Galaktikamizdan tashqi fazo koinot fizikasi

Galaktikamizdan tashqi fazo koinot fizikasi

O'quvchilarga / Astronomiya
Galaktikamizdan tashqi fazo koinot fizikasi - rasmi

Material tavsifi

Galaktikamizdan tashqi fazo-koinot fizikasi. Reja : 1. Galaktikalarni sinflariga ajratish. 2. Ularning tarkibi va fizikaviy xususiyatlari. 3. Nostatsionar galaktikalar 4. Faol yadrolik galaktikalar. Uchta galaktikani teleskopsiz, oddiy kuz bilan ko'rish mumkin. Ular Androme'da tumanligi, Katta va Kichik Magellan bulutlaridir. 20m yulduzlargacha ravshanlikdagi obyektlar orasida 75 mln. ga yaqin galaktika borligi malum. Galaktikalarni belgilashja avval kaysi katalogdaligi, sung undagi tartib nomeri beriladi. Masalan, Messe katalogidagi 31- galaktika Androme'da tumanligidir Uni M31 deb belgilanadi. Shu galaktika Drayerning yangi umumiy katalogida (NGC) 224-urinda, yani NGC 224 deb belgilanadi. Galaktikalarning tuzilishi fakat fotografiyalar yordamida urganiladi. tashqi ko'rinishi bo'yicha galaktikalar spiral, elliptik va noto'g'ri bo'ladi. Galaktika nurlanishining markazga tomon kontsentratsiyalash darajasi hozirgi zamon klas-sifikatsiyasining asosini tashkil etadi. Gigant elliptik galaktikalarning markaziga yaqin atro-fi yorkin bo'lib, noto'g'ri galaktikalarning bunday kontsentratsiya deyarli sezilmaydi. Endi galaktikalarning asosiy sinflari bilan tani-shamiz. Xabbl galaktikalarni sinflarga ajra-tib, klassifkatsiyalagan edi. Elliptik galaktika (Ye) ellipsoid shaklida bo'lib, kurinma ravshanligi chetidan markaziga tomon tekis ortib boradi, ammo ichki tuzilishi kurinmaydi. qo'shimcha xarakteristikasi sifatida ku-rinma ellipsning bosikligi kullani-ladi. Yumalok galaktika YeO, chuzik elliptik ga-laktikalar Ye9, Ye8 va x.k. bo'ladi. Spiral Galaktikalar kuzatiladigan galaktikalarning deyarli yarmini tashkil etadi. Ularni kirrasidan karalsa, bosiklik darajasi katta bo'lgan ellipsning markaziy qismlarida yo'g'onlashgan shaklni ko'rish mumkin. Bazan bu ellipsning katta uki buylab yorug'likni yutuvchi materiya sababli hosil bo'lgan kora chiziq kurinadi. Xabbl spiral galaktikalarni ular yadrolarining nisbiy ulchamlariga va spiral galaktikalarni ular yadrolarining nisbiy ulchamlariga va spiral shoxobchalarining taraqqiy etganligiga ko'ra uch turga ajratadi. Bunda u galaktika spiral shoxobchalarining taraqqiy etganlik darajasi kancha kuchli bulsa, yadroning nisbiy o'lchami shuncha katta bo'lishligi qonunidan foydalandi. Katta yadroli, ammo spiral shoxobchalari yaxshi taraqqiy yetmagan galaktikalar Sa bilan belgilanadi. Sb galaktikalarda yadro kichikrok bo'lib, spirallarini osonlik bilan ajratib ko'rish mumkin . Sc galaktikalarning spirallari shunday taraqqiy etganki, galaktikaning spiral tuzilishi emirilayotgandek kurinadi. Kirrasidan karaganda esa katta bosiklikkak ega ekanligi kurinadi. Bazi spiral galaktikalarda shoxobchalar yadro tashqarisidan boshlanib, ularning bosh-langich nuqtalarini birlashtiruvchi va yadrodan utuvchi kuprikchasi bo'ladi. Yadro kuprikchaning o'rtasida joylashgan. Ularni kuprikchali spiral galaktikalar deyiladi va SB bilan belgilanadi. Noto'g'ri galaktikalar (I) da simmetriya markaziga zichlanish bulmaydi. Ular ancha xira bo'lib, tarkibida neytral vodorodning kupligi bilan xam ajralib turadi. Pekulyar galaktikalarga yuqoridagi sinf-larning birortasiga to'g'ri kelmaydigan galak-tikalar kiradi. Galaktikalarning bunday klassifikatsiya-sini 1957 yil Morgan yanada anikrok xolga keltirgan. Unda galaktikaning bazi xususiyat-lari xam hisobga olingan. Galaktiklarda kushalok va karralik buli-shiga moyillik sezilarli darajada kuchli. Bizga eng yaqin galaktiklar - Katta va Kichik Magellan Bulutlari Galaktik bilan birgalikda o'zaro ta'sir qiluvchi uchlikni tashkil etadi. Androme'da ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.95 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.95 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga