Quyoshning sutkalik va yillik harakati

Quyoshning sutkalik va yillik harakati

O'quvchilarga / Astronomiya
Quyoshning sutkalik va yillik harakati - rasmi

Material tavsifi

Quyoshning sutkalik harakati Quyosh har kuni sharqda chiqib g'arbda botadi. Bu uning sutkalik ko'rinma harakati bo'lib, Yerning o'z o'qi atrofida g'arbdan sharqga tomon aylanganidan vujudga keladi. Yer shari sutkalik aylanma harakatidan tashqari yillik harakatga ega. U Quyosh atrofini bir yilda bir marta to'la aylanib chikadi. Ammo kuzatuvchi Yerning sutkalik harakatini sezmagani kabi, uning yillik harakatini xam sezmaydi. 2. Quyoshning yillik harakati Yil davomida Quyoshning zenit uzoqligini yoki gorizontdan balandligini (ya'ni yuqori kulminasiya paytidagi balandligini) o'lchash ko'rsatadiki, uning og'ish koordinatasi +2326 dan -2326 gacha o'zgaradi va yil davomida ikki marotiba (23 sentyabr va 21 mart kunlari 0 ga teng bo'ladi. Quyoshning to'g'ri chiqish koordinatasi esa yil davomida 0 dan 360° gacha yoki soat hisobida 0h dan 24h gacha o'zgaradi. Ya'ni Quyosh yillik harakat qiladi. Bu harakat davomida u yulduzlar orasida g'arbdan sharqga tomon ko'chadi va katta aylana chizadi, bu aylanaga ekliptika deyiladi. Ekliptika tekisligi osmon ekvatori tekisligi bilan ε=2326 burchak hosil qiladi. Ekliptika tekisligiga perpendikulyar bo'lgan PP o'qga ekliptika o'qi deyiladi. P va PI nuqtalarga ekliptika qutblari deyiladi. Ekliptika tekisligi, ekvator tekisligi bilan ikki nuqtada -bahorgi tengkunlik nuqtada va Ω ko'zgi tengkunlik nuqtalarda kesishadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.35 KB
Ko'rishlar soni 297 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.35 KB
Ko'rishlar soni 297 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga