Astrofizika fani, predmeti va bo'limlari Astrofizikaning predmeti va bo'limlari. Astrofizik tekshirishlarning xususiyatlari. Hozirgi zamon astrofizik observatoriyalari. Ilmiy-texnik taraqqiyotda astrofizikaning roli. Astrofizika astronomiyaning bo'limi bo'lib, u osmon yoritqichlarining fizik tuzilishini, ularning yuza va atmosfera qatlamlarida ro'y berayotgan fizik jarayonlarni o'rganadi, osmon yoritqichining kimyoviy tarkibini aniqlaydi, kuzatishlardan olingan natijalarga asoslanib osmon yoritqichning atmosfera va ichki qatlamlarining tuzilishini tekshiradi va modelini tuzadi, yoritqichlar va ulardan tuzilgan tizimlarning hosil bo'lishi va rivojlanish qonunlarini o'rganadi. Bunda u yoritqichlardan kelayotgan elektromagnit nurlanish oqimini sifatiy va soniy tahlil qilish usulini qo'llaydi. Astrofizika ikki qismga bo'linadi. amaliy va nazariy astrofizika. Amaliy astrofizika yoritqichlarni tekshirish usullarini va asboblarini ishlab chiqadi va kuzatishga qo'llaydi, kuzatishlardan olingan natijalarni o'lchaydi, tekshiradi va taqlil qiladi. Natijada yoritqichning nurlanish sochayotgan qatlamlarining fizik ko'rsatkichlari, temperaturasi, zichligi, harakat tezligi va boshqalarini aniqlaydi va kimyoviy tarkibini topadi. Nazariy astrofizika yoritqichning nurlaish sochish mexanizmlarini o'rganadi, unda kuzatilayotgan fizik jarayonlarning tabiatini ochishga va tushuntirishga harakat qiladi. Bunda u umum fizik qonunlarga asoslanadi va yoritqichning ichki va atmosfera qatlamlarining tuzilish modelini ishlab chiqadi, model asosida yoritqichning umumiy fizik ko'rsatkichlarini hisoblab chiqadi va kuzatish natijalari bilan solishtiradi. Solishtirish natijalarning bir-biriga mos kelishi yoritqich tabiatini yaxshi bilaolganimizni ko'rsatadi. Astrofizikaning bo'limlari bir-biri bilan bog'liqdir. Amaliy astrofizika nazariya oldiga kuzatish natijalarini tushuntirish bilan bog'liq masalalarni qo'ysa, nazariy astrofizika amaliyot oldiga tekshirish zarur bo'lgan nazariy yechilmalarni qo'yadi. Astrofizikaning asosiy vazifasi yoritqichlardan kelayotgan nuriy energiya oqimini fizik o'lchash asboblari va tekshirish usullari yordamida har tomonlama, ham sifatiy ham soniy nuqtai nazarda, o'rganishdan iborat. Hozirgi zamon astrofizikasi elektromagnit to'lqinlar shkalasi (EMTSH) ning barcha qismlari (diapazonlari) da tekshirishlar olib boradi. Bunda EMTSH sining harbir diapazoni uchun maxsus o'lchash vositalari va tekshirish usullari qo'llaniladi. Shunga ko'ra amaliy astrofizika bir necha bo'limlarga bo'linadi: osmon yoritqichlarining gamma nurlarini tekshiradigan bo'lim gamma astronomiya deb atalsa, rentgen nurlarini tekshiradigan - rentgen astronomiya deyiladi. Osmon yoritqichlarining gamma, rentgen va ultrabinafsha nurlari Yer atmosferasida yutiladi va Yer yuziga etib kelmaydi. Bu diapazonlarda tekshirishlar Yerning sun'iy yo'ldoshlariga o'rnatilgan asboblar yordamida bajariladi. Yer yuziga deyarli yutilishsiz etib keladigan nurlar optik diapazonni tashkil etadi va bu diapazonda tekshirishlar optik teleskoplar yordamida olib boriladi. Yer atmosferasining yana bir tiniqlik darchasi mavjud. U radiodiapazonga to'g'ri keladi va bu diapazonda tekshirishlar bajaradigan bo'lim radioastronomiya deb ataladi. 2. Astrofizik tekshirishlarning xususiyatlari. Astrofizik tekshirishlar fizik tajribalardan ayrim xususiyatlari bilan farq qiladi; birinchidan biz osmon yoritqichlarini va ular yuzida ro'y bYerayotgan jarayonlarni o'zimiz xohlagancha o'zgartira olmaymiz, ikkinchidan, kuzatilayotgan har bir kosmik jarayon aynan betakrordir, uchinchidan, ayrim jarayonlar tez kechsa, boshqalari juda sekin kechadi va ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.87 KB
Ko'rishlar soni
241 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.87 KB
Ko'rishlar soni
241 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:00 ]
Arxiv ichida: docx