Kosmik astrofizik tekshirish asboblari. Kosmik astrofizik tekshirishlarning xususiyatlari. Kosmik nurlar astrofizikasi. Ul'trabinafsha astronomiya. Rentgen va gamma astronomiya. 1. Kosmik astrofizik tekshirishlarning xususmyatlari. Osmon yoritqichlari nurlanishining ko'p qismi Yer yuziga etib kelmaydi. Bular qisqa to'lqinli gamma (0,01 nm), rentgen (0,0110 nm), ulütrabinafsha (u eng chetki UB - 1040, uzoq UB - 40200, yaqin UB - 295395 nm larga bo'linadi) nurlanishning 295 nm lari va uzun to'lqinli infraqizil IQ (u yaqin IQ - 0.75 mkm dan bir mkm gacha, o'rta IQ - 4 mkm dan 10 mkm gacha, uzoq IQ - 10 mkm dan 100 mkm gacha) nurlarning 10 mkm100 mkm. Bu nurlarda tekshirishlar bajarish uchun o'lchash asbobini Yer atmosferasidan tashqariga olib chiqish kerak bo'ladi. Bu ishni samolyotlar va aerostatlar (), baland uchar geofizik raketalar (), Yerning suniiy yo'ldoshlar (ESY, dan baland) va avtomatik kosmik stansiyalar (AKS) bajaradi. Osmon yoritqichlari spektrining bu diapazonlarida maxsus teleskoplar va nurlanish priemniklari qo'llaniladi. Osmon yoritqichlarining rentgen va gamma nurlarini kosmik nurlar deb ataluvchi yuqori enYergiyali (1020 eV gacha) zaryadlangan zarralar (atom yadrolari) ummonida qayd qilishga to'g'ri qiladi. Kosmik nurlar energiyasi bo'yicha rentgen va gamma kvantlar ketma-ketligining yuqori energiyali chegarasidan boshlanadi. 2. Kosmik nurlar astrofizikasi. O'tgan asr boshlarida, boshqa elektrik manbalari ta'siridan butunlay himoyalangan elektroskopning elektrsizlanishiga e'tibor qaratilgan edi. Demak, qoplamlar orasidagi gaz (havo) tashqaridan kirayotgan nurlanish ta'sirida mudom ionlantirilib turiladi. Bir necha vaqt bu ionlantiruvchi nurlanish Yer po'stlog'idagi radioaktiv parchalanish natijasida hosil bo'layotgan gamma nurlar bo'lsa kerak deb faraz qilindi. 1912 yil 7 avgustda avstriyalik fizik olim Viktor Gess (1883-1964) uchta elektroskop ortilgan havo sharida balanlikkacha ko'tarildi va elektroskoplada zaryad miqdorini o'lchab bordi. Gess Yer yuzidan ko'tarilgan sari elektroskoplarning elektrsizlanishi kuchayib borishini, demak, elektroskoplar atrofidagi gazning ionlanishi ancha kuchayishini aniqladi. SHunday qilib, kosmik fazodan, Yerga, elektroskop qoplamlari orasidagi gazni ionlantiradigan nurlanish kelayotgani kashf etildi. Bu kashfiyoti uchun V.Gessga 1936 yilda Nobel mukofoti berildi. Bu kosmik nurlanish turli xil kimyoviy elementlarning yadrolari oqim ekanini bilamiz. Agar atmosfera bo'lmaganda Yer yuzining yuzasiga bir sekundda 100 ta bunday o'ta yuqori energiyali zaryadlangan zarra tushgan bo'lar edi. Bu zarralar atmosfera gazi atomlarini ionlantiradi natijada ikkilamchi kosmik nurlar (kamroq energiyadagi zaryadlangan zarralar) hosil bo'ladi. Elektroskopni elektrsizlantirgan kosmik nurlanish ana shu ikkilamchi zarralar bo'lib chiqdi. Agar kosmik fazodan Yer atmosferasining yuqori qatlamlariga kirayotgan birlamchi kosmik nurlar energiyasi 1018 - 1020 eV bo'lsa, u holda Yer yuziga tushashayotgan ikkilamchi kosmik zarralar soni bir necha mld ga yetadi. Haqiqatdan, osmon yoritqichlarining gamma va rentgen nurlarini qayd qilish ummonda dur izlash bilan barobar. 2.16-rasm. Geyger-Myuller ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.05 KB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.05 KB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:03 ]
Arxiv ichida: doc