Osmon sferasining asosiy nuqta, chiziq va aylanalari. Ekliptika. Osmon koordinatalari. Reja: Osmon sferasining asosiy nuqta, chiziq va aylanalari. Quyoshning yillik ko'rinma harakati.Ekliptika. Osmon koordinatalari. Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi tufayli yulduzlar bizga go'yo osmon bo'ylab siljiyotganga o'xshaydi. Agar Yerning shimoliy yarim sharida gorizontning janubiy tomoniga qarab yulduzlarning sutkalik harakati kuzatilsa, u holda yulduzlarning gorizontning sharq tomonidan chiqishini, gorizontning janubiy tomoni ustida eng balandga ko'tarilishini va g'arbiy tomonda botishini, ya'ni ularning chapdan o'ngga qarab, soat strelkasi harakati bo'ylab siljishini payqash mumkin. Diqqat bilan kuzatganda Qutb yulduzining gorizontga nisbatan o'z vaziyatini deyarli o'zgartirmasligini sezish mumkin. Boshqa hamma yulduzlar esa Qutb yulduziga yaqin bo'lgan markaz atrofida bir sutka davomida to'la aylana chizadi. Bunga quyidagi tajriba orqali osongina ishonch hosil qilish mumkin. Obyektivi cheksizlikka to'g'rilangan fotoapparatni Qutb yulduziga qaratib, uni shu vaziyatda mahkamlab qo'yamiz. Yarim yoki bir soat davomida obyektiv zatvorini to'la ochiq qoldiramiz. Ana shunday yo'l bilan olingan fotosuratni ochiltiramiz, unda konsentrik yoylarni - yulduzlar qoldirgan izlarni ko'ramiz. Bu yoylarning umumiy markazini (bu nuqta yulduzlarning sutkalik aylanishida ko'zg'almay qoladi) shartli ravishda olamning shimoliy qutbi deyiladi. Qutb yulduzi shu markazga juda yaqin. Bunga diametral qarama-qarshi bo'lgan nuqta olamning janubiy qutbi deyiladi. Yerning shimoliy yarim sharidagi kuzatuvchi uchun bu qutb gorizontning ostida bo'ladi. 2-rasm 3-rasm Osmonning sutkalik aylanishi hodisasini matematik yasash - osmon sferasi, ya'ni radiusi ixtiyoriy olingan va markazi kuzatish nuqtasida joylashgan faraziy sfera yordamida o'rganish qulay. Bu sfera sirtiga hamma yoritkichlarning ko'rinma vaziyatlari tushiriladi va o'lchashlarni osonlashtirish maqsadida bir qancha nuqtalar va chiziqlar o'tqaziladi. Masalan, kuzatuvchidan o'tadigan tik chiziq ZCZ' osmonni zenit Z nuqtasida kesadi. Zenitga diametral qarama-qarshi joylashgan Z' nuqtani nadir deyiladi. Tik chiziq ZZ' ga perpendikulyar bo'lgan tekislik (NESW) gorizont tekisligi bo'lib, bu tekislik Yer shari sirtini kuzatuvchi to'rgan nuqtasiga urinma bo'ladi. gorizont tekisligi osmon sferasi sirtini ikkita: hamma nuqtalari gorizont ustida bo'lgan ko'rinadigan va nuqtalari gorizont ostida joylashgan ko'rinmaydigan yarim sferalarga bo'ladi. Olamning ikkala (R va R') qutblarini to'tashtiruvchi va kuzatuvchidan (S) o'tuvchi osmon sferasining ko'rinma aylanish o'qni olam o'qi (2-rasm) deyiladi. Olam o'qi istalgan kuzatuvchi uchun Yerning aylanish shimoliy qutbi ostidagi gorizontda shimol nuqtasi N bu nuqtaga diametral qarama-qarshi bo'lgan nuqtada janub nuqtasi S joylashadi, chunki tik qilib o'rnatilgan tayoqdan tush vaqtida gorizontal tekislikka tushayotgan soya shu chiziq bo'ylab yo'nalgan bo'ladi. Gorizontning E sharq va W g'arb nuqtalari gorizont chiziqida yotadi. Ular N shimoliy va S janubiy nuqtalardan 90o uzoqda bo'ladi. N nuqtadan, olam qutblaridan, zenit Z dan va S nuqtadan, kuzatuvchi S ning geografik meridiani tekisligi bilan ustma-ust ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.82 KB
Ko'rishlar soni
197 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.82 KB
Ko'rishlar soni
197 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:04 ]
Arxiv ichida: doc