Qadim Misr, Xitoy va Vavilonda olam tuzilishi haqidagi tasavvurlar

Qadim Misr, Xitoy va Vavilonda olam tuzilishi haqidagi tasavvurlar

O'quvchilarga / Astronomiya
Qadim Misr, Xitoy va Vavilonda olam tuzilishi haqidagi tasavvurlar - rasmi

Material tavsifi

Qadim Misr, Xitoy va Vavilonda Olam tuzilishi haqidagi tasavvurlar. Olam tuzilish haqidagi dastlabki tasavvurlar, juda qadim zamonda eramizdan oldin bir necha minginchi yillarda, ham biror bir davlat shakllanmasdan burun vujudga kelgan edi. o'shanda olam, butun borliq yo'q narsadan yaratilgan degan tushuncha hukmronlik qilardi. Kishilar tabiat hodisalari qanday kuzatilsa, shundayligicha haqiqat sifatida qabul qilardilar. Jamiyat rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq ayrim osmon jismlari (Quyosh va Oy), yulduzlar osmoni va uning aylanishi, kishilar hayotida va olam tuzilishi va uning kelib chiqishi haqidagi tasavvurlarning rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etdi. dehqonchilikning ishlarida osmon hodisalari va yerdagi hodisalar (tun va kunning almashinishi yil fasllari) orasidagi bog'lanishlarni aniqlash - muhim omillardan bo'lib xizmat qildi. Quldorchilik jamiyatining shakllanishi, Qadim Misr, Vavilon, Xitoyda quldorchilik monarxlarining vujudga kelishi bilan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, osmon hodisalari bilan yaqindan tanishish orqaligina hal qilish mumkin bo'lgan talay masalalarni qo'ydi. Ko'p asrlar davomida, Misr va Vavilonda osmonni kuzatish va uning hodisalarini sharhlash huquqiga faqat ruxoniylardan chiqqan vakillar-kohinlargina ega edilar. Misr va Vavilon davri yodgorliklarining malum qilishicha, osmonni dastlabki sistemali kuzatishlar, ulardan amalda foydalanish-ehromlar hududida olib borilardi. Vavilonning qadimiy ahli-shumerlar olamning to'rt tomoni, Oy va Quyoshning aylanish davrlari haqida etarlicha ma'lumotga ega edilar. Planetalarning ochilishi va ularning harakatlarini o'rganishga urinishlar aniq natijalar beravermagach, kishilarda bu «adashgan» yulduzlarning harakati, Yerdagi hodisalarga, xalqlar va alohida kishilar taqdiriga ta'siri bor degan fikrlarning tug'ilishiga olib keldi. Astrologiya-yolg'on fan, qadimda, ana shunday dunyoga keldi. E.o. 1100 yillarda Xitoy olimi Chu Kong ekliptikaning osmon ekvatoriga og'maligini o'z davri uchun katta aniqlikda topdi. E.o. VII va VII asrlarda Quyoshni va kometani kuzatishga oid birinchi qo'lyozmalar ham Xitoydan topildi. E.o. VI asrning o'rtalarida Qadim Misr va Vavilon mustaqil davlat sifatida tugatilib, o'rniga Yaqin va o'rta sharqni birlashtiruvchi fors davlati vujudga keldi. Shu munosabat bilan Vavilon va Misr madaniyatlarining taqdiri turlicha kechib, birinchisiniki bir necha asrlar o'z mavqeini saqlab qolgani holda, Misr qariyb ikki asrga inqirozga uchrab, so'ngra yangi asosda Yunon madaniyati ta'sirida rivojlanishga yuz tutdi. Gretsiyada e.o. VII asrdan Qadim sharq uchun xarakterli bo'lgan markazlashgan quldorchilik monarxiyasi o'rniga yangi xil davlat shaharlar (polis) tashkil topdi. Shu davrda Kichik Osiyoning g'arbiy qirg'og'ida (Ioniya) va Italiyaning janubida hamda Sitsiliyada greklarning mustamlakalari vujudga keldi. Tashqi savdo, mustamlaka va polislardan tarkib topgan siyosiy va iqtisodiy hukumat Qadim Sharq madaniyati bilan yaqindan tanishishga va o'z xususiy fani va madaniyatini rivojlanishiga imkon berdi. Qadim Sharq mamlakatlari bilan qo'shni Ioniya, grek falsafasining vataniga aylandi. Birinchi grek materialistlaridan Fales, Anaksimandr va Geraklitlarning faoliyati u yerdagi Milet va Efes shaharlari bilan bog'liq. Fales ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.57 KB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.57 KB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga