Kometalar - rasmi

Material tavsifi

Kometalar. Asosiy iboralar: Kometa, bosh, dum, nurlanish, Quyosh sistemasi, davr, Kepler qonunlari. Yorqin kometalar yorqin yadro va uni o'rab olingan nisbatan xira qismi, tuman shaklidagi muhitdan tashkil topgan bo'ladi. Ko'pchilik kometalarda tuman holatidagi muhit qismiga nisbatan qarama - qarshi tomonga cho'zilib ketadi, shuning uchun bu qismiga kometaning dumi deyiladi. Kuchsiz va juda kuchsiz (teleskopli) kometalarning dumi bo'lmaydi. Kometalar Quyosh yaqinida Kepler qonunlariga asosan harakat qiladi. Juda kam kometalar Quyosh atrofida Ellips shaklidagi orbitlar bo'yicha harakat qilsa (davriy kometalar) ko'pchiligi esa parobola shaklidagi (cho'zilgan ellips shaklidagi) orbita bo'yicha harakat qiladi. Kometa massasining asosiy qismi yadrosida joylashgan bo'lib u qattiq jismdan iboratdir. Kometa yadrosi Quyosh nurlarini qaytaradi. Kometalarning boshi va dumi juda siyraklashgan va ba'zi hollarda mayda changlardan tashkil topgan bo'ladi. Quyosh nurlarini ta'siri ostida bu gaz va changlar ham fluoressent nurlanishi yoki Gesler trubkasida gazlarning nurlanishini eslatuvchi hodisa asosida nurlanadi va bu nurlanish oddiy nur qaytarish hodisasi emas. Agar kometalar, qaytarilgan nurlarda bir butun yarqillaganda edi, ularning yarqillashi Quyoshgacha bo'lgan masofaning kvadratiga tskari proporsional ravishda o'zgarar edi, lekin yarqillash nisbatan tezroq o'zgaradi. Tajriba ko'rsatadi-ki yarqillash Quyoshgacha bo'lgan masofaning to'rtinchi darajasiga teskari proporsional ravishda o'zgaradi. Kometaning Quyosh tomonidan isitilish bilan uning boshi va dumiga gaz yadrosidan hosil bo'lib qo'shiladi. Quyosh nurlanishining kometa dumiga beradigan bosimi, uni Quyosh tomonidan tortilish kuchidan kattadir, shuning uchun dum Quyoshga nisbatan qarama-qarshi tomonga cho'zilgan bo'ladi. Kometalar yadrosining xarakteristikalari to'g'risida holigacha to'liq isxonarli ma'lumotlar mavjud emasdir. Yadro asteroidlarga (kichik yulduzlar) o'xshagan jismlar bo'lishi ehtimodan holi emas. Bu holda yadroning o'lchami bir necha yuz metrdan bir necha kilometrgacha bo'lib masasi Quyoshning massasini 10-11÷ 10-12 hisasiga teng bo'lishi mumkin. Mavzuga doir masalalar yechish: Kuzatishlarda dumsiz kometalarni odatdagi tumanliklardan qanday farqlash mumkin. Javob: Dumsiz kometalarni bir necha soat yoki minutlar davomidagi harakatiga (osmon sferasidagi ko'chishga ko'ra) ko'ra tumanliklardan farqlash mumkindir. Qadim zamonlardagi tsavvurlarga ko'ra kometalar Yer atmosferasiga kiradi, qanday kuzatish natijalariga asosan bunday tasavvurlar noto'g'ri ekanligini ko'rsatish mumkin. Javob: Kometalarni paraklaksini o'lchash asosida ularga bo'lgan maosfani aniqlab yoki kometalar osmon sferasining sutkali harakatiga qatnashmayotganligidan, ular atmosferadan tashqarida ekanligini ko'rasatish mumkin. Enke kometasining orbitasining katta yarim o'qi 2,22 astronomik birlikga teng bo'lib, ekstrensiteti 0,847 ga tengdir. Bu k'ometaning orbitasini chizib, perigeliy va ofeliy nuqtalardan o'tayotganidagi Quyoshdan masofasini toping. Berilgan: A= 2,22 astr. birlik AQ= ? PQ= ? yechish: Ellips uchun OP=OA=a- orbitaning katta yarim o'qi (0-ellips markazi),ye=OQOA -ekssentrisitet. Kometaning Quyoshdan eng kichik masofasi Qp=a(1-ye)=2,22(1-0,847)=0,34 astr. birlik, eng katta masofasi QA=a(1+ye)=2,22(1+0,847)=4,1 astr. birlik. 1866 I kometa o'zining orbitasini Afeliyda bo'ganida undan Quyoshgacha bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.52 KB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.52 KB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga