Quyosh atmosferasi Samo jismini o'rab turuvchi shaffof gaz qobig'i uning atmosferasi deb ataladi. Bunga Yerni o'rab turuvchi shaffof gaz qobig'i misol bo'la oladi. Kunduzi, bulutsiz paytlarda Yer atmosferasi bizga ko'm- ko'k osmon sifatida ko'rinadi. Osmon(atmosfera)ning tiniqlik darajasi undagi zarrachalarning nurni yutish (sochish) qobiliyati (Kλ)ga, konsentratsiyasiga (N) va ko'rinish chizig'ining uzunligi (l)ga bog'liq. Yutish (sochish) koefitsiyenti Kλ yuza birlikka ega va u nurlanishning to'lqin uzunligiga bog'liq. Bu uchala ko'rsatkichning ko'paytmasi birlikka ega bo'lmagan miqdor va u atmosferaning optik qalinligi (τ = KλNl) deb ataladi. Atmosfera orqali o'tayotgan yorug'lik nuri intensivligi e~τ marta o'zgaradi, ya'ni τ =1 bo'lgan atmosferadan o'tayotganda yorug'lik kuchi 2,7 marta, τ=2 bo'lganda 7,5 marta kamayadi. Ya'ni qatlamlar bizga deyarli ko'rinmaydi. Shunday qilib, Quyosh atmosferasi optik qalinligi τ ≤ 1 bo'lganda qatlamlarni o'z ichiga oladi. Tutash spektrning λ = 0,5 mkm uchun τ05 = 1 bo'lgan va gardish markazida ko'rinadigan qatlam Quyosh atmosferasining ichki chegarasi deb qabul qilingan va atmosferada balandlik ana shu qatlamdan boshlab olinadi. A) Fotosfera. Agar samo jismi atmosferaga ega bo'lsa, uning gardishi markazi eng oydin (ravshan) bo'ladi va markazdan gardish cheti tomon uzoqlashgan sari oydinlik kamayib boradi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, biz tutash spektr nurida fotosferani ko'ramiz. Fotosferaning Intensivligi (I) 1.4-rasm. Har xil spektral diapazonlarda fotosfera intensivligining gardish markazidan uning cheti tomon kamayishi. Intensivlikning markazdan chetga tomon kamayishi qisqa to'lqinli va yuqori energiyali diapazonlar tomon kengayib boradl. gardish markazida eng yuqori (masalan, λ= 0.5 mkm da Io=4.6 104 vtsm2 steradian) va undan uzoqlashgan sari avval asta-sekin keyin gardish cheti yaqinida tez suratlar bilan kamayib boradi. Buni shunday tushuntirish mumkin. Shar shakldagi samo jismi sferik qatlam shakldagi atmosfera bilan o'ralgan bo'ladi. Gardish markazida ko'rish chizig'i atmosferaning eng ichki (τ= 1) qatlamlarigacha yetib boradi. Bu qatlamlar qaynoq va ulardan chiqayotgan nurlanish yuqori intensivlikka ega. Gardish cheti tomon (o'nga) surilgan sari ko'rish chizig'i etib boradigan τ = 1 qatlam yupqalasha boshlaydi. Gardish cheti tomon intensivlik taqriban quyidagicha ifodalanadi: ) (2) Bunda: λ= 0.5 mkm uchun uλ = 0.65 ni va intensivlikning gardish cheti tomon pasayib borishini temperatura (T) va zichlik (ρ) ning balandlik bo'ylab kamayishi bilan tushuntirish mumkin. Bu yerda uλ va τ λ to'lqin uzunligiga bog'liq bo'lgan proporsionallik koeffisenti va fotosferaning optik qalinligi. Oq nurda gardish chetida intensivlik 0,5 burchakiy sekund masofa ichida nolgacha pasayadi. Demak, fotosferaning qalinligi 360 km dan oshmaydi. Statsionar (muqim) gidrostatik muvozanatdagi atmosfera bosimning balandlik bo'yicha o'zgarishi quyidagi (3) qonun bilan ifodalanadi. Bunda: Po- atmosfera asosida bosim, μ - atmosfera gazlarining o'rtacha molyar massasi, ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
544.66 KB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
544.66 KB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: doc