Quyosh. Asosiy iboralar: siderik aylanish davri, sinodik aylanish davri, Quyosh atmosferasi, fotosfera, xromosfera, Quyosh toji. Quyosh o'ta qizigan gazli shardan iborat bo'lib, u o'z o'qi atrofida aylanadi va bu aylanishi qattiq jismlarning aylanishidan farq qiladi. Quyosh burchak tezligi eng katadir ekvatorial qismining Quyosh turli zonalarning yulduzlarga nisbatan aylanish davriga yulduz (yoki siderik) aylanish davri deyiladi. Siderik aylanish davri ekvator qismi uchun taxminan 25 sutkaga tengdir. Quyoshning sinodik aylanish davri deb, uning o'z o'qi atrofida, Yerga nisbatan bir marotiba to'la aylanib chiqish davriga aytiladi. Yer, Quyosh atrofida o'z o'qi atrofida aylanishi yo'nalishi bo'yicha aylanadi. Quyosh ekvatorial qismining sinodik aylanish davri taxminan 27 sutkaga tengdir. Quyosh yuzidagi dog'lar, uning gazining (4700s gacha) soviygan sohalaridir. Unda uyurmali harakatlar vujudga kelib uning pasti odatda ko'zni qamashtiruvchi yorqin fotosfera ostida bo'ladi. Quyoshning ko'zga ko'rinuvchi sathi-fotosferasi, Quyosh atmosferasi-xromosfera bilan o'ralgan bo'lib, undan issiq gazlar oqimi-protuberanslar ko'tarilib turadi. Dog'larning soni o'rtacha hisobda 11 yil davr bilan o'zgarib turadi. Yerda qutb nurlanishlari stratosferaning elektr nurlanishidan iboratdir. Bu nurlanish Quyoshdan kelayotgan korpuskulyar nurlanishni yuqori balandliklardagi ta'siri natijasida vujudga keladi. Bunday korpuskulyar nurlanish Quyoshnig asosan dog' sohalarida paydo bo'ladi. Dog' soni oshishi bilan qutblar nurlanishi kuchayadi. Quyosh ekvatori tekisligi ekliptika tekisligiga nisbatan 701015 burchakga og'ma bo'lsa, uning chiqish tuguni 730471 tengdir. Quyoshning spektrida kuzatilgan Franguofer chiziqlarning ba'zilari Quyosh nurlarining Yer atmosferasida yutilishi bilan bog'liqdir. Quyosh energiyasini o'rganish va uni temperaturasini aniqlash, fotometriya va nurlanish nazariyasi qonunlariga asoslangan bo'lib, bu qonunlar oliy maktab fizika kursining turli adabiyotlarida keltirilgandir. Mavzuga doir masalalar yechish: Quyoshning gorizontal sutkali paralaksi 811.8-ga, burchak radiusi esa 161.0-ga tengdir. Quyoshning chiziqli radiusini, yuzasini va hajmini toping. Berilgan: R0=8118 =1610 yechish: a). Paralaksni ta'rifiga ko'ra yoritgichni R0-paralaksi va ko'rinma burchak radiusiga ko'ra chiziqli radiusini topish formulasi quyidagicha bo'lib, bunda, -yerning chiziqli radiusi Shuning uchun ya'ni Quyoshning radiusi, yer radiusidan 109 marta katta. b)Quyoshning yuzi ya'ni Quyosh yuzasi Yer yuzasidan 11900 marotiba katta. v) ya'ni Quyosh hajmi Yer hajmidan 1300 marotiba kattadir. 2. Tezligi 200 kmsoat bo'lgan samolyot bilan Quyoshning ekvatorini aylanib chiqish uchun qancha vaqt talab etiladi. Berilgan: yechish: . Demak, samolyot quyosh ekvatorini aylanib o'tishi uchun 2,5 yil vaqt ketar ekan. 3. Quyosh dog'lari maksimumidan biri 1938 yilga to'g'ri keladi. 1950 yilda dog' ko'p edimi? 1954 yilda chi? yechish: Quyosh dog'lari o'zgarishini o'rtacha davri 11 yilga tengdir, shuning uchun 1950 yilda Quyosh dog'i ko'p (maksimum) bo'lsa, 1954 yilda kam (minimum) bo'lgan. Quyosh dog'ining atrofida spektrda, diskning qandaydir nuqtasi vodorodning qizil chizig'i shunday siljidi, ki o'lchangan to'lqin uzunligi 6566,0A0-ga ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.56 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.56 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: docx