Quyosh dog'lari paydo bo'lish nazariyasi

Quyosh dog'lari paydo bo'lish nazariyasi

O'quvchilarga / Astronomiya
Quyosh dog'lari paydo bo'lish nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI ASTROFIZIKA KAFEDRASI «Astrofizika, radioastronomiya» yo'nalishi I - kurs magistranti Mirtoshev Zavqiddin Davronovichning Quyosh fizikasi fanidan yozgan REFERATI Mavzu: Quyosh dog'lari paydo bo'lish nazariyasi Qabul qildi: dots. Xodjayev A.S. Samarqand - 20xx Reja: 1. Quyosh dog'larining ochilish tarixi haqida. 2. Dog'larning paydo bo'lish sohalari. 3. Dog'lar soninig sistemali o'zgarishi. 4. Xulosa. Quyosh fotosferasida kuzatiladigan, fizik tabiati jihatidan jumboqlarga boy obyektlar - dog'lardir. Quyosh atmosferasining kuzatishga doir tajribalari natijalarining ko'rsatishicha, Quyosh yuzida o'lchami va soni tezlik bilan o'zgaruvchi sohalar mavjuddir. Bunday sohalarga Quyosh dog'lari deyiladi. Quyosh dog'larining kattaligi turlicha bo'lib, ularning o'lchami bir necha ming kilometrdan bir necha yuz ming kilometrgacha yetadi. 1858-yilda kuzatilgan Quyosh dog'i - eng yirik dog'lardan biri edi. Uning diametri 230 ming km.ga yetib, Yer diametridan 19 martacha katta bo'lgan. Odatda Quyoshda dog'lar yakka holda juda kam uchraydi. Ular guruh-guruh holida ko'proq kuzatiladi. Ma'lum dog' guruhida bitta yoki ikkita yirik qarama-qarshi magnit qutbiga ega bo'lgan dog'dan tashqari bir necha mayda dog'lar bo'ladi. Quyosh dog'larining temperaturasi fotosferanikidan o'rtacha 200-1500C ga pastligi tufayli ular fotosferada qorayib ko'rinadi. Dog'lar - doimiy obyektlar emas. Quyosh dog'lari 8o dan kichik bo'lgan sohalarda esa deyarli kuzatilmaydi. 2001 yil noyabr oyida birinchi marta astronomlar Quyosh dog'i ichida bo'layotgan jarayonning aniq suratini ko'rdilar. Bunda dog' ostida vodovorotli plazmani kuzatishdi va bu Quyosh dog'ini ushlab turadi. Quyosh aktivligini ifodalovchi bunday dog'larning miqdori davriy ravishda o'zgarib turadi. Bunday dog'larning soni eng katta bo'lganda Quyosh aktivligi maksimal, kam yoki bo'lmaganda minimal bo'ladi. Quyosh aktivligining birligi sifatida Vol'f sonidan foydalaniladi. Vol'f soni quyidagicha aniqlanadi: W=k(f+10g) Bu formulada f - dog'lar soni, g - ular guruhlarining soni, k - kuzatuv koeffitsiyenti. Quyosh dog'larida kuchli magnit maydon mujassam-lashgan. Quyosh dog'larining yashash davri turlicha bo'lib, bir necha kundan bir-ikki oygacha davom etadi. Bir-ikki oy davomida yashay oladigan (ya'ni Quyoshning bir necha aylanishida yo'qolmay turadigan) dog'lar ko'p uchramaydi. Dog'lar Quyosh sirtining hamma qismlarida paydo bo'lavermay, uning ±35 gradus kengliklari orasidagi sohada paydo bo'ladi muhim muammolardan biri undagi dog'lar sonining yillar mobaynida sistemali o'zgarib turishidir. Quyosh dog'lari soniga tegishli qariyb 100 yillik materialni yig'ib va bir necha o'n yil davomida havaskor astronomlar orasida Quyosh dog'larini sistemali kuzatishni yo'lga qo'ygan shveysariyalik olim Rudolf Volf Quyosh dog'lari soni o'zgarishining o'rtacha davrini 11,1 yilga teng deb topdi. Quyosh dog'i ikkita bo'limdan iborat: 1. Soya; 2. Yarim soya;. Quyosh dog'i qora bo'lib ko'ringanligining sababi shundan iboratki, uning temperaturasi atrofdagi sohalar temperaturasidan past. Quyosh dog'lari Quyoshdagi eng aktiv jarayonlardan ekanligi va Quyosh atmosferasi qatlamlarida uchraydigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 937.56 KB
Ko'rishlar soni 196 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 937.56 KB
Ko'rishlar soni 196 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga