Kosmonavtika va uning boshqa fanlar bilan aloqasi. Uchish paytida kosmik apparatga (KA) ta'sir etuvchi kuchlar. Ta'sir sferasi va KA traektoriyalarini hisoblash Reja: Kosmonavtika va uning boshqa fanlar bilan aloqasi. Uchish paytida kosmik apparatga (KA) ta'sir etuvchi kuchlar. Vaznsizlik. Tortishishning markaziy maydonida jismning harakati. Kosmonavtika - kosmos va grekcha nautika - kema boshqarish san'ati degan ma'nolarni anglatuvchi so'zlardan tashkil topgan. U raketa va kosmik apparatlardan foydalanib, insoniyatning ehtiyoji uchun kosmik fazo va Yerdan tashqi samo obyektlarini o'rganish va o'zlashtirishga qaratilgan, asosida kosmik uchishlar nazariyasi va raketa texnikasi haqidagi bilimlar yotgan fan va texnika bo'limlarining uyushmasidir. Kosmonavtika barcha tabiiy fanlar: astronomiya, fizika, kimyo, biologiya va matematika bilan uzviy bog'langan Uchish paytida KA ga ta'sir etadigan eng muhim tabiat kuchlaridan biri - butun olam tortishish (B.O.T) kuchidir. Moddiy jismlar orasidagi tortishish kuchi Nyuton tomonidan kashf etilgan bo'lib, u B.O.T. qonuniga bo'ysunadi: KA ning harakati paytida unga ta'sir etadigan boshqa bir kuch atmosferaning qarshilik kuchidir. Uchish qancha kichik balandliklarda ro'y bersa, bu kuch shuncha katta bo'ladi,chunki balandlik kamaygan sari atmosfera zichligi shuncha ortadi. Bunday kuch aerodinamik kuch deb aytiladi. Atmosferaning yuqori qatlamida zichlik juda kam bo'lib, KA uchishiga deyarli ta'sir etmaydi va shuning uchun ham bunday hollarda u e'tiborga olinmaydi. Planetalararo bo'shliqqa uchayotgan KAga sezilarli ta'sir etayotgan yana bir kuch bo'lib, u Quyosh nurlanishlarining bosim kuchidir. Agar KA ning massasi uncha katta bo'lmay, sirti sezilarli darajada katta bo'lsa, u holda Quyosh nurlarining bosim kuchi, uzoq uchishlarda etarlicha katta bo'lib, KA ning harakat trayektoriyasiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Shunday hollarda uni albatta hisobga olish zarur bo'ladi. Kosmik fazoda KA ga kuchsiz bo'lsa-da, boshqa bir kuchlar ya'ni elektr va magnit kuchlari deyilib, ular KA ning to'g'ri chiziqli harakatiga emas, balki og'irlik markazi atrofidagi aylanma harakatigagina ta'sir etadi. Vaznsizlik. Faraz qilaylik kosmik fazoda uchayotgan KA ma'lum paytdan boshlab (u zaruriy tezlikka erishgach) erkin ilgarilanma harakati ta'minlansin. Bunday harakatda jismning barcha nuqtalari bir xil tezlik bilan harakatlanishini tushunish qiyin emas. Bunda kosmik kema turli-alohida qismlardan tashkil topgan va unga faqat osmon jismlarining tortishish kuchi ta'sir etadi deb qaralsa,uning barcha qismlari tezligi bir xilligicha qoladi,bordi-yu o'zgarganda ham hammasiniki bir xil o'zgaradi. Chunki gravitatsion tezlanish harakatlanayotgan jismning o'zining massasiga bog'liq bo'lmaydi: Bu yerda M - KA ning detallarini tortayotgan jismning massasi, r - KA detallarini tortayotgan (M) jismdan uzoqligi bo'lib, ularning barchasi uchun bir xil deb qarash mumkin. Bu hol, KA detallarining trayektoriyasi bir xil bo'lib, fazoda ular tarqab ketmasligini bildiradi. Binobarin, KA ning alohida detallari orasida o'zaro bosim vujudga kelmaydi, ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
61.54 KB
Ko'rishlar soni
289 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
61.54 KB
Ko'rishlar soni
289 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:03 ]
Arxiv ichida: doc