Optik teleskoplarning asosiy ko'rsatgichlari

Optik teleskoplarning asosiy ko'rsatgichlari

O'quvchilarga / Astronomiya
Optik teleskoplarning asosiy ko'rsatgichlari - rasmi

Material tavsifi

Optik teleskoplarning asosiy ko'rsatgichlari Teleskopning asosiy ko'rsatkichlari. Teleskopning fokal tekisligida tasvirning masshtabi. Teleskopning kuchaytirishi (optik quvvati). Teleskopning ajrata olish kuchi. Teleskopning fotografik optik quvvati. Astrofizik tekshirishlar osmon yoritqichlarining xususiyatlaridan chiqqan holda kuzatish asboblari yaratishni taqozo etadi. Osmon yoritkichlari har xil yorug'likka ega. Ularning yoritishi egallagan interval kengligi bir necha ming milliard birlikni tashkil etadi. Quyoshning ko'rinma yulduziy kattaligi m0= -26.8m bo'lsa, tim qorog'i tungi osmon bir yoy minuti kvadrat yuzasining yorug'ligi m0c=13m.50 (Quyosh yuzining oydinligi 1500 stilb va tim qorongi osmonniki 10-8 sb). Astrofizik tekshirishlarning rivojlanishi yana ham xira manbalarni kuzatishni taqozo etadi. Ko'pchilik yulduzlarning yorug'ligi deyarli o'zgarmaydi, o'zgarganda ham sekin o'zgaradi. Astrofizik tadqiqotlarda fizik laboratoriyadagi singari yorug'lik manbalari nurlanish quvvatini xohlagancha o'zgartib bo'lmaydi. Ular qanday yorug'lik sochsalar, shunday holda ularni qabul qilishga to'g'ri keladi. Biroq yulduzlar nurini yig'ish va yorug'roq yulduz tasviri hosil qilish mumkin. Buning uchun qo'yilgan masalalardan chiqqan holda nur yig'uvchi va tahlil qiluvchi asboblar yaratish kerak bo'ladi. Astrofizik tekshirishlarning rivojlanish tarixiga nazar tashlasak, tekshirish asboblari (teleskoplar, nurlanish priyomniklari) mukammallashib, kattalashib va sezgirlashib borayotgani natijasida yangi-yangi kashfiyotlar qilinayotganini ko'ramiz. Teleskop yasashda uni sifatli bo'lishi uchun maxsus shartlar qo'yiladi. Masalan, yulduz tasvirini olaylik. Yulduzlar nuqtaviy nurlanish manbalaridir. Teleskopning fokal tekisligida uning tasviri qancha kichik (ideal holda matematik nuqta shaklida bo'lishi kerak) bo'lsa, tasvir shuncha yorug' bo'ladi. Biroq eng sifatli teleskoplarda ham yulduz tasviri kichik gardishcha shaklida bo'ladi, uni yana ham kichraytirib bo'lmaydi. Buning obyektiv sabablari va o'tib bo'lmaydigan jihatlari bor. Teleskopning loyihasi chizilayotganda ana shu obyektiv sabablar va chegaralanishlar nazarda tutiladi. Yuqori sifatli teleskop yasashda qator qiyinchiliklar borki, ularni to'la echib bo'lmaydi. Quyida biz teleskopning asosiy ko'rsatgichlari, kamchiliklari va ularni kamaytirish yo'llari bilan tanishamiz. Teleskop yordamida mashaqqat bilan yig'ilayotgan nurlanish oqimini oqilona metodlar bilan o'lchash va tahlil qilish kerak bo'ladi. Buning uchun maxsus yasalgan nurlanish priyomniklari qo'llashga, kuchli kosmik shovqin ichidan bizga kerakli yulduzning kuchsiz ovozini ajratib olishga to'g'ri keladi. Bu jihatdan astrofizik tekshirishlar fizik laboratoriyada bajariladigan tadqiqotlardan keskin farq qiladi. Astrofizik tekshirish obyektlarining nurlanishi keng spektral diapazonni o'z ichiga olishi mumkin. obyekt to'g'risida to'la va aniq ma'lumotlar uning spektrini barcha qismlari (gamma nurlardan to radionurlanishgacha) ni tekshirishdan olinishi mumkin. Bunday tekshirishlar maxsus asboblar qo'llashni taqozo etadi. Keyingi boblarda biz astrofizik tekshirishlarda qo'llaniladigan yordamchi asboblar va nurlanish priyomniklari bilan tanishamiz. 1. Teleskopning asosiy ko'rsatkichlari. Teleskopni astronomik kuzatishlarda qo'llashdan maqsad osmon yoritqichidan kelayotgan keng paralel nur dastasini yig'ish va yuqori sifatli tasvir hosil qilishdir. Nur yig'uvchi sifatida qabariq linza yoki botiq ko'zgu qo'llanishi mumkin. Linzali teleskop refraktor, ko'zguli teleskop ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.99 KB
Ko'rishlar soni 213 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.99 KB
Ko'rishlar soni 213 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga