Qadimgi Xorazm kalendari Xorazmning ma'lum bo'lgan qadimiy kalendar tizimi Iskandar Zulqarnayndan 980 yil ilgari bo'lgan. Xorazm davlatining boshlanishida haftani ishlatmaganlar. Ularda haftaning kunlari ma'lum mohiyatga ega deb hisoblangan. Kunlar hafta ichida nomlaridan tashqari bosh nomlarga ham ega bo'lgan. Masalan, xorazmliklar oyning har bir kuniga nom qo'yganlar. Bir oy ichida o'n bir kunning nomlanishi xorazmliklarda va so'gdiylarda bir xil bo'lgan. Insoniyat tarixida 200 dan ortiq kalendarlar ishlatilgan. Shulardan anchasi mavzularga kiritilib, kalendarlarning vujudga kelish tarixi, tuzilishi o'rganib kelinmoqda. Ba'zi Xalqlarning kalendarlarini ko'klarga ko'tarib, boshqa kalendarlarga asos bo'lgan deb xulosalar chiqarishgan. Vaxolanki yer yuzida yashayotgan millat, Xalqlar xatto okean ortida bo'lsa ham, bir-birlari bilan aloqada bo'lmagan davrlarda ham har birlari o'zlariga xos turmush tarzlariga ega bo'lganlar. Tabiiy sharoitlari, urf-odatlari, diniy tasavvurlaridan kelib chiqib hayot kechirganlar. Buyuk ipak yo'lining ochilishi, Buyuk geografik kashfiyotlardan keyingi davr sivilizatsiyasini falon davlatniki, millatniki deb ajratib ko'rsatishga xojat yo'k. Bu voqealardan keyin xech qaysi xalq, elat boshqa xalqlardan uzilib qolgan, o'z xolicha yashagan emas, aks holda xech qanday taraqqiyot bo'lmagan bo'lar edi. Shunday bo'lsada har bir xalq o'z tarixini o'rganar ekan, biz ham o'z tariximiz, buyuk allomalarimiz bilan faxrlansak arziydi. Shu paytgacha boshqa kalendarlar tarixini o'rganib, Qadimgi Xorazm kalendari haqida deyarli ma'lumotga ham ega emas edik. Xorazm qadimgi ilm-fan beshigi, Avesto 2700 yilcha mukaddam shu zaminda vujudga kelgan deb xulosa chiqarar ekanmiz, Xorazm kalendari ham shundan uzoqroq vaqtga , tarixga ega. Zardushtiylik dini paydo bo'lgan ekan, uning bevosita rasm-rusumlarini ado etish uchun vaqt hisobini bilish kerak edi, shuning o'zi qadimgi Xorazm kalendariga asos solgan. Ammo, afsuslar bo'lsinki bu kalendar haqidagi ma'lumotlar Xorazm xalqining buyuk farzandi Abu Rayxon Beruniyning Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar kitobidan boshqa tarixiy manbalarda saqlanib qolmagan. Turli joydan kelgan boskinchilar O'rta Osiyo xalqlari tarixini izsiz o'chirish, boyliklarini talash, moddiy va madaniy yodgorliklarini yo'q qilib, o'zlarini ustun qo'yishga harakat qilganlar. Shu jarayonda kitoblar qatorida yozma kalendarlar ham yo'k qilib yo'qolib ketdi. Faqat yodda saqlanganlarinigina Beruniy tiklash sohasida xizmat qildi. Shuning uchun Xorazm kalendarini o'rganishda faqat Abu Rayxon Beruniyning Osor al-boqiya asariga suyanamiz. Xorazmning ma'lum bo'lgan qadimiy kalendar tizimi Iskandar Zulqarnayndan 980 yil ilgari bo'lgan. Xorazm davlatining boshlanishida haftani ishlatmaganlar. Ularda haftaning kunlari ma'lum mohiyatga ega deb hisoblangan. Kunlar hafta ichida nomlaridan tashqari bosh nomlarga ham ega bo'lgan. Masalan, xorazmliklar oyning har bir kuniga nom qo'yganlar. Bir oy ichida o'n bir kunning nomlanishi xorazmliklarda va so'gdiylarda bir xil bo'lgan. Xorazmliklar oy manzillarini ishlatganlar. Ulardan astronomiyaga oid xukmlar chiqarganlar. Manzillarini, ismlarini yodda saklaganlar. Oy manzillarini 12 burjga taqsimlab, burjlarni ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.82 KB
Ko'rishlar soni
290 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.82 KB
Ko'rishlar soni
290 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: docx