Quyosh teleskoplari

Quyosh teleskoplari

O'quvchilarga / Astronomiya
Quyosh teleskoplari - rasmi

Material tavsifi

Quyosh teleskoplari. Quyosh teleskoplarini boshqa teleskoplardan farqi. Gorizontal va minorasimon Quyosh teleskoplari. Fotogeliograf. Xromosfera teleskopi. Koronograf. 1. Quyosh teleskoplarini boshqa teleskoplardan farqi. Quyosh sirti ko'rinadigan va tekshirish mumkin bo'lgan yagona yulduzdir. Uni tekshirishdan olingan bilimlar yulduzlarni tekshirishda fundamental rol o'ynaydi. Shuning uchun Quyosh teleskoplarida tasvir masshtabi (2.1) katta bo'ladi va bu Quyosh yuzidagi mayda strukturali tuzilmalarni batafsil tekshirishga imkon beradi. Quyoshning yorug'ligi etarli darajada kuchli bo'lganligi uchun odatda, Quyosh teleskoplari kam optik kuchga (DF110 dan 130 gacha) ega bo'lishi, ya'ni obyektivining fokus masofasi uning diametridan bir necha o'n marta katta bo'lishi mumkin. Bunday tekshirishlarda Quyosh teleskopidek kam optik kuchga, demak, uzun fokus masofaga ega spektrograflar qo'llaniladi. Spektrografning fokus masofa qancha katta bo'lsa uning dispersiyasi (spektrga yoyilish darajasi) shuncha yuqori bo'ladi. Quyosh spektrini tekshirishlarda reflektorlar va tor ( 0,025 nm) o'tkazish polosaga ega filtr yordamida bajariladigan tekshirishlarda esa, refraktorlar ham qo'llaniladi. 2.Gorizontal va minorasimon Quyosh teleskoplari. Quyoshni tekshirishda qo'llaniladigan spektograflarning uzunligi o'n metr keladigan ulkan va murakkab asbob bo'lgani uchun ular qo'zgolmas bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Bunday spektrografning kirish tirqishiga Quyosh tasvirini tushirish va shunday holda soatlar davomida ushlab turish kerak bo'ladi. Ma'lumki, kun davomida Quyoshning og'ish burchagi asta-sekin (15sutka) o'zgarib boradi va yil dovomida 23.26 dan -23.26 gacha o'zgaradi, ya'ni Quyosh osmon sferasining ma'lum mintaqasidan chetga chiqmaydi. Bu hol masalani osonlashtiradi va olam o'qi atrofida aylantiriladigan yassi ko'zgu yordamida Quyosh nurini ma'lum yo'nalishda aks qaytarib, shu yo'nalishda uni ushlab turish mumkin. Bunday qurilma geliostat, ya'ni Quyosh nurini to'xtatib turuvchi, deb ataladi. Geliostat olam o'qi atrofida soatiga 7,5 burchak tezlik bilan aylantiriluvchi yassi ko'zgudan iborat. Ko'zgu og'ish aylanasi bo'yicha ham asta-sekin aylantirilishi va teleskopning optik o'qini olam o'qi bo'ylab yo'naltirish mumkin. Ko'zgudan nur hamma vaqt bir yo'nalishda, teleskopning qo'zg'olmas obyektivi tomon, qaytadi va uni yoritadi. Bunday teleskoplardan biri AQSHning Kitt-Pik milliy observatoriyasida yana biri esa, RFA ning Sibir bo'limi Quyosh va Yer fizikasi instituti Baykal Astrofizik Observatoriyasida o'rnatilgan. Teleskop obyektivining fokusiga spektrografning kirish tirqishi yoki boshqa o'lchash asbobi o'rnatiladi. Bunday optik tizimning kamchiligi shundan iboratki, unda kun dovomida Quyoshning tasviri optik o'q atrofida asta-sekin aylanadi. Bunday kamchilikdan xoli tizim selostatdir. Selostat, ya'ni qo'zg'olmas osmon beruvchi, deb ataladigan qurilma olam o'qiga parallel joylashtirilgan va u o'q atrofida aylantiriladigan yassi ko'zgudan iborat. Biroq, Quyoshning og'ish burchagi yil dovomida o'zgarib turgani uchun, selostatdan qaytgan nurning og'ish burchagi ham asta-sekin o'zgarib boradi. Bu o'zgarish ikkinchi yassi ko'zgu (qo'shimcha ko'zgu) yordamida bartaraf etiladi. Gorizontal Quyosh teleskopida qo'shimcha ko'zgu va teleskopning obyektivi yoki bosh ko'zgusi meredian tekisligiga o'rnatiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 102.12 KB
Ko'rishlar soni 241 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:06 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 102.12 KB
Ko'rishlar soni 241 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga