Presessiya. Yerning ekvatorial qismida joylashgan qo'shimcha massasiga Oy va Quyoshning ta'sir etishi tufayli, uning o'qi ekliptika tekisligiga qiyaligini o'zgartirmasdan fazoda 2600 yil davr bilan konik sirt chizadi. Bu hodisaga presessiya deyiladi. Buning natijasida olam qutbi yulduzlar orasida siljib, ekliptika qutbi atrofida radiusi 23027 bo'lgan aylana chizadi. Ekliptika qutbi Ajdar turkumida joylashgan (=18h, =66033). Natijada bahorgi tengkunlik nuqtasi ekliptika bo'yicha bir yilda g'arbga tomon - ga ko'chadi. Presessiya tufayli tengkunlik presessiya bo'lmaganga nisbatan vaqtliroq vujudga keladi. Quyoshning ikki marotiba ketma - ket tengkunlik nuqtadan o'tishi orasidagi vaqtga tropik yil deyiladi (tropik yil davomiyligi 365, 2422 sutka). Yerning yulduzlarga nisbatan Quyosh atrofini bir marotiba to'la aylanib chiqish davriga yulduz yoki siderik yil deyiladi. Tengkunlik nuqtasini ko'chishi tufayli siderik yil uzunligi (365, 2564), tropik yil uzunligidan uzunroqdir. Yerning ikki marotiba perigeliy nuqtadan ketma - ket o'tishi orasidagi vaqt intervaliga anomalistik yil deyiladi. Anomalistik yilning uzunligi 365, 2596 sutkaga tengdir. Yer orbitasining katta o'qi fazoda yulduzlar orasida ko'chganligi tufayli anomalistik yil uzunligi siderik yil uzunligidan kattadir. Presessiya tufayli barcha yulduzlarning uzunlamasi yilda 50.24 - ga oshib borib, kenglamasi esa o'zgarmas qoladi. Yulduzlarning ekvatorial koordinatalarini har ikkalasi ham ( va ) presessiya tufayli o'zgaradi. Mavzuga doir masalalar yechish: 1. Presessiya tufayli olam qutbi qancha vaqtda 50 - li yoy chizadi. Javob: Presessiya davri 2600 yil ekanligini nazarga olib 50 - li yoyni yilda o'tishini topamiz. 2. Presessiya hodisasini tugallashi bo'lmasligi uchun alohida-alohida qaysi ikkita shartning bajarilishi zarur va yetarlidir? Javob: Presessiya hodisasini tugashi uchun birinchidan Yer shar shaklidagi bir jinsli yoki zichliklari teng sfera shaklidagi qatlamlardan iborat bo'lib, absolyut qattiq jism bo'lishi yoki Yer ekvatori, Oy orbitasi tekisligi va ekliptika tekisligiga mos tushishi lozim. U holda mexanikaning qonunlariga ko'ra har qanday uzoq vaqt davomida Yerning aylanish o'qini yo'nalishi va aylanish davri doimiy qolar edi. Presessiya hodisasi tufayli 1300 yildan keyin bahorgi tengkunlik nuqtasi qaysi yulduzlar turkumida bo'ladi? Javob: Hozirgi paytda bahorgi tengkunlik nuqta baliq turkumida, kuzgi tengkunlik nuqta esa Deva turkumida joylashgandir. Kuzgi tengkunlik nuqta, bahorgi tengkunlik nuqtadan 1800 masofada joylashgan. Bahorgi tengkunlik nuqtasini har bir yilda 50.26 masofada janubga tomon ekliptika bo'ylab ko'chishini hisobga olsak 1300 50.26=1800 bo'ladi. Shuning uchun 1300 yildan keyin bahorgi tengkunlik nuqta Deva yulduzlar turkumida bo'ladi. Presessiya tufayli bahorgi tengkunlik nuqtasi ekliptika bo'ylab Quyosh tomoniga bir yilda 50.2 masofaga ko'chadi. Siderik yil davomiyligi 365,2564 o'rtacha sutkaga tengligini bilgan holda, tropik yil davomiyligini toping. Javob: 10=3600, siderik yil davomida Quyosh 3600 masofani, tropik yil davomida esa Quyosh 3600 - 50.2 masofani ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.39 KB
Ko'rishlar soni
170 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.39 KB
Ko'rishlar soni
170 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: docx