Qo'shaloq radiopulsar va yulduzlarni tortilishini yangi metodlari Dunyoda eng katta bo'lgan parabolik radioteleskop (Amerikada, Aresibo shahrida joylashgan bo'lib, antennasining diametri 300 metr) yordamida kuzatish olib borayotgan R.Xals va Dj. Teylor 1974 yilda yangi radiopulsarni kashf etdilar. Uni davri doimiy emas edi. Alohida impulslar orasidagi oraliqlar davriy ravishda, pulsarni cho'zilgan qo'shaloq sistema orbitasiga muvofiq o'zgarib turar edi. Alohida impulslar orasidagi vaqt (pulsar sutkasi) 0,059 s gat eng bo'lib, uni orbita bo'ylab aylanib chiqish vaqti (pulsar yili) 7 soat 45 minutga teng bo'lib chiqdi. Impulslarni kelish chastotasini Doppler siljishini bitta aylanish davridagi egri chizig'i sinusoidadan katta farq qiladi (pulsarni orbitasi aylanadan iborat emasligini ko'rsatadi). Orbitasini ekssentrisiteti e=0,61 bo'lib chiqdi. Bunday ekssentrisitetda qo'shaloq sistema komponentalarini apoastrda bo'lganda orasidagi masofasi periastrdagi bo'lgandagi masofasidan 4 marotaba kattadir. Davrlarni ketma-ket kelishini Doppler siljishidan foydalanib, pulsarni kuzatuvchiga nisbatan tezligini o'zgaruvchi qismi topilgan edi. Bunda oddiy qo'shaloq yulduzlarning spektrida chiziqlarni Doppler ko'chishini aniqlashdek metoddan foydalanilgan edi. Lekin, chiziqlarni spektrda siljishiga ko'ra aniqlangan nurli tezliklar egri chizig'i va pulsarni impulslar kelish chastotasini siljishiga ko'ra aniqlangan egri chiziqlar orasida farq bor. Spektral chiziqlarni siljishiga ko'ra aniqlashda chiziqlarni spektrda doimiy siljishiga ko'ra qo'shaloq sistemani kuzatuvchiga nisbatan doimiy tezligini aniqlash mumkin. Pulsar haqiqiy davrining haqiqiy qiymati ma'lum emas, shuning uchun qo'shaloq sistemani ilgarilanma harakatini aniqlash mumkin emas. Shu ma'noda o'rtacha davr (0,059 s) sistema tinch turibti deb topilgan. Davrning haqiqiy qiymatidan farqi ( - sistemaning harakat tezligi, c - yorug'lik tezligi) tartibida bo'lganligi uchun bo'lganda ham farq uncha katta bo'lmaydi. Rasm - 3 da nurli tezliklarning ko'rinishi turli orbitalar (a - aylanma shakli, b- ekssentrisitetli shakli orbita va kuzatuvchi yo'nalishiga nisbatan). Orbitaning periastrida pulsar tezligi 330 kms bo'lib, kuzatuvchi tomon harakat qilayapti, apoastrdagi (yarim davrdan keyin) 75 kms - ga yaqin tezlik qarama-qarshi tomonga harakat qilayapti. Qo'shaloq sistemani massasi qanday aniqlanadi? Yulduzlarni tortilishi Keplerning 3-chi qonuniga asoslangandir, bu qonunga ko'ra qo'shaloq sistemaga kiruvchi komponentalarini orbitalarini katta yarim o'qlarini kublarini nisbati, ularni orbita bo'ylab aylanish davrlarini kvadratlari nisbatidek bo'ladi Bunda Mx - pulsar massasi, M0 - ikkinchi komponenta massasi, G - gravitatsion doimiylik. Endi qo'shaloq sistemadagi pulsarni ko'rib chiqamiz (aylanma orbita) ni og'irlik markazi atrofida tezlik bilan harakat qilayotgan bo'lsin. Ko'rish nuriga nisbatan i burchakka og'gan sistema uchun impulslari chastotasini Dopler siljishini o'lchab, harakatni faqatgina A=sini nurli tezligini topishimiz mumkin. Keyinchalik A kattalik va qo'shaloq sistema davri P ga ko'ra pulsar orbitasi katta o'qini ko'rish nuridagi proyeksiyasini topishimiz mumkin. Sistema komponentalari orbitalarini radiuslarini nisbati ularni massalari nisbatiga teskari proportsional axa0=M0Mx bo'lganligi uchun, komponentalari ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
44.07 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
44.07 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: docx