Ptolemeyning dunyo tuzilishi to'g'risidagi sistemasi Osmon sferasining va boshqa kosmik jismlarning harakatini tushuntirish kuzatish Yerdan olib borilganligi sababli ancha qiyinlashadi, shuning uchun astronomiyada dunyo tuzilishi to'g'risida ikkita tushuncha hosil bo'lgan. Birinchi tushunchaga asosan butun olamning markazida harakatsiz Yer turadi. Ikkinchi tushunchaga ko'ra Yer o'z o'qi atrofida sutkali va dunyo markazida turuvchi Quyosh atrofida yillik harakat qiladi. Birinchi qarash Religiya tarafdorlarining tushunchalariga to'g'ri kelganligi sababli matematik rivojlanishga ega bo'lgan. Olamning tuzilishi haqidagi birinchi sistema Ptolomey asarlarida aks ettirilgan. Ptolomey sistemasining asosida 4 ta tushuncha yotadi: Olam markazida Yer turadi. Yer tinch turadi. Barcha kosmik jismlar Yer atrofida aylanadi. Kosmik jismlar Yer atrofida aylana bo'yicha tekis harakat qiladi. Bu sistemaga geosentrik sistema deyiladi. Bu sistemada sayyoralarning harakati quyidagicha tasavvur etiladi. Sayyoralar aylanalar Episikllar bo'yicha tekis harakat qiladi. Episikllar markazi eca Yer atrofida deferentlar bo'yicha harakat qiladi. Quyosh va Oy episikllarsiz deferentlar bo'yicha Yer atrofida aylanadi. Bunday sistema tushunchalariga ko'ra osmon sferasi undagi yoritgichlar bilan birgalikda, dunyo markazi yer atrofida aylanadi. Sayyoralarning sirtmoqsimon harakati esa quyidagicha tushuntiriladi. Sayyora A nuqtada bo'lganda uning burchak tezligi sayyoraning episikl bo'yicha harakati va episikl markazining deferent bo'yicha harakati tezligi yig'indisiga teng bo'lib, bunda sayyora to'g'ri yo'nalishda katta tezlik bilan harakat qilayotgan bo'ladi. V nuqtada bo'lganda esa sayyora teskari yo'nalishida kichik tezlik bilan harakat qiladi. Bu sistema noto'g'ri bo'lishiga qaramay uzoq vaqt davomida ishlatib kelindi. Bu sistema ba'zi tajriba natijalarini tushuntiradi. Lekin kuzatish natijalari oshgan sari ularni tushuntirish qiyinlashadi, bunda bu sistema murakkablashib ketadi va sistema noto'g'riligini tushuntirishda zamin yaratiladi. ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
251.25 KB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
251.25 KB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: docx