Kvazarlar. Koinot tuzilishi va megagalaktika. Reja : 1. Koinotning kengayishi. 2. Xabbl qonuni. 3. Kosmogolik tamoyillar. Kuchli radio manbalarning bazilari optik kuzatishlar bilan taqqoslangandagina galaktika emas, balki xira yulduzga to'g'ri kelgan. Ularning spektrlarida spektral chiziqlarning kizilga siljishi juda katta, xatto 109 yo. y. uzoqlikka mos keladigan siljish kuzatilgan. 1963 yilda kafsh qilingan bu obyektlarga, kvazarlar, yani yulduzga o'xshash obyektlar deb nom berilgan. Ularning qarama-qarshi fikrlar mavjud. Bazi olimlarning fikricha, hozircha bizga malum eng uzoqdagi jismlar kvazarlardir. boshqalarning fikricha, kvazarlar Galakti-kamizdagi obyektlardan iborat. Eng yorug kvazar 13- yulduz kattalikda (3s-273), ammo absolyut ravshanligi bo'yicha, birinchi faraziyaga ko'ra gigant galaktikalardan yuzlab marta ravshanrok. Spek-trida oltita emission chiziq bor. Ular Balmer seriyasidagi vodorod chiziqlarining kizilga siljishi 0,16 bo'lganiga taqqoslangan. Kizilga siljishning bunday qiymati ravshanligi 17m yoki undan xam xira galaktikaga to'g'ri keladi. 1970 yilga kelib kizilga siljishi 2,877 ga teng bo'lgan kvazarlar malum buldi. Kvazarlarning ravshanligi uzgarib turadi. o'zgarish davri bir xaftadan bir necha yilgacha. Demak, ularning diametri bir yorug'lik xaftadan bir necha yorug'lik yiligacha teng bo'lishi mumkin. Radionurlanishi bo'yicha aniqlangan barcha kvazarlar oddiy xira yulduzlarga nisbatan kattarok binafsha rang ortigiga (SYe) ega. Ularni kidirishda shu xususiyatlaridan foydaliniladi. m= 18m dan yorug bo'lgan kvazarlar o'rta hisobda osmonning xar 0,4 kvadrat gradusiga bittadan to'g'ri keladi. Butun osmonda 1-10 ming kvazar bo'lishi mumkin deb taxmin kilinadi. Agar ultrabinafsha rang ortigiga ega bo'lmagan kvazarlar xam mavjud bulsa, ularning soni yanada ko'p bo'ladi. Kavzarlarning radionurlanish xususyaitlari radiogalaktikalarning nurlanishiga o'xshash. Xususan, kupchilik kavzarlar radiogalaktika-lardagi kabi kushaloklikni kursatadi, nurlanish energiyasining katta kismi infrakizil diapa-zonga to'g'ri keladi. Kvazar 3s - 273 infrakizil nurida vizual va ultrabinafsha nurlanishga karaganda 10-100 barobar ko'p energiya sochadi. Shuningdek, bu kvazarlar rentgen nurlanish manbai xamdir. Kvazar spektrida kuzatiladigan kizilga siljishning kattaligi masalasi hozircha uzil kesil xal qilingan emas. Ularning spektrlarida galaktikalararo neytral vodorod tomonidan yutilish sababli hosil buladigan chiziqlar yuk. Bu esa o'z navbatida kvazarlarni yanada sirlirok xolga keltiradi. Osmon sferasida kvazarlar tekis taksimlanganday kurinsa xam, aslida fazoda ular notekis tarkalgan. Kvazarlarning yoshi 106 - 108 atrofida deyish xakikatga ancha yaqin bo'lgani sababli, bu muddatni ularning paydo bo'lish tezligi bilan taqqoslash mumkin. Markazida xira, ammo kaynok, spektri Volf-Raye yoki 0 sinfiga taalukli yulduz bo'lib, uning atrofini gardish singari urab olgan tumanliklarni planetar tumanliklar deyiladi. Planetar tumanlik spektrlari diffuz tumanlik spektridan deyarli farq kilmaydi. Ularda xira spektral fonda yorug nebulyar chiziqlar ajralib turadi. Planetar tumanliklardan 600 tachasi topilgan. Ularning kupchiligi galaktik tekislikka yaqin joylashgan. Yangi yulduzlar kabi Galaktika markaziga tomon kontsentratsiyalanishi kuchli, xatto Galaktika yadrosi tarkibiga ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.51 KB
Ko'rishlar soni
224 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:03
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.51 KB
Ko'rishlar soni
224 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:03 ]
Arxiv ichida: docx