Astronomiya fani, uning vazifalari

Astronomiya fani, uning vazifalari

O'quvchilarga / Astronomiya
Astronomiya fani, uning vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Astronomiya fani, uning vazifalari, zamonaviy bo'limlarini yo'nalishlari. Reja : Koinot tuzilishi. Koinot tuzilishi haqida bilimlar rivojlanishining asosiy bosqichlari. Astronomiyaning amaliy ahamiyati. Astronomiya - osmon jismlarining va ular sistemalarining harakatini, tuzilishini, kelib chiqishini va rivojlanishini o'rganadigan fan. U tuplagan bilimlar insoniyatning amaliy ehtiyojlari uchun kullaniladi. Astronomiya eng kadimiy fanlardan biri bo'lib, u insonning amaliy ehtiyojlari asosida yuzaga kelgan va bu ehtiyojlar bilan birga rivojlanadi. boshlang'ich astronomik malu-motlar bundan ming yil avval Vavilon, Misr va Xitoyda malum bo'lgan bo'lib, ular shu mamlkat xalqlari vaqtini o'lchash va gorizont tomonlarini aniklashda foydlanganlar. Osmon jismlarini o'rganishda astronomiya fani o'z oldiga quyidagi uchta vazifani kuyadi : 1.Koinotda harakatlanuvchi osmon jism-larini kurinma va haqiqiy holatlarini o'rganadi. 2. Osmon jismlarininng fizik tadqiq qilish, yani (fizik sharoitlar) ularaning sirtidagi va bagridagi fizik sharoitlar (zichligi, temperaturasi . . .) kimyoviy tarkibi urganiladi. 3. Osmon jismlarining ayrimlarini va ular sistemalarini kelib chiqishi va rivojlanishini o'rganadi. Birinchi masalani xal qilish uzoq davr (kadimdan) kuzatish orqali olib boriladi. Masalan: mexanikaqonunlari 300 yildan beri malumligi sababli astronomiyaning bu sohasida juda kuplab ma'lumot tuplangan (ayniqsa Yerga nisbatan yaqin bo'lgan osmon jismlari uchun). Ikkinchi masala bo'yicha biz ko'p ma'lumotlarga ega emasmiz. Chunki bu sohadagi ishlar 100 yilcha oldin boshlangan bo'lib, ayrim masalalarni xal qilishga keyingi yillarda kirishildi xolos. Masalan, Osmon jismlariga kosmik apparatlar uchirila boshlangandan keyingina bu masalalar xal kilina boshlandi. Uchinchi masala oldingi ikkala masalaga karaganda xam ancha murakkabdir, bu masala bo'yicha yigilgan ma'lumotlar shu darajada kamki, uni ishlab chiqishga umumiy tasavvurlarga va gipotezalarga suyanamiz. Astronomiya fani quyidagi bo'limlardan iborat : 1. Astrometriya - fazo va vaqtni o'lchovchi fan. U o'z navbatida : a) sferik astronomiya - osmon jismlarini holati va harakatini turli koordinatalar sistemasi yordamida aniklovidan iboratdir. B) fundamental astronomiya - osmon jismlarini koordinatalarini astronomik doimiy kattaliklar va ularning (osmon jismlarining) joylash jadvallraiga asoslangan holda aniqlash bilan shugullanadi. V) amaliy astronomiya - turli astronomik asbob- qurilmalardan foydalangan holda osmon jismlarini geografik koordinatalari, yo'nalish azimutlarini aniqlash bilan shugullanadi. 2. Nazariy astronomiya - osmon jismlariga tegishli bulgna parametrlarni hisoblash usuliga tayangan holda aniqlash imkonini beradi. 3. Osmon mexanikasi - Butun Olam tortishish qonuniga asoslanib osmon jismlarini harakat qonunlarini, shuningdek massasi va shaklini aniklaydi. yuqorida sanab utilgan uchala bo'lim astronomiyaning bosh masalasini xal qiladi. Shuning uchun uni klassik (mumtoz) astronomiya deyiladi. 4. Astrofizika - osmon jismlarini tuzilishi, fizik xususiyati va kimyoviy tarkibini aniqlash masalalarini o'rganadi. U o'z navbatida kuyidagilarga bulinadi : a) amaliy astrofizika - astronomik asbob-qurilmalar asosida astrofizik tadqiqotlar olib borishning amaliy usullari bilan shugullanadi. B) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.74 KB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.74 KB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga