O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi Vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika- matematika fakulteti Umumiy -fizika kafedrasi Fizika- astronomiya ta'lim yo'nalishi 4- kurs talabasi Umarova Dilobarning Mavzu: Hozirgi zamon astrofizik observatoriyalar Ilmiy rahbar: k. o'q. Sh. Toshpo'latova NAVOIY-20xx yil Mundarija: I. Kirish. I.1 Kasb-hunar kollejlarida mustaqil ta'limni tashkil etishga quyilgan talablar…… I.2 Ilmiy-texnik taraqqiyotda astrofizikaning roli.…… II.Asosiy qism II.1 Asosiy astrofizik tushunchalar…… II.2 Hozirgi zamon astrofizik observatoriyalari……. II.3 Observatoriyalarda teleskoplarning asosiy ko'rsatgichlar aniqlash usullari II. Xulosa……. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI K I R I SH Mamlakatimizda huquqiy -demokratik davlat qurish pallasida yoshlarimizda hurfikrlilik, inson faoliyatini tadbirkorlik, innovatsion, kasbiy va boshqa yo'nalishlarda bilimni rivojlantirish va takomillashtirish zaruriyati jamiyatning oliy qadriyati sifatida dolzarb muammoga aylanmoqda. Biz uchun mustaqillik- eng avvalo, o'z taqdirimizni qo'limizga olish, o'zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarni tiklash, mu'tabar shu zaminda, tinchlik- osoyishtalikni, barqarorlikni saqlashdir. 2011 yilni prezidentimiz I.A.Karmov tomonidan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili deya e'tirof etilishi ham iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohatlar yana bir marotaba yoshlarimizda kasbiy va boshqa yo'nalishlarda bilimini rivojlantirish va takomillashtirish zaruriyatini shakllantirish zarurligini isbotlaydi. Kurs ishining ilmiy yangiligi : -Astranomiya darslarida o'quvchilarining kasbiy tayyorgarligini ta'minlashga imkon beradigan va zamonaviy talablar asosida shakllanishi zarur bo'lgan mustaqil ishlarni tashkil etish ko'nikmalariga qo'yilgan talablar asosida ma'ruza olib borish mumkin; -talabalarga hozirgi zamon astrofizik observatoriyalar va ularni ko'rsatmalarini mustaqil o'qitish metodikasi shakllanganlik darajasini aniqlash mezoni yaratildi. Asosiy astrofizik tushunchalar Astrofizik tekshirishlarda atom tuzilishi nazariyasiga, kvant fizikasi g'oyalariga tayaniladi. Osmon yoritqichidan kelayotgan nurlanish oqimi fotometrik o'chash asboblari yordamida o'lchanadi, spektrga yoyiladi va unda intensivlikni taqsimlanishi o'lchanadi va tekshiriladi. Bunday o'lchashlar osmon yoritqichidan kelayotgan fotonlarni sanash darajasida aniqlik bilan amalga oshiriladi. Astrofizikani rivojlanishida kvant fizikasi fani bo'yicha erishilgan yutuqlar muhim rol o'ynadi. Osmon yoritqichidan kelayotgan nurlanish oqimini o'lchash va tahlil qilishda, unga, uni hosil qilayotgan atom protsesslari nuqtai nazarida yondoshmoq kerak, ya'ni nurlanishni hosil bo'lishi va tarqalishini kvant fizikasi nuqtai nazarida tushuntirmoq lozimdir. Nurlanishni hosil bo'lish mexanizmlarini atom fizikasi nuqtai nazaridan bilmasdan turib uni hosil qilgan manbaning (osmon yoritqichining) fizik xususiyalarini tekshirib bo'lmaydi. Quyida biz astrofizikada ko'p qo'llaniladigan fotometrik va atom fizikasi tushunchalariga to'xtalamiz. Osmon yoritqichlari turli tuman. Ularning ko'pchiligini yulduzlar tashkil etadi, ular nuqtasimon (nihoyatda kichik ko'rinishga yoki burchakiy kattalikka ega) nurlanish manbalaridir. Fizik laboratoriya sharoitida bunday kichik manbalar ko'rilmaydi. YUlduzlarning yorug'ligini, to'g'rirog'i ularning yaltiroqligini, o'lchashda maxsus yorug'lik birligi, yulduziy kattalik qabul qilingan. Ingliz tilida «stellar magnitude» ya'ni, yulduziy magnituda yoki yulduziy miqdor yoki yulduziy ball ma'nosida qo'llaniladigan bu tushuncha o'zbek tilidagi astronomik adabiyotda yulduz kattaligi deb kiritilgan va u o'quvchilarda ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
187.78 KB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
187.78 KB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: docx