Quyosh haqida ma'lumotlar. Protuberanslar. Quyosh chaqnashlari va Quyosh toji. Reja: Quyosh haqida ma'lumotlar. Quyosh fotosferasi. Quyosh dog'lari. Protuberanslar. Quyosh chaqnashlari. Quyosh toji. Quyosh aktivligi va uning yerga ta'siri. Quyosh haqida umumiy ma'lumotlar. Quyoshning kundalik ko'rinma harakatiga biz shu qadar ko'nikib qolganmizki, go'yo u abadiydek tuyuladi. Haqiqatan shundaymi? Quyosh so'nmaydigan osmon jismimi? Quyosh qisqa vaqtda g'oyib bo'lsa, planetamizda qanday o'zgarishlar ro'y bergan bo'lar edi? Agar Quyosh so'nsa, zum o'tmay Yerni qoromg'ulik qoplardi, chunki Quyoshning yorug'ligini qaytarish hisobiga ko'rinadigan Oy va planetalar xira shu'lalari bilan Yerni yoritardi, xolos. Shuningdek, butun Yer yuzini izg'irin sovuq o'z iskanjasiga olardi. Bir haftaga qolmay tropiklar qor bilan qoplanar, daryolar oqishdan to'xtab, dengiz va okeanlar sekin-asta tubiga muzlar, shamol ham uvillashni bas qilardi. Xullas, hamma yoqni vahimali qorong'ilik va qahraton sovuq egallardi. Bunday sharoitda odamzod yoqilg'ilari zaxirasi hisobiga umrini bir oz cho'zsa-da, biroq bu haloqatdan qochib qutula olmas edi. Shuning uchun ham hayotimizning manbayi bo'lmish Quyosh har jihatdan diqqatga sazovor osmon jismi hisoblanadi. Qadimda atrof-muhit hodisalarini ilmiy tushuntirishga ojiz bo'lgan odamlar tabiat kuchlari oldida tiz cho'qishgan, unga sig'inishgan. Bundan Quyosh istisno emas edi. Misrliklar Quyoshga issiqlik va hayot in'om qiluvchi Ra xudosi nomini berib sig'inishganda, yunonliklar va rimliklar Quyoshga nur, musiqa va poeziya xudolari - Feba, Gelios va Apollon timsollari sifatisa sig'inishgan. Keyingi yillarda Quyoshning massasi, temperaturasi va fizik tabiatini o'rganish borasida yig'ilgan ma'lumotlar Quyosh to'g'risida bizga yetarli darajada aniq tasavvur hosil qilish imkonini berdi. Yerdagi ko'pgina fizik va biologik hodisalar Quyosh ta'siri tufayli sodir bo'lar ekan. Garchi oddiy ko'z bilan qaraganda, Quyosh sokin bir osmon jismidek ko'rinsa-da, aslida u yirik va quvvatli fizik jarayonlarni boshidan kechirayotgan yulduzlardan biri hisoblanadi. Shu tufayli Quyoshni o'rganish har jihatdan barcha tibbiyot fanlari uchun, ayniqsa, fizika fani uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Quyosh milliardlab yulduzlarning bir vakili bo'lib, kattaligi va temperaturasiga ko'ra o'rtacha yulduzdir. Biroq planetamiz - Yer, uning yo'ldoshi sifatida boshqa yulduzlarga nisbatan Quyoshga millionlab marta yaqin bo'lganidan, yulduzlardan farq qilib, Quyosh bizga kattagina burchak (32') ostida ko'rinadi. Yer ham boshqa planetalar (Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturnlar) qatorida Quyosh atrofida aylanma harakat qiladi. Astronomiyada Yerdan Quyoshgacha bo'lgan masofa aniq o'lchanib (149,6 million kilometr), u uzunlik o'lchovining birligi sifatida qabul qilingan va yuqorida eslatganimizdek, bir astronomik birlik (1 a.b.) deb deb yuritiladi. Nur bu masofani salkam 8,5 minutda bosib o'tadi. Quyoshning diametri 1 million 400 ming kilometr bo'lib, Yer diametridan taxminan 110 marta katta. Boshqacha aytganda, Quyosh hajmiga 1 million 300 mingdan ortiq Yer hajmidagi jism sig'adi. Massasi Yernikidan ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
175.72 KB
Ko'rishlar soni
263 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
175.72 KB
Ko'rishlar soni
263 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: doc