Qo'shaloq yulduzlar. Fizik o'zgaruvchan yulduzlar. Eriptiv o'zgaruvchan yulduzlar

Qo'shaloq yulduzlar. Fizik o'zgaruvchan yulduzlar. Eriptiv o'zgaruvchan yulduzlar

O'quvchilarga / Astronomiya
Qo'shaloq yulduzlar. Fizik o'zgaruvchan yulduzlar. Eriptiv o'zgaruvchan yulduzlar - rasmi

Material tavsifi

Qo'shaloq yulduzlar. Fizik o'zgaruvchan yulduzlar. Eriptiv o'zgaruvchan yulduzlar. Reja: Qo'shaloq yulduzlar. Fizik o'zgaruvchan yulduzlar. Eriptiv o'zgaruvchan yulduzlar. Bir qarashda osmonda yulduzlar yakka-yakka uchraydigandek tuyulsa-da, aslida ularning ko'pchiligi ikkitadan, uchtadan va undan ham ko'proq holda o'zaro dinamik bog'langan ko'rinishda bo'ladi. Bular ichida ayniqsa qoshaloqlari ko'proq uchraydi. Biroq qoshaloq ko'ringan yulduzlarning hammasi ham aslida qo'shaloq bo'lavermaydi. Ularni ichida turli masofalarda yotib, o'zaro hech ham dinamik bog'lanmagan va ma'lum bir qarash chizig'i yaqinida yotganlaridan osmonda bir-biriga yaqindek tuyulganlari ham ko'p bo'ladi bunday yulduzlar optik qo'shaloq yulduzlar deyiladi. Bizni o'zaro dinamik bog'langan haqiqiy yoki fan tili bilan aytganda, fizik qo'shaloq yulduzlar qiziqtiradi. Agar fizik qo'shaloq yulduzlarning tashkil etuvchilarini teleskop yordamida ko'rish mumkin bo'lsa, bunday yulduzlar visual qo'shaloq yulduzlar deyiladi. Vizual qo'shaloq yulduzlarga misol qilib, hatto oddiy ko'z bilan bevosita ko'rinadigan Katta ayiq yulduz turkumining yulduzini olish mumkin. Normal ko'zga bu yulduzga juda yaqin joyda ikkinchi bir xira yulduzcha ko'rinadi. Bu yulduzchani qadimgi arablar ko'rganlar va unga Alqor (Otliq) degan nom berganlar. Yonidagi ravshan yulduzga esa ular Mitsar degan nom berishgan. Mitsar bilan Alqor osmonda bir-biridan 11 masofada joylashgan. Durbin orqali bunday qo'shaloq yulduzlarni ko'plab ko'rish mumkin. Mashhur rus olimi V.Y.Struve juda ko'p qo'shaloq yulduzlarni kashf etdi va ularni o'rgandi. Vizual-qo'shaloq yulduzlarning ma'lum bo'lgan eng qisqa aylanish davrlari bir necha yilni tashkil etadi. Aylanish davrlari o'nlab yillarga teng bo'lgan qo'shaloq yulduzlar o'rganilgan, aylanish davrlari yuzlab yillarga teng bo'lganlari kelajakda o'rganiladi. Davriy o'zgaruvchan yulduzlar ichida eng ajoyiblari sefeidlardir. Bo'lar oq yoki sarg'ish yulduzlar bo'lib, sefeidlar nomini shu tipdagi o'zgaruvchan yulduzlarning vakili - Sefrey turkumidagi yulduzdan olganlar. Mazkur yulduzning o'zgaruvchanlik davri 5,37 sutka va ravshanligining o'zgarish amplito'dasi 4,6 dan 3,7 yulduz kattaligigacha boradi. Sefeidlar - ravshanligining o'zgarish amplito'dasi 1,5 yulduz kattaligidan ortmaydigan va davri bir necha o'n minutdan bir necha o'n sutkagacha bo'lgan o'zgaruvchan yulduzlardir. Ularning bu davrlari ko'p yillar davomida doimiy qolib, aniqligi undan bir sekundgacha boradi. Temperatura o'zgarishi bilan sefeidlarning spektral sinfi ham bir oz o'zgaradi. Bunday o'zgarishlarga sabab sefeidlar - pulsatsiyalanuvchi yulduzlar ekanligidir. Ular davriy ravishda kengayib va siqilib turadilar. Tashqi qatlamlarining siqilishi ularning qizishiga olib keladi. Sefeidlar ikki gruppaga bo'linadi: qisqa davrli sefeidlar, boshqacha aytganda, Liraning RR yulduzi tipidagi, davri 1 sutkadan kam bo'lgan yulduzlar va davri 2 sutkadan ortiq bo'lgan uzun davrli klassik sefeidlar. Bo'lardan birinchilari qaynoqroq bo'lib, ularning hammasi bir xil M=0,5 absolyut yulduz kattaligiga ega. Klassik sefeidlar sovuqroq va quyidagi ajoyib xususiyatlarga ega, bo'lar o'ta gigantlar bo'lib, ularning yorqinligi ancha yuqori bo'lsa, davriy shuncha katta bo'ladi. Eng sekin o'zgaradigan sefeidlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.58 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.58 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga