Quyoshning ko'rinma harakati

Quyoshning ko'rinma harakati

O'quvchilarga / Astronomiya
Quyoshning ko'rinma harakati - rasmi

Material tavsifi

Quyoshning ko'rinma harakati Quyosh har kuni sharqdan chiqib, g'arbda botadi. Bu uning sutkalik ko'rinma harakati bo'lib, Yerning o'z o'qi atrofida g'arbdan sharqga tomon aylanganidan vujudga keladi. Yer shari sutkalik aylanma harakatidan tashqari yillik harakatga ega. U Quyosh atrofini bir yilda bir marotiba to'la aylanib chiqadi. Ammo kuzatuvchi Yerning sutkalik harakatini sezmagani kabi, uning yillik harakatini ham sezmaydi. Yil davomida Quyoshning zenit uzoqligi yoki gorizontdan balandligini (ya'ni yuqori kulminasiya paytidagi balandligini) o'lchash ko'rsatadi, ki uning og'ish koordinatasi +23026 dan -23026 gacha o'zgaradi va yil davomida ikki marotiba (23 sentyabr va 21 mart kunlari) 00 ga teng bo'ladi. Quyoshning to'g'ri chiqish koordinatasi 0 esa yil davomida 00 dan 3600 gacha yoki soat hisobida 0 dan 24soat gacha o'zgaradi. Ya'ni Quyosh yillik harakat qiladi. Bu harakat davomida u yulduzlar orasida g'arbdan sharqga tomon ko'chadi va katta aylana chizadi, bu aylanaga ekliptika deyiladi. Ekliptika tekisligi osmon ekvatori tekisligi bilan =23026 burchak hosil qiladi. Quyosh ekliptika bo'ylab harakati davomida 12 yulduz turkumidan o'tadi. Bu turkumlarga zodiak (hayvonlar) deyiladi. Zodiakdagi har bir yulduz turkumida Quyosh taxminan bir oycha bo'ladi. 12 oyda bu 12 yulduz turkumini ma'lum tartibda bosib o'tadi. Mavzuga doir masalalar yechish: Quyoshning zenit masofasi qachon 900 ga, azimuti esa 00 ga teng bo'ladi? Javob: Quyoshning zenit masofasi u chiqishida va botishida 900 ga teng bo'ladi. Azimuti esa u osmon meridianini kesib o'tish paytida 00 ga teng bo'ladi. Quyoshning uzunlamasi va kenglamasi 22 iyun va 22 dekabr kunlari nimaga teng bo'ladi? Javob: Yoritgichlarning uzunlamasi va kenglamasi (,) koordinatalarni o'lchash uchun asosiy nuqta, bahorgi tengkunlik nuqta va asosiy aylana sifatida ekliptika aylanasi olingan. Quyosh 22 iyun kuni yuqori kulminasiyada bo'ladi, shuning uchun uning uzunlamasi 0=900 ga, kenglamasi esa 0=00 bo'ladi. 22 dekabrda esa pastki kulminasiyada bo'lganligi sababli 0=2700; 0=00 bo'ladi. Quyoshning to'g'ri chiqish koordinatasi va og'ishi 22 mart va 23 sentyabr kunlari nimaga teng bo'ladi? Javob: Yoritgichlarni to'g'ri chiqish koordinatasi bahorgi tengkunlik nuqtadan boshlab ekvator aylanasi bo'yicha soat strelkasi aylanish yo'nalishiga teskari yo'nalishida o'lchanadi. Quyosh 22 mart kuni bahorgi tengkunlik nuqtada bo'lganligi sababli =00 va =00 dir. 23 sentyabrda esa u kuzgi tengkunlik nuqtada bo'ladi, shuning uchun bu kuni =1800; =00 bo'ladi. Quyoshning to'g'ri chiqish koordinatasi 6soat ga va 12soat ga teng bo'lganda, uning uzunlamasi va kenglamasi nimaga teng bo'ladi? Javob: Quyoshning to'g'ri chiqish koordinatasi 22 iyun kuni 6soat ga teng bo'lib, 23 sentyabr 12soat ga tengdir, shuning uchun 22 iyun kuni =6soat; =00 va 23 sentyabr kuni esa =12soat; =00. Sferik uchburchak tomonlari uchun yozilgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.14 KB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.14 KB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga