Merkuriy, Venera, Yer, Mars planetalari va Oy, Fobos, Deymos yo'ldoshlari haqida

Merkuriy, Venera, Yer, Mars planetalari va Oy, Fobos, Deymos yo'ldoshlari haqida

O'quvchilarga / Astronomiya
Merkuriy, Venera, Yer, Mars planetalari va Oy, Fobos, Deymos yo'ldoshlari haqida - rasmi

Material tavsifi

Merkuriy, Venera, Yer, Mars planetalari va Oy, Fobos, Deymos yo'ldoshlari haqida umumiy ma'lmot. Reja: Merkuriy va Venera planetalari Yer va uning tabiiy yo'ldoshi Oy haqida Mars planetasi va uning Fobos, Deymos yo'ldoshlari. O'quvchilar bilishi kerak: Yer tipidagi planetalar va ular uchun umumiy bo'lgan xususiyatlar. Merkuriy, Venera, Yer, Mars planetalari va ularning tabiiy yo'doshlari Oy, Fobos, Deymoslar haqida umumiy ma'lmot. Mavzuning bayoni: Yer gruppasidagi planetalar-Merkuriy, Venera, Yer va Mars bo'lib gigant planetalardan o'zlarining o'lchamlari, massasining kamligi, zichligining kattaligi, o'z o'qi atrofida sekin aylanishi, atmosferasining ancha siyrakligi, yo'ldoshlarining bo'lmasligi yoki kam bo'lishi bilan farqlanadi. Hozirgi vaqtda bu gruppadagi planetalarning tekshirish kompleks xarakterga ega bo'lib, u faqat astronomlarnigina emas, shuningdek boshqa sohadagi mo'taxassislar, geologlar, biofiziklar, topograflar, radioinjenerlar va boshqalarning diqqatini jalb etmoqda. Planetalarni o'rganishda ular Yerdagi sharoitda yaxshilab tajribadan o'tqazilgan va planetalar sirtining va atmosferasining to'zilishi haqida ishonchli ma'lumotlar olish imkonini beradigan metodlardan foydalanadilar. Merkuriy planetasi. To'qqizta planeta ichida Quyoshga eng yaqini Merkuriy bo'lib qadimda uni arablar Utorud deb atashgan. (30-rasm) Utorudning orbitasi boshqa planetalarnikidan farq qilib cho'zinchoq ellips shakldadir. Shuning uchun ham bu planetaning quyoshdan uzoqligi 0,31 dan to 0,47 astronomik birlikkacha o'zgarib turadi. Planetaning quyoshdan o'rtacha uzoqligi 58 million kilometrni tashkil qiladi. Merkuriyning diametri 4880 kilometr bo'lib, uning sirtida tortish kuchi Yernikidan 2,6 marta kam. Boshqacha aytganda, og'irligi Yerda 80 kilogramm bo'lgan odam Merkuriyda atigi 30 kilogramm chiqadi. Merkuriy o'z orbitasi bo'ylab sekundiga o'rtacha 48 kilometr tezlik bilan harakatlanib, Quyosh atrofini 88 kunda to'la aylanib chiqadi. Merkuriy sirtining kunduzgi o'rtacha temperaturasi +345 gradusgacha ko'tarilgani holda, kechasi -180 gradusgacha pasayadi. Biroq shuni aytish kerakki, planeta sirtining mayday tuprog'i issiqlikni yomon o'tkazganligi tufayli bir necha o'n santimetr chuqurlikdagi temperature sirt temperaturasidan keskin farq qilib, +70…+90ºC ni tashkil qiladi. Bu nazariy ma'lumot keyinchalik radioastranomik kuzatishlar asosida to'la tasdiqlandi. Merkuriy sirtini yaqindan ko'rish planetalararo avtomatik stansiya Mariner-10 ga nasib qilgan ekan, 1973-yilning oxirlarida planeta tomon yo'lga chiqgan bu stansiya 1974-yilning 21-sentabrida Merkuriydan 47 ming 981 kilometrlik masofadan o'tayotib, planeta sirtining 500 ga yaqin sifatli rasmini oldi. Bu rasmlar planeta planeta yuz tuzilishi jihatidan Oyga juda o'xshashligini ko'rsatdi.oy sirtidagi kabi Merkuriy yuzasi ham meteroitlar zarbidan momotaloq bo'lib turli kattaliklardagi kraterlar bilan qoplangan. 30-rasm Qizig'i shundaki, garchi kraterlar unda ko'pchilikni tashkil qilsada, chuquliklariga ko'ra Oydagi kraterlardan qolishadi. Biroq kuzatilgan planeta kraterlari ularni o'rovchi tepalik - marzalar va markaziy tog'chalariga ko'ra, Oy kraterlarini eslatadi. Planeta yuzidagi bu cho'rtlik uning hayotida o'ziga xos kundalik bo'lib, Merkuriy sirtining shakllanish tarixidan hikoya qiladi. Shuningdek, planeta kraterlarining ayrimlari Oydagi ba'zi kraterlar kabi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 310.44 KB
Ko'rishlar soni 251 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 310.44 KB
Ko'rishlar soni 251 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga