Koinot jismlarining kosmologiyasi. Reja : Kosmogoniya - osmon jismlarining paydo bo'lishi va evolyutsiyasi haqidagi fan. Kosmogonik muammolar. F.Xoyl, A.Kameron, E.Shatsman gipotezasiga ko'ra Kuyosh sistemasi aylanib kisiluvchi protosayyora bulutidan paydo bo'lgan. Laplas bunday bulutdan sayyoralar sistemasining paydo bo'lishini saf mexanika usulida tekshirgan edi. F.Xoyl va boshqalar Kuyoshning magnit maydoni va korpuskulyar nurlanishning ta'sir effekitini xam hisoblay olganlar, bu esa Kuyosh va sayyoralar orasida harakat miqdori momentining takisim-lanishini tushuntirish imkonini berdi. O.Yu.Shmidt va X.Alfven esa Kuyosh protosayyora bulutini yulduzlararo fazodan kamrab olgan va u Kuyosh atrofida aylanishi natijasida sayyora paydo bo'lgan deb tushuntiradilar. Agar protosayyora buluti dastlab fakat kaynok gazlardangina borat deb olsak, qattiq changlar gazlarning sovishi jarayonida hosil bo'ladi. Avval silikat va temir kabi eng kam uchuvchi moddalar kondensatsiyalanadi. Proto-sayyora bulutining ichki kismini Kuyosh kizdirib turadi. Bu kismda uchmaydigan changlar hosil bo'lgan, sovuk tashqi kismda esa uchuvchi moddalar xam kondensatsiyalangan. tashqi zonaning sovuk bo'lishiga sabab bir jihatdan bulutning noshaffofligidir. Agar protosayyora buluti dastlab sovuk holatda bo'lib, changlar asosan uchuvchan moddalardan tashkil topgan bulsa, bulutning tashqi tomonida ular saqlanib kolib, ichki tomonida Kuyosh nurlari ta'siri sababli buglanib uchib ketgan va fakat ogir moddalardan tashkil topgan bulut va jismlar kolgan. O.Yu.Shmidtning fikricha, birorta protosayyora bulutining chang komponentasidan taxminan 1 mln. Yil davomida kattaligi bir necha 100 km li jismlar paydo bo'lgan. Keyingi yuz million yilda bu jismlardan sayyoralar hosil bo'lgan. Eng katta sayyoralar Yupiter va Saturin akkumulyatsiya bosqichida xatto gazlarni xam kamrab olgan. Bulut moddalarining kuyuklanish jarayo-nini turlicha tushuntiriladi. Masalan, changlar-ning yo'pka diskka yigilib, uning turli nuqta-larida kuyuklashishi; changlarning bir-biriga yopishishi va boshqalar. Sayyoralarning akkumu-lyatsiya jarayoni yordamida ularning Kuyoshdan uzoqlik qonuniyatlarini, o'z uki va Kuyosh atrofida bir tomonga aylanishini tekshirish mumkin. Protosayyora bulutining bazi kuyuklashgan bo'lak-larining tuknashishi natijasida yuldoshlar paydo bo'lishi tushuntiriladi. Oyning paydo bo'lishi haqida boshqa gipo-tezalar xam mavjud J.Davrin gipotezasiga ko'ra Oy Yerdan ajralib chikkan. boshqa bir gipotezaga ko'ra Yer orbitasi yaqinida chang kuyuklanishidan shuni kursatadiki, Yer shari 200 million yilda hozirgi kattaligiga erishgan, markazida tempera-turasi 100 K, sirtki kismi sovuk bo'lgan. Keyin-chalik radioaktiv elementlarning issiqlik ajra-tishi hisobiga ichki kismi kizib suyuk holatga kelgan. Buni hozirgi zamon geoximiya ma'lumot-lari xam tasdiklaydi. Diffuz muhit galaktikaning magnit maydoni ta'sirid uning spiral shoxobchalarida bo'ladi. Bundagi kuchsiz magnit maydoni yulduz-larni tutib tura olmaydi, shuing uchun xa kari yulduzlar spiral shoxobchalarga deyarli bog'liq bulmaydi. Yosh yulduzlar kupincha katta-katta tudalarni tashkil etadi. Tudalarda kengayuvchi gaz va chang ko'p uchraydi. Gaz va chang bilan tuldi-rilgan biron-bir chekli fazoda diffuz muhit massasi malum kritik miqdordan ortib ketsa, tortishish kuchi ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.34 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.34 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: docx