Oyning aylanishlari va libratsiyalari Oy yerga hamma vaqt bir tomoni bilan qaraydi, chunki oy o'z o'qi atrofida ham yer atrofida ham bir tomonga qarab bir xil davr bilan buriladi. Oyning yulduz sutkasi yerning 27,32 o'rtacha Quyosh sutkasiga tengdir. Oyning o'qi uning orbita tekisligiga 8320 ga og'ma bo'lib, 8310 dan 8331 gacha o'zgaradi. Demak oy ekvatori tekisligi uning orbitasi tekisligi bilan 639 burchak hosil qilsa, ekliptika tekisligi bilan 130 burchak hosil qiladi. Oy sharining sirtini yarmi ko'rinadi, lekin kattaroq vaqt kuzatish natijasida uning yuzini 60% ini kuzatish mumkin. bu librasiya (tebranish) deb ataluvchi hodisa natijasida vujudga keladi. Optik librasiya (tebranishga bog'liq bo'lmagan librasiya) uch xil bo'ladi, kenglama, uzunlama va paralaktik librasiyalar. I. Uzunlama librasiya oyning o'z o'qi atrofida tekis yer atrofida notekis, perigeliy nuqtasi yaqinida tezroq, afeliy nuqtasi yaqinida esa sekinroq harakat qilganligi tufayli vujudga keladi. Oy perigeliy nuqtasidan o'tgandan keyin oyburilish davrini to'rtdan bir qismiga teng vaqt davomida orbitasining to'rtdan bir qismidan kattaroq uzunligini bosib o'tsa, o'z o'qi atrofida 90 ga buriladi. Oy shari yuzidagi a nuqta oy markazida ko'rinar edi. Endi bu nuqta chaproqga sharq tomonga ko'chadi, o'sha tomonga b nuqta ham ko'chadi, natijada oyning avval ko'rinmaydigan g'arbiy qismi ko'rinadigan bo'ladi. Xudi shunday ko'rsatish mumkinki, A nuqtadan o'tganidan keyin oyning sharqiy tomonidan ko'rinmaydigan qismi ko'rinuvchi bo'ladi. Oyning uzunlama bo'yicha librasiyasi davri anomalistik davr davriga teng bo'lib, eng katta qiymati 754 ni tashkil etadi. II. Oyning kenglama bo'yicha librasiyasi uning o'qini orbuta tekisligiga og'maligi va fazodagi yo'nalishini saqlagani uchuh hosil bo'ladi. Natijada Yerdan Oyning gohida janubiy qutbiga joylashgan ko'rinmaydigan qismi ko'rinsa, gohida shimoliy qutbi yaqinida joylashgan qismi ko'rinuvchan bo'ladi. Kenglama bo'yicha librasiya 650 ni tashkil etadi. II. Sutkali yoki paralaktik librasiya Oyning Yerga nisbatan yaqin joylashganligi sababli hosil bo'ladi. Yer sirtini qarama-qarshi tomonlarida turgan ikki kuzatuvchi Oyning ko'rinmaydigan turli qismlarini ko'radi. Oy chiqayotgan bo'lib ko'ringan kuzatuvchi, Oyning g'arbiy qismidagi ko'rinmaydigan qismini ko'rsa, Oy botayotgan bo'lib ko'ringan kuzatuvchi esa Oyning sharqiy ko'rinmaydigan qismini kuzatadi. Paralaktik librasiya 1 ni tashkil etadi. Oy orbitasini tebranishi tufayli hosil bo'luvchi librasiyalarga fizik librasiya deyiladi. Oy orbitasini katta yarim o'qi Yer tomonga o'tkazilgan yo'nalishga davriy ravishda og'adi, lekin Yerning tortish kuchi uning avvalgi holatiga ushlashga intiladi. Fizik librasiya kichik 2 ga yaqindir. ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
610.15 KB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
610.15 KB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: docx