Oyning harakati va fazalari Oyning fazalari u Yer atrofida Yer bilan birgalikda quyosh atrofida harakatlanganligi, Quyosh uning yarmini yoritgani va kuzatuvchi Yerdan turib, uni turli tomondan kuzatganligi tufayli vujudga keladi. Oyning Yer atrofini to'la aylanib chiqish vaqtiga Yulduz yoki siderik Oy deyiladi. Siderik Oy davomiyligi 27,32 o'rtacha G'uyosh sutkasiga tengdir. Oyning ikki bir xel fazada bo'lishi orasidagi vaqtga sinodik Oy deyiladi. Sinodik Oy davomiyligi siderik Oy davomiyligidan biroz kata bo'lib, 27,53 o'rtacha Quyosh sutkasiga tengdir. Bu farq Yerning Quyosh atrofidagi harakati tufayli vujudga keladi. Oy orbita tekisligi ekliptika tekisligini 508 burchak ostida kesadi. Oy yulduzlar fonida uning orbitasini osmon sferasidagi proyeksiyasi orqali harakat qiladi. Bu harakatning tezligi 1301035 o'rtacha Quyosh sutkasiga tengdir. Bir soatda Oy o'zining burchak diametriga teng masofaga, ya'ne 120 - ga ko'chadi. Oy osmon sferasidagi harakati davomida yulduzlarni oldini olishi mumkin, bu holda Oy yulduzni yopadi. Oy sutkalari, ya'ne Oyning kulminasiyalari orasidagi vaqt 24h51m - ga (o'rtacha hisobda) tengdir. Oyning o'z o'qi atrofida aylanish davri, Yer atrofida aylanish davriga tengdir. Oy, Yer atrofida Kepler qonuniga asosan aylanadi. Perigey uning orbitasini Yerga eng yaqin nuqtasi bo'lsa, Apogey eng uzoq nuqtasidir. Bu ikki nuqtani tutashtiruvchi chiziq (apsid chizig'i) fazoda Oy orbita tekisligida sharqga tomon aylanib taxminan 9 yilda bir marotiba uni to'la aylanib chiqadi. Oyning tugunlar chizig'i (Oy orbitasi tekisligi va ekliptika tekisligini kesish chizig'i) ham qarbga tomon 18 yil davr bilan aylanadi. Shuning uchun Oy orbitasining tugunlari uzluksiz ravishda g'arbga tomon ko'chadi. Oyning ikki marotiba ketma - ket bir xel tugunidan o'tishi orasidagi vaqtga Ajdarli Oy deyiladi. Ajdarli Oyning uzunligi 27,21 sutkaga tengdir. Oyning orbitasi bo'yicha notekis harakati, o'qining orbita tekisligiga qiyaligi, orbitasini ekliptikaga qiyaligi, paralaks hodisasi bizga vaqt, vaqti bilan Oy yuzining bizga ko'rinmaydigan qismini ko'rish imkonini beradi. Umuman olganda Oy Yerdan o'girilgandir. Bu hodisalarga librasiya deyiladi. Mavzuga doir masalalar yechish: Agar snaryadning boshlanqich tezligi (800 msek) o'zgarmas qolganda, Yerdan Oygacha bo'lgan masofani () qancha vaqtda bosib o'tar edi? Berilgan: =38400 km =800 msek t - ? yechish. formuladan sutkada bosib o'tadi. Oyning serpini shoxlari orasidan yulduzlarni ko'rish mumkinmi? Javob: yo'q, chunki Oy serpining shoxlari orasida uning Quyosh tomonidan yoritilmagan qismi joylashgandir. Oyning orbita tekisligini ekliptika tekisligiga nisbatan og'malik burchagini hisobga olib, Oy og'ish koordinatasining o'zgarishni toping. Berilgan: =508 1 - ? 2 - ? yechish. Yoritgichlarning og'ish koordinatasi ekvator tekisligidan boshlab o'lchanganligi va ekvator tekisligi bilan ekliptika tekisligi orasidagi burchak 23026 - ga tengligini hisobga olib 1=23026+508=28034; 2=23026-508=1808 ekanligini, ya'ni Oy og'ishi 1808 28034 intervalida o'zgarishini ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.99 KB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.99 KB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: docx