgan Quyosh taqvimini ishlab chiqqan. XV asrda Sharq astronomiyasining yana bir bo'yuk namoyondasi Ulug'bek Samarqandda dunyoda eng yirik astronomik rasadxonani ishga tushirdi. Rasadxonaning bir necha o'n yillik faoliyati davomida Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid Koshiy va Ali Qushchi kabi taniqli olimlardan iborat astronomiya maktabi shakllandi. 1873-yil 11-sentabrdan Toshkent observatoriyasida astronomik kuzatishlar boshlanganligi haqidagi xabar matbuotda e'lon qilindi. U paytda Toshkent observatoriyasi Toshkent astronomiya va fizika observatoriyasi deyilib, Turkiston harbiy okrugining harbiy-topografiya bo'limiga qarardi. O'zbekiston Fanlar Akademiyasining qarori bilan 1966-yil 1-sentyabrdan Toshkent Astronomiya observatoriyasi O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Astronomiya instituti deb ataladigan bo'ldi. Astronomiya instituti qoshida bir necha quvvatli astronomik kuzatish asboblari birin-ketin ishga tushib, «Aniq vaqt xizmati», «Quyosh fizikasi», «O'zgaruvchan yulduzlar fizikasi» kabi yirik laboratoriya bo'limlari shakllandi. 1919-yilda O'rta Osiyo hududida joylashgan Chorjo'y xalqaro kenglik stansiyasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.13 KB
Ko'rishlar soni 397 marta
Ko'chirishlar soni 31 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.13 KB
Ko'rishlar soni 397 marta
Ko'chirishlar soni 31 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga