Quyosh dog'lari va mash'allar Mash'al aktiv sohaning fotosfera qismi va har biri albatta mash'al ko'rsatadi, biroq mash'alni faqat Quyosh gardishi yaqinida (gardish markazidan 0.7-1.0 masofada) ko'rish mumkin .Mash'al to'rsimon ko'rinishga (to'r tugunlarida yorug' nuqtalar) ega va fotosferani ustki qismida joylashadi. Uning yuzasi dog' yuzasidan o'nlab marta katta. Dog'lar a.s. ning o'zagi hisoblanadi va ular, odatda ko'ndalang kesimi 2500 km keladigan bir necha qora xol (pora)lar to'dasi sifatida ko'rinadi. Poralar kuchli (200 gs) rnagnit maydonga ega, ularning bir qismi N qutbli, qolganlari S qutbli. Quyoshning o'z o'qi atrofida aylanishi 1.6-rasm. 2003-yil 27-iyulda olingan Quyosh tasvirining bir qismi. Unda ikkita katta dog'lar guruhini ko'rish mumkin.O'ngda multipolyar, chapda (gardishning sharqiy chegarasi yaqinida) bipolyar dog'lar guruhi. yo'nalishida oldingi poralar (ular bir xil magnit qutbga ega) tez suratlar bilan olg'a harakatga keladi va 1-2 kun ichida qo'shilib, kattagina dog' hosil qiladi. Bu yetakchi dog' g'arbga tomon harakatini davom ettiradi va kattalasha boradi. Yetakchi dog'ga qarama-qarshi qutbga ega poralar ham bitta katta dog'ga yig'iladi bu dog' birinchi poralar to'dasi hosil bo'lgan joyda qoladi va 10 kun davomida maksimal kattalikka yetgach parchalana boshlaydi va 10 kundan keyin ko'zdan g'oyib bo'ladi. Yetakchi dog' asta-sekin kattalasha borib, g'arbga tomon harakati to'xtaydi. U tim qora (yorug' fotosferaga nisbatan, intensivligi fotosferanikidan 10 marta kam) o'zak (soya)ni o'rab turuvchi yarimsoya (fotosfera intensivligini 34 qismiga teng) bilan o'ralgan. Ulkan dog'larning diametri Yernikidan bir necha marta katta. Dog' o'zagining yuzasi uning to'la (yarim soya bilan birgalikda) yuzasidan olti marta kichik.O'zakda magnit maydon kuchlanganligi 300- 400 gs yetadi va maydon kuch chiziqlari Quyosh sirtiga tik yo'nalgan bo'ladi. Yarim soyada kuch chiziqlari vertikallikdan tashqi tomonga ancha og'ib, yarim soyaning tashqi chegarasida gorizontal yo'nalishni egallaydi va maydon kuchlanganligi yarim soyada 100 gs va uning tashqi chegarasida 10 gs gacha kamayadi.O'zak ichida temperatura 400 K, ya'ni atrof fotosferanikidan 200 K ga past, shuning uchun dog' yorug' fotosferaga nisbatan qora bo'lib ko'rinadi. Soya ichida oydinroq qismlari ham bor. Bu qismlarda o'zak nuqtalari kuzatiladi va ularda magnit maydon kuchlanganligi 2500 gs va kuch chiziqlari sirtga aniq vertikal holda yo'nalgan.O'zak nuqtalari fotosfera granulalaridan besh marta kichik va yarim soatdan ko'p yashaydi. Bu natijalar fizika-matematika fanlar doktori I. Sattorov tomonidan O'z FA Astronomiya instituti Quyosh teleskopida bajarilgan kuzatishlarga asoslanib birinchi bor topilgan va xalqaro Astronomiya Uyushmaning 1982-yilgi muhim natijalari sifatida qayd qilingan. Bunday nuqtalar fotosfera magnit to'ri rasmlarida ham ko'rinadi va kuchli magnit maydonda fotosfera granulasining yangi holati sifatida qayd qilingan. Yarim soya ham nafis mayda tuzilishga ega. U o'zakdan boshlanib dog'ning ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
804.02 KB
Ko'rishlar soni
212 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
804.02 KB
Ko'rishlar soni
212 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: doc