Quyosh va oy tutilishlari Oy yerning atrofida aylanayotib, ba'zan Quyoshni bizdan to'sib qo'yadi. Bunday hol Quyosh tutilishi deyiladi. Bu hodisa har doim oyning yangioy fazasida holatida bo'lganida yuz beradi. Agar yerdagi kuzatuvchi O nuqtada bo'lsa, bunday kuzatuvchi Quyoshni bir necha minut to'la ko'rmaydi, ya'ni Quyosh to'la tutiladi. Quyosh tutilganda osmonda kunduzi bo'lishiga qaramasdan yulduzlar va sayyoralar ko'rinadi. Qora Quyosh gardishi atrofida kumushrang Quyosh toji ko'rinadigan bo'ladi. Agar yerdagi kuzatuvchi yarim soyaning ichida A yoki V sohada bo'lsa, u holda kuzatuvchi yarim tutilgan Quyoshni ko'radi, Quyosh qisman tutiladi. Ba'zan Quyoshning tutilishi halqasimon bo'ladi. Bunday hol oy yerdan eng katta uzoqlikda, Quyosh esa aksincha yerga eng yaqin kelganda bo'ladi. Chunki bu holda oyning ko'rinma diametri Quyosh ko'rinma diametridan kichik bo'ladi. Oy orbitasi ekliptika tekisligi balan 59 burchak hosil qilganligi tufayli tutilishlar Quyosh bu ikki orbitaning kesishgan nuqtalari (Oy tugunlari) yaqinidan o'tayotganda kuzatiladi. Bunday holat har yarim yilda vujudga kelganligi tufayli, tutilishlar yarim yil davr bilan takrorlanadi. Oy tutilishi, oy yer atrofida aylanayotib ba'zan yer soyasi orqali vujudga keladi. Bunday hodisaga oy tutilishi deyiladi. Bunda oy yerning to'la soyasidan o'tsa, u to'la, yarim soyasidan o'tsa, yarim tutiladi. Oy tutilayotganda u har doim to'linoy fazasida yuz beradi. Oy to'la tutilganda u butunlay g'oyib bo'lmay to'q qizil rangda tovlanadi. Yerning ma'lum bir joyida Quyosh tutilishiga nisbatan oy tutilishlari ko'proq kuzatiladi. Chunki Quyosh tutilishlari Yerning soyasi tushgan va uncha katta bo'lmagan maydonlarida kuzatiladi. Oy tutilishi esa, Yerning Quyoshga qarama-qarshi yarimsharining hamma qismida bir vaqtda kuzatiladi. Oy tutilishi paytida uning qizil rangda ko'rinishiga sabab yer atmosferasi oy tomonga faqat qizil rangli yorug'likni sochib yuborib, qolgan nurlarni kuchliroq sochganligidir. Oy orbitasining tekisligi ekliptika tekisligiga og'maligi tufayli oy va Quyosh tutilishlari yangioy va to'linoy paytlarida har doim ham kuzatilmaydi. Tutilishlarni kuzatib astronomlar Quyoshning fizik tabiati, yer atmosferasining tuzilishi va oyning harakatiga doir qimmatli ma'lumotlarni qo'lga kiritish imkoniga ega bo'ladilar. ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
69.22 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
69.22 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: docx