Meteorlar va Meteoritlar

Meteorlar va Meteoritlar

O'quvchilarga / Astronomiya
Meteorlar va Meteoritlar - rasmi

Material tavsifi

Meteorlar va Meteoritlar. Asosiy iboralar: meteor, meteorit, bolid, radiant. Yerdan ko'rinmaydigan kichik osmon jismlari va changlarga meteor jismlar deyiladi. Ko'pchilik kichik meteorlar Yer atmosferasiga katta tezlik bilan kirib o'zini va atmosferani qizitib yer sirtiga yetmasdan bug'lanib ketadi, bunday jismlarga uchar yulduzlar yoki meteorlar deyiladi. Kattaroq meteorlar yer atmosferasida yorqin olovli sharga o'xshab uchadi, ularga bolidlar deyiladi. Agar katta jism yerga tushsa, bunday jismlarga meteorit deyiladi. Agar bir kechada uchuvchi yulduzlarni trayektoriyasini yulduzlar kartasiga tushirib trayektoriyani teskari tomonga qarab davom bersak, ko'pchilik radiant deb ataluvchi nuqtada kesishadi. Shuning uchun, meteorlar dastasini radiant qaysi yulduzlar turkumida joylashgan bo'lsa, o'sha turkum oti bilan meteorlar dastasi deb ataydilar. Meteorlar dastasini radianti osmon sferasining sutkali harakatiga qatnashishi bu meteorlar yerdan tashqarida koinotda paydo bo'lganligidan darak beradi. Ma'lum radiantga taaluqli bo'lgan meteorlar ma'lum bir necha sutka yoki yilda bir necha ma'lum kunlarda kuzatiladi. Bundan meteorlarning yo'li, yer orbitasini ma'lum nuqtasida (Yer bu nuqtada har yili bir marotaba yilning o'sha kunida bo'ladi) ma'lum vaqtda kesishishi kelib chiqadi. Bunday meteorlar dastasi Quyosh yaqinida Kepler qonunlariga asosan harakat qiladi. Davriy ravishda Quyoshga qaytuvchi meteorlar oqimi Quyosh tomonidan hosil qiluvchi ko'tarilishlar natijasida orbita bo'ylab cho'zilib ketib oxir oqibat sochilib ketadi. Osmonda uchuvchi va radiantga taaluqli bo'lmagan meteorlarga sporadik meteorlar deyiladi. Meteorlar va bolidlarning poydo bo'lish va o'lish nuqtalarini balandligini quyidagicha aniqlash mumkin. Berilgan bitta meteorni A va V (meridianni ma'lum burchak ostida kesuvchi ma'lum uzunlikli bazis oxirgi nuqtalarida) nuqtalardan ko'ruvchi ikki kuzatuvchi yulduzlar kartasida, uni chizadi. Paralaks tufayli meteor yo'lini ayni bir nuqtasi A kuzatuvchiga h1, A1 koordinatalar ostida ko'rinsa, V kuzatuvchi uchun h2 va A2 koordinatalarda ko'rinadi Rasm.14. Meteorning balandligini aniqlash. Rasmda qandaydir masshtabda bazis AV va uning har ikki oxiridan meridianlarga (parallel hisoblanuvchi) yo'nalishlarni o'tkazamiz. A nuqtadan A1 azimutli, V nuqtadan esa A2- azimutli to'g'ri chiziqlarni ular S nuqtada kesishguncha o'tkazamiz. A va V nuqtalardan mos ravishda AS va VS chiziqlarga nisbatan h1va h2 burchaklar ostida AYe1 va AYe2 to'g'ri chiziqlarni o'tkazamiz. S nuqtadan SE2 vaSE1 perpendikulyar to'g'ri chiziqlarniular mos ravishda VE2 va AYe1 chiziqlar bilan Ye1 va Ye2 nuqtada kesishguncha o'tkazamiz. U holda SE1 vaSE2 parchalar meteor yo'lining olingan nuqtasining, Yer sirtidan balandligi bo'ladi. Agar kuzatishlar aniq bo'lsa, u holda SE1 = SE2 bo'ladi. Qarshi holda ularning o'rtachasini olish kerak. Mavzuga doir masalalar yechish: Leonid meteorlar oqimidan, meteorlarning radiantini to'g'ri chiqish 10soatga teng bo'lib, 14 noyabrda kuzatiladi. Ular kechqurun qaysi vaqtda kuzatiladi? yechish: α + t = 15soat ekanligini nazarga tutib, t =15soat- α =15soat- 10soat=5soat ekanligini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.46 KB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.46 KB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga