Quyoshsistemasining tuzilishi Quyosh va Quyosh atrofida aylanuvchi jismlar sistemasi, Quyosh sistemasini tashkil qiladi. Quyosh sistemasida sistemaning dinamik markazi - Quyosh, 9-ta sayyora, ularning 32 ta yo'ldoshi, bir necha ming kichik sayyoralar yoki asteroidlar ko'p kometalar (500 tasi ko'ringan) va juda ko'p meteroit jismlar kiradi. Mukammal o'rganishlar natijasida bu jismlarning koinotdagi harakati uchun informasiyalar berilgan bo'lib, hozirgi paytda Quyosh sistemasining aniq plani va tuzilishi ma'lumdir. Ekliptika qutbidan qaraganda deyarli barcha sayyoralar Quyosh atrofida soat strelkasi yo'nalishi bo'yicha aylanadi. Ularning g'alayonlanmagan harakat orbitalari ekssentrisiteti kichik ellipslardan iboratdir. Deyarli barcha sayyoralar o'z o'qi atrofida Quyosh atrofida aylanish yo'nalishi bo'yicha aylanadi. Sayyoralarning orbitalari yotgan tekisliklar ekliptika tekisligiga ozgina og'madir. Uran va Veneragina o'z o'qi atrofida teskari yo'nalish bo'yicha aylanadi. Sayyoralarning Quyoshdan masofasi ma'lum qonuniyatga bo'ysinadi. Sayyoralar Quyoshdan uzoqlashgan sari orbitalari orasidagi masofa oshib boradi. Quyoshdan eng uzoqdagi sayyora .b. masofada turadi. Agar Quyosh sistemasini o'lchamini .b. ga teng desak, u holda bu masofa eng yaqin yulduz Proksima Sentavrgacha bo'lgan masofadan 700 marotiba kichik masofadir. Sayyoralarning yo'ldoshlari xuddi sayyoralarni Quyosh atrofida aylanishidek aylanadi. Ko'pchilik yo'ldoshlar to'g'ri yo'nalish bo'ylab aylanadi. Faqatgina 11 yo'ldosh teskari yo'nalish bo'yicha harakat qiladi, shulardan 5 tasi Uranniki. Demak Uran yo'ldoshlari Uran atrofida Uranning Quyosh atrofida harakatidek aylanar ekan. Kometalar Quyosh atrofida turlicha aylanadi. Ko'p kometalarni orbitasi cho'zilgan ellipsdir. Kometalar Quyoshdan 500-.b. masofada turadi, aylanish davri bir necha million yilni tashkil qiladi. Asteroidlarning orbitalarining ekssentrisiteti o'rtacha hisobda katta bo'lib, orbitalarining qiyaligi ham kattadir. Ko'pchilik asteroidlarning orbitalari, Mars va Yupiter orbitalarining orasida joylashgandir. Ba'zilari masalan Ikarniki Merkuriy orbitasi orasigacha kiradi va Saturn orbitasigacha uzoqlashadi. Ba'zi asteroidlarning o'z o'qi atrofida aylanishi ham aniqlangan, ba'zi hollarda bu harakat teskari harakatdir. Kometalarni harakati esa turlicha bo'lib, ko'p hollarda ularning orbitasi birga yaqin ekssentrisitetli cho'zilgan ellips shaklidadir. Ba'zida sayyoradan chekinishi natijasida kometa giperbola (e1) bilan harakat qiladi, ba'zida o'sha chekintiruvchi ta'sir kometani ellips bo'yicha harakat qilishga majbur qiladi. ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.96 KB
Ko'rishlar soni
241 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.96 KB
Ko'rishlar soni
241 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: docx