Refraksiya. Yoritgichlardan tushayotgan yorug'lik nuri havosiz kosmik fazodan atmosferaga sinib o'tadi. Yorug'lik nurlari sinishi natijasida egri chiziq bo'ylab tarqaladi. Ana shu hodisaga refraksiya deyiladi. Refraksiya natijasida yoritgichlarning zenit masofasi kamaysa, gorizontdan balandligi oshib ko'rinadi. Shuning uchun yoritgichlarni tajribada o'lchangan zenit masofasini qiymatiga refraksiyaga tuzatma kiritilishi lozim. Refraksiya qiymati zenitda nolga teng bo'lib, gorizontga yaqinlashgan sari 35 gacha oshib boradi. Temperatura 100 va bosim .simob ustuniga teng bo'lganda refraksiyani taxminan quyidagi r=58, 2 tg Z formula bilan ifodalash mumkin. Bu formulaning xatoligi Z - ning qiymatini oshishi bilan oshib boradi, Z=700 bo'lganda xatolik 1 ga taxminan teng bo'ladi. Refraksiyani aniqroq hisobga olish uchun atmosferaning temperaturasini va bosimini to'g'riroq hisobga olish kerak. Quyida keltirilgan masalalarda asosan yoritgichlarning o'lchangan balandligiga (zenit masofasiga) refraksiyaga tuzatma kiritish talab etiladi. Mavzuga doir masalalar yechish: Refraksiya yoritgichlarni har ikki ekvatorial koordinatalariga ta'sir ko'rsatadimi va hamma vaqtmi? Javob: Refraksiya yoritgichlarni soat burchagi va u kulminasiyada bo'lganda to'g'ri chiqish koordinatasidan tashqari hamma vaqt barcha ekvatorial koordinatalariga ta'sir ko'rsatadi. 5504520 geografik kenglikda yoritgich yuqori kulminasiyada bo'lganda uning zenit masofasi 5000 - ga tengligi o'lchangan. Refraksiya tablisalaridan foydalanib, bunday yoritgich og'ishini aniqlang. Yechish: [1] kitobdagi VII tablisada 100 temperatura va simob ustuniga teng bosim uchun yoritgichlarni zenit masofasiga bog'liq ravishda, o'rtacha refraksiya keltirilgandir. Yoritgichlarni zenit masofasi Z=5000 bo'lganda, refraksiya 18, 5 ga tengdir. Shuning uchun bu yoritgichning zenit masofasi Z=5000+18, 5=50018 ga tengdir. Ekvatorial koordinatalarni gorizontal koordinatalarga almashtirish formulasidan cosZ=sin sin + cos cos cost yoritgich yuqori kulminasiyada bo'lganda t=00 bo'lib, cosZ=sinsin+coscos formuladan =5504520 bo'lganda, Z=50018 uchun =504411 ekanligini topamiz. Javob: =504411. Tekis Yer sirti qalinligi va zichligi o'zgarmas bo'lgan atmosfera bilan yopilgan deb refraksiya formulasi r=58,2 tgZ - ni isbotlang. Buning uchun rasm 9 - dan foydalaning. Bunda KL Yer sirti, AA atmosfera chegarasi, Z yoritgich zenit masofasi, havoning sindirish ko'rsatgichi n=1.002825 (temperatura +100S va bosim . Simob ustuni bo'lganda), sin1=1:20265. Rasm 9. Refraksiya. Javob: 9 - chi rasmga ko'ra Z=Z+r bo'lib, yorug'likni sinish qonunidan yoki r - ning qiymati juda kichik bo'lganligi sababli cosr=1 va sinr=rsin1 deb olish mumkin. U holda (n-1)sinZ=rsin1cosZ va shuning uchun ekanligi kelib chiqadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. B.A.Voronsov-Velyaminov. Iz-vo fiziko-matematicheskoy literaturы, Moskva. 1963 y. P. I. Bakulin, E.V. Kononovich, V. I. Moroz. Moskva, «Nauka». 1983 y. I. A. Klimishin. Astronomiya nashix dney. 2-ye izd. Moskva, Nauka, 1980. M. Minnart. Prakticheskaya astronomiya. Moskva, Mir, 1971 y. S. A. Kaplan. Elementarnaya radioastronomiya, Moskva. Nauka. 1966 y. Ye. P. Levitan. Astronomiya, Iz-vo Vыsshaya shkola, . M. M. Mamadazimov. ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.88 KB
Ko'rishlar soni
294 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.88 KB
Ko'rishlar soni
294 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:07 ]
Arxiv ichida: docx