Kalendarlar - rasmi

Material tavsifi

Kalendarlar. Kalendarlar Quyosh, Oy va Oy - Quyosh kalendarlari bo'ladi. Bu kalendarlarining asosida quyidagi davrlar yotadi: 1. Tropik yil davomiyligi 365kun5h48m46s=365, 2422 o'rtacha Quyosh sutkasi. 2. Sinodik Oy davomiyligi 29kun12h44m3s=29, 53059 o'rtacha Quyosh sutkasi. Har qanday kalendarda Oy va yil davomiyligi butun son sutkalarga teng bo'lishi kerak. Quyosh va Oy yoki Oy - Quyosh kalendarlarini yuqoridagi davrlar bilan muvofiqlashtirish natijasida ma'lum yillarda yoki Oylarda qo'shimcha sutka ortiq bo'lishi yoki kam bo'lishi mumkin. Buning natijasida turli tuman kalendarlar vujudga kelgan. yo'lian kalendari miloddan oldin 46 yilda ishlab chiqilgan bo'lib, unda har to'rt yilning uch yili 365 sutkadan iborat bo'lib, to'rtinchi yili 366 kun deb hisoblanadi. Bu kalendarda o'rta hisobda yilning davomiyligi 365, 25 o'rtacha Quyosh sutkasiga teng bo'lib, bu tropik yil davomiyligidan 0, 0078 sutkaga ortiq. Bu kalendarda 365 kunlik yillar oddiy, 366 sutkalik yillar esa qabisa yillari deyiladi. Qabisa yillarida fevral 29 sutkadan iboratdir. yo'lian kalendarida nomerlari 4 - ga bo'linadigan hamma yillar qabisa yillardir. yo'lian kalendari bo'yicha yil hisobi 128 yilda tropik yil dovomiyligidan taxminan 1 sutkaga farq qilib, 400 yilda farq 3 sutkaga yetadi. Masalan bahorgi tengkunlik kuni yo'lian kalendari bo'yicha har 400 yilda 3 sutka oldin keladi. 16 asrga kelib yo'lian kalendari bo'yicha kun sanasi tropik yil davomiyligidan 11 sutkaga farq qiladi. Grigorian kalendari 1582 yili kiritilgan bo'lib, bu kalendarida ham har to'rt yilning uchtasi 365 sutkadan, to'rtinchi qabisa yili esa 366 sutkadan iboratdir. yo'lian kalendaridan farqli ravishda Grigorian kalendarida yuz yilliklardan yuzlar soni 4 - ga qoldiqsiz bo'linmaydigan yillarni (1700, 1800, 1900, 2100 ya'ni 17, 18, 19, 21 yuzinchi yillarni) qabisa yillari deb hisoblamaslik kelishilgan bo'lib, har 400 yilda to'plangan 3 sutkalik farqga tuzatma kiritilgandir. Shuning uchun Grigorian kalendari bo'yicha 1582 yili (eski stil bo'yicha) 4 oktyabr kuni (yangi stil bo'yicha) 15 oktyabr deb hisoblangan. Grigorian kalendari Rossiyada 1918 yili kiritilgan. Bunda 1918 yili 1 fevral o'rniga 14 fevral deb hisoblash kiritilgan. Chunki 20 asrga kelib, yo'lian va Grigorian kalendarlari orasidagi farq 13 sutkaga tengdir. Mavzuga doir masalalar yechish: Uzoq vaqt davomini absolyut aniq hisoblovchi kalendar hosil qilish mumkinmi? Javob: Kalendar yili davomiyligini yoki Oy davomiyligini butun son sutkalar bilan ifodalab, tropik yil davomiyligi yoki sinodik Oy davomiyligi bilan aniq tenglashtirish mumkin bo'lmaganligi sababli, absolyut aniq kalendar hosil qilish mumkin emas. Nima uchun bahorgi tengkunlik kuni vaqt aniq 22 mart kuniga to'g'ri kelmaydi? Javob: Chunki kalendarlar yili davomiyligi tropik yil davomiyligidan farq qiladi. Yegipet kalendari bo'yicha yil davomiyligi 365 sutkaga tengdir. a) Bu kalendar xatosi qancha? ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.53 KB
Ko'rishlar soni 219 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.53 KB
Ko'rishlar soni 219 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga