Quyoshning tuzilishi o'rganish va uning energiyasidan foydalanish muammolari

Quyoshning tuzilishi o'rganish va uning energiyasidan foydalanish muammolari

O'quvchilarga / Astronomiya
Quyoshning tuzilishi o'rganish va uning energiyasidan foydalanish muammolari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI ASTRONOMIYA YO'NALISHI ASTROFIZIKA KAFEDRASI Quyoshning tuzilishi o'rganish va uning energiyasidan foydalanish muammolari Malakaviy bitiruv ishi Bajaruvchi: Rajabov Jahongir Ilmiy rahbar: dots.Kurbaniyazov Malakaviy bitiruv ishi Astrofizika kafedrasida bajarildi. Kafedraning 2012 yil 24 maydagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etiladi (bayonnoma № 13). Kafedra mudiri: dots.T.A.Alimov Malakaviy bitiruv ishi YaDAKning 2012 yil dagi majlisida himoya qilindi va ball bilan baholandi (bayonnoma № ). YaDAK raisi: A'zolari: Samarqand - 2012 Mundarija Kirish I BOB 1.1 Quyoshning asosiy fizik ko'rsatkichlari 1.2 Quyosh spektri 1.3 Quyoshning elektromagnit nurlanishi 1.4 Quyoshning tutash spektrida energiyaning taqsimlanishi va uning to'la energiyasi 1.5 Quyosh atmosferasi 1.6 Quyosh dog'lari va masha'llar II BOB 2.1 Quyoshning ichki tuzilishi 2.2 Quyoshning ichi tuzilishi modeli 2.3 Quyosh aktivligi 2.4 Quyosh magnit o'zgaruvchan yulduz , aktivligi mexanizmi 2.5 Quyosh aktivligini yerga ta'siri 2.6 Quyosh energetikasi 2.7 Quyosh energiysidan foydalanish 2.8 Quyosh batareyasi KIRISH Osmonda Quyosh bizga taxminan yarim gradus burchak ostida, aylana shakldagi barkash sifatida ko'rinadi. Quyosh gardishining chetlari keskin chegaraga ega va uning radiusini yetarli darajada yuqori (bir burchakiy yoy sekundi) aniqlik bilan o'lchash mumkin. Bunday o'lchashlar yil davomida Quyoshning burchakiy diametri biroz [31'31-afeliyda (iyul boshida), 32'35 perigeliyda (yanvar boshida) o'zgarib turishini ko'rsatadi. Bu o'zgarishlar orbitaning elliptikligi tufayli Quyosh bilan Yer orasidagi masofani biroz uzayishi va qisqarishi bilan bog'liq. Quyoshning haqiqiy radiusi uning pulsasiyalanishi tufayli biroz kattalashib va kichrayib turadi va u o'z o'qi atrofida aylanganligi tufayli aylanish o'qi bo'ylab biroz siqilgan bo'lishi ham kerak. Biroq bunday o'zgarishlar miqdori bir necha o'n km dan oshmaydi, shuning uchun ularni o'lchash mushkul masala va ular Quyoshning boshqa ko'rsatkichlarini hisoblashga katta ta'sir ko'rsatmaydi. Quyosh gardishining burchakiy kattaligi va Yerdan ungacha bo'lgan masofani (bu masofa har yillik Astronomik jadvallarda har bir sana uchun keltiriladi) bilgan holda uning radiusini hisoblab topish mumkin. Quyosh plazma shar bo'lib, uning o'rtacha radiusi . Quyosh gaz shar bo'lsada, u keskin chegaraga ega ekanligi uning moddasini nur yutish xususiyati bilan bog'liq. Bu to'g'rida keyinroq to'xtalamiz. Quyosh-ning hajmi 1,4 , massasi 2 * va o'rtacha zichligi 1410 kg m3. Quyosh sirtida og'irlik kuchining tezlanishi 274 ms2. Quyosh barcha tomonga, shu jumladan biz (Yer) tomonga ham nurlanish sifatida energiya sochadi. Yer atmosferasidan tashqarida, Quyoshdan bir astronomik birlik (a.b.) masofada uning nurlariga tik o'rnatilgan sirtga, o'rtacha 1366,5 Vtm2 quvvat tushadi. Agar bu yuza birligiga tushayotgan quvvatni radiusi bir a.b. ga teng sfera sirti ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 2.99 MB
Ko'rishlar soni 168 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 2.99 MB
Ko'rishlar soni 168 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga